Qiziqarli ma’lumot: Bu nima qarg’ishmi yoki tasodif? Dunyo tarixida o’z izini qoldirgan la’natlar
Qiziqarli ma’lumot: Bu nima qarg’ishmi yoki tasodif? Dunyo tarixida o’z izini qoldirgan la’natlar
Biz yuqori texnologiyalar olamida yashayotganligimizga qaramasdan ajdodlarimiz kabi ko’z tegishi, sehr-jodu, issiq-sovuq kabi narsalarga ishonamiz. Va tabiiyki, qarg’ish ham mazkur ro’yxatga kirib, diqqatni o’ziga tortadi. Odamlar boshlariga tushgan musibatda o’zlarini ayblamasdan, qandaydir sirli jodu sabab bo’lganligiga ishonadilar.

 Axir qarg’ishlarning borligi hammaga ayon: buhaqda gazetada yozadilar, televizorda ko’rsatadilar, ularni o’rganadilar. Qarg’ishlar katta aqlli insonlarni ham bir emas, bir necha yuzlab yillardan buyon bezovta qilib kelmoqda. Zamonamiz taraqqiy etganligiga qaramay tasavvuf va g’ayritabiiy kuchlar borligiga hamma ishonadi. Ushbu maqolamizda shunday g’ayritabiiy hodisalar haqida bir necha misollar keltirib o’tamiz.

Fir’avnlar la’nati

Fir’avnlar la’nati

Bu voqea 1922 yilda Misr fir’avni Tutanxamon sag’anasi ochilganidan keyin boshlandi. Aytishlaricha, qabrdan tosh topilgan bo’lib, unda “Fir’avnning tinchini buzganlarni yaqin kunlarda o’lim o’z domiga tortadi” degan qo’rqinchli ogohlantiruvchi yozuv bo’lgan. Misrshunos olimlar – Govard Karter hamda lord Karnarvon bu yozuvga e’tibor bermadilar va sag’anani ochishda hamda fir’avn jasadini o’rganishda davom etaverdilar.

Ko’p o’tmay ekspeditsiyada ishtirok etganlar birin-ketin be’mani va ayanchli o’lim topa boshladilar.

Lord Karnarvon yer osti sag’anasiga kirganidan to’rt oy keyin vafot etdi. Olim qonning zaharlanishi hamda zotiljamni keltirib chiqargan chivinning chaqishidan joni uzildi.

Amerikalik moliyachi Jorj Gould Tutanxamon sag’anasiga kirib chiqqanidan keyin bezgakka chalinib, olti oydan keyin vafot etdi.

Millioner Vulf Joel sag’ananing ichidagi holatni ko’rishga kirib chiqqanidan bir necha oy o’tib, noma’lum kimsalar tomonidan o’ldirilgan.

Lord Karnarvonning o’limidan bir necha kundan keyin esa ushbu arxeologik guruhning a’zolaridan biri – Karter Artur Meys ham margimush bilan zaharlanib o’ldirildi. Karterning shaxsiy kotibi ham ayanchli o’lim topdi –  u 1929 yilda o’z o’rnida bo’g’ib o’ldirilgan holda topildi.

Aslini olganda ekspeditsiyadigilarning hammmasi ham bunday bema’ni o’lim topmadilar. Guruhning ko’pgina a’zolari qarilik gashtini surib, vafot etdilar. Ammo fir’avnlar la’nati haqidagi voqea butun dunyoga ovoza bo’lib ketdi.Olimlarning bu borada o’zlarining taxminlari bor. Ularning fikrlaricha, Karter ekspeditsiyasi a’zolarining o’limiga sag’anada bir necha asrlar davomida yig’ilib qolgan zaharli bakteriya va zamburug’lar sababbo’lgan. Aynan ana shu zaharli moddalar arxeologlarning salomatligiga putur yetkazib, keyinchalik vafot etishlariga sababchi bo’lgan. Biroq boshqa bir qancha o’limlar zo’ravonlik bilan sodir etilgan. Demak, bu yerda bakteriyalar aybdor emas.

Etsi qarg’ishi

Etsi qarg’ishi

Bu voqea o’tgan asrning oxirlarida sodir bo’gan. 1991 yilda Alp tog’lari cho’qqisining Etstal vodiysi hududida alpinistlar muz ichidan odam tanasining qoldiqlarini topib oldilar. Alpinistlar o’lgan odamni tog’larda sodir bo’ladigan qor ko’chkisining qurbonlaridan biri, deb o’yladilar. Qoyachilar odam  qoldiqlarini muz tagidan ko’chirib olib, qoida bo’yicha o’likxonaga topshirdilar. Patologoanatomlar– o’likni tekshiruvchi ekspertlar hayratdan qotib qoldilar: bu o’lgan odams uyagining yoshi 5300 yilga teng bo’lib, u Bronza davrida yashaganligi ma’lumbo’ldi. Aniqlanishicha, bu odam qor ko’chkisining qurboni bo’lmagan. U boshiga urilgan qattiq zarbdan halok bo’lgan, qo’lida esa kremniyli pichoq ushlagan holda qolib ketgan. Olimlar muz asirini Etsi deb nomladilar.

Ko’p o’tmay bu sirli topilma bilan to’qnash kelgan barcha odamlar sirli tarzda halok bo’la boshladilar. Masalan, Rayner Xenn, jasadni tekshiruvdan o’tkazgan sud tibbiy eksperti topilmadan bir oy o’tib, avtohalokatga uchrab, vafot etdi. Bu voqeadan sal o’tib esa jasadni ko’chirish bilan shug’ullangan tog’dagi yo’lboshlovchi Kurt Frits qor ko’chkisining ostida qolib, halok bo’ldi. Muz ostidagi Etsini birinchi bo’lib ko’rib qolgan alpinist Xelmut Simon 2004 yilda o’sha hududning o’zida jarlikka qulab halok bo’lgan.

Simonning dafn etish marosimidan ozgina o’tib, guruh boshqaruvchisi Diter Varnike yurak hurujidan vafot etadi. 2005 yilning aprel oyida esa Etsi ustida tekshiruv olib borgan olimlarning rahbari – professor Konrad Shpindler insultdan vafot etadi.

Temurlang qarg’ishi

Temurlang qarg’ishi

O’rta Osiyolik buyuk sarkarda va sohibqiron Amir Temur qabrining ochilishi ham katta yo’qotishlarga sabab bo’lgan.

1941 yilda Iosif Stalinning buyrug’i bilan Amir Temur dafn etilgan Samarqand shahriga bir guruh arxeologlar yo’l oldilar. Ularning maqsadi sohibqironning qabrini ochib, uni o’rganish edi. Bunday reja mahalliy aholi hamda din peshvolari o’rtasida noroziliklarga sabab bo’ldi. Aytishlaricha, Amir Temurning maqbarasida quyidagi yozuv bo’lgan: “Kimda-kim mening qabrimni bezovta qilsa, qonxo’r bosqinchilar uchun yo’l ochgan bo’ladi”. Bunday ogohlantirishga qaramay, sohibqironning qabri baribir ochildi.

Qabr ochilgan kunning ertasigayoq – 1941 yil 22 iyun kuni Adolf Gitlerning fashistlar armiyasi Sovet Ittifoqiga bostirib kirdi. 1942 yilda Stalin Amir Temurning jasadini Samarqanddagi qabriga qaytib qo’yishni hamda uni qayta ta’mirlashni buyurdi. Stalinning buyrug’i bajarildi. Aynan ana shu vaqtda nemis askarlari Stalingrad ostonasida mag’lubiyatga uchradilar–  aynan ana shu mag’lubiyat esa urush taqdirini hal qildi.

Tekumse la’nati

Tekumse la’nati

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook