Qiziqarli ma’lumot: Bu nima qarg’ishmi yoki tasodif? Dunyo tarixida o’z izini qoldirgan la’natlar
Qiziqarli ma’lumot: Bu nima qarg’ishmi yoki tasodif? Dunyo tarixida o’z izini qoldirgan la’natlar
Biz yuqori texnologiyalar olamida yashayotganligimizga qaramasdan ajdodlarimiz kabi ko’z tegishi, sehr-jodu, issiq-sovuq kabi narsalarga ishonamiz. Va tabiiyki, qarg’ish ham mazkur ro’yxatga kirib, diqqatni o’ziga tortadi. Odamlar boshlariga tushgan musibatda o’zlarini ayblamasdan, qandaydir sirli jodu sabab bo’lganligiga ishonadilar.

Buni yana “AQSH prezidentlariga urgan qarg’ish” deb ham ataydilar. XIX asrda, Amerika mintaqasida hindular qabilalari bilan urush olib borilayorgan vaqtda, qabila boshliqlaridan biri – Tekumse, jon chiqarpaytida ushbu mamlakatning bo’lajak rahbarlarini la’natladi . U prezidentlar birin-ketin vafot etishlarini bashorat qildi. Uning gapiga hech kim e’tibor bermadi. Biroq 1980 yilda prezidentlikka yangi saylangan Uilyam Genri Garrison o’pka shamollashidan to’satdan vafot etdi. Aynan u Indiananing birinchi gubernatori bo’lgan hamda Tekumsening askarlarini tor-mor qilib, hindularning mag’lub bo’lishiga erishgan edi. Shundan keyingina qarg’ishning kuchiga ishona boshladilar.

Navbat Avraam Linkolnga yetdi: birinchi muddatga 1860yilda saylanib, 1864 yilda ikkinchi muddatga qayta saylandi. 1865 yilda esa suiqasd natijasida otib o’ldirildi.  

Keyingisi 1880 yilda prezidentlikk saylangan  Jeyms Abram Garfild bo’ldi. U prezidentlik postida yarim yildan kamroq muddat faoliyat yuritdi va u ham suiqasd natijasida yaralanib, uning asoratidan vafot etdi.

To’rtinchi galda 1896 yilda prezidentlik lavozimiga kirishgan Uilyam Mak-Kinli bo’ldi. 1900 yilda qayta saylangan bu prezidentga1991 yil 14 sentyabr kuni suiqasd uyushtirildi va yarador qilindi. Buning asoratida ichki a’zolarida gangrena rivojlanib, uning vafot etishiga sabab bo’ldi.

Beshinchi o’rinda – 1920 yilda prezidentlik kursisini egallagan Uorren Xarding bo’ldi. U 1923 yilda noma’lum sababdan vafot etdi.Taxmin qilishlaricha yurak xuruji yoki insultga uchragan.

Oltinchi o’rinda – Franklin Ruzvelt, AQSH prezidenti lavozimining to’rtinchi muddatida faoliyat yuritayotgan vaqtda miyasiga qon quyilishi natijasida jon bergan.

Oxirgi o’rinda esa hammaga ma’lum bo’lgan Jon Fitsjerald Kennedi bo’ldi. U 1960 yilda prezidentlik lavozimiga saylandi, 1963yil 22 noyabr kuni esa Li Xarvi Osvald tomonidan otib o’ldirildi.

2000 yilda AQSH prezidentligi lavozimini egallagan kichik Jorj Bushga ham bir necha marotaba suiqasd uyushtirildi, lekin u o’lmadi.Aftidan, qarg’ishning muddati tugagan ko’rinadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook