Dunyoning 10 ta eng mo’jizakor diqqatga sazovor joyi
Dunyoning 10 ta eng mo’jizakor diqqatga sazovor joyi
Dunyoda shunday diqqatga sazovor joylar borki, ularning qanday yo’l bilan barpo qilingani ustida ko’pgina olimlar bosh qotirmoqdalar. Ba’zi haykallar bir necha yuz yillar davomida nigohlarni o’ziga jalb qilib kelmoqda. Ularning qurilishi haqidagi afsonalar kengayib bormoqda.

Quyida siz Yer yuzidagi eng mo’jizakor joylar va ularning tarixi haqidagi ma’lumotlarga ega bo’lasiz.

1.Karnak harsanglari, Frantsiya

1.Karnak harsanglari, Frantsiya

Karnak harsanglari 300 ming alohida ob’ektlardan vujudga kelgan megalitik moddadir. Ushbu yodgorlik eramizdan avvalgi 4500 va 3300 yillar oralig’ida yaratilgan. Joylashish xarakteri hamda harsanglarning kimyoviy tarkibi va yerdagi tuproq tahlili bu yodgorliklar inson qo’li bilan yaratilganini isbotlaydi.

Megalitlarning nima uchun mo’ljallanganligini tushuntiruvchi bir qancha taxminlar ilgari surilgan. Ba’zi olimlarning aytishlaricha, ushbu ob’yektlar yulduzlar va sayyoralarning harakatlanishi bilan uyg’unlikda qurilgan. Qadimgi me’morlar o’ziga yarasha observatoriya yaratib, shu zayl osmon jismlarini kuzatganlar.

Boshqa tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha esa, Karnak toshlari – ibtidoiy seysmik asbobdir. Balanslangan megalitlar zilzilalarni aniqlash uchun hizmat qilganlar.

2.Asuandagi tugallanmagan yodgorlik, Misr

2.Asuandagi tugallanmagan yodgorlik, Misr

Asuan yaqinidagi tosh konlarida ulkan tosh bo’lagi yotqizilgan bo’lib, dastavval u yodgorlik uchun mo’ljallangan edi. Biroq qandaydir sabab bilan haykal tugallanmagan edi. Qurilish to’xtashining rasmiy sababi sifatida yodgorlikdagi dars ketishlar ko’rsatilgan bo’lib, ularning natijasida toshni tuproqdan ko’chirishda qiyinchiliklar tug’ilishi mumkin edi.

Biroq buning boshqa bir sababi ham bor ekan. Aniqlanishicha, 18  va 19 shajaralar hukmronligi davrida misrliklar bilan mahalliy ko’chmanchi qabilalar o’rtasida kelishmovchiliklar bo’lib turgan. Turli diniy qarashlar tufayli quyoshga sig’inuvchilarga toshga ega bo’lishga yo’l qo’ymadilar. Tosh uyumlari orasida katta olishuv sodir bo’lgan, yuzlan quruvchilar o’ldirilganlar.

Tugallanmagan yodgorlikning hajmi hayratga soladi (uzunligi 42 metr, og’irligi 1200 tonnaga ega). Misrliklar yodgorlikni o’rnataolmaganliklarini ham hisobga olinsa, ushbu ob’yekt va uning atrofi Yer yuzidagi mo’jizakor joylardan biri deb hisoblanadi.

3.Antekera, Ispaniya

3.Antekera, Ispaniya

Ushbu uchta noyob mozor – Antekerning mo’jizakor joylaridan biridir. Ularning qurilishi skiflar va skandinavlarning tuproq ostida qolgan go'rlaridan tubdan farq qiladi.

Yirik harsanglar yaqin atrofdagi tosh konlaridan bo’lib, sudrab olib kelingan va vertical holda o’rnatilgan. Hosil bo’lgan devorlarga boshqa hajmi kichik bo’lmagan toshlar taxlangan. So’ngra go’r ustidan tuproq sochilgan.

Bir tasavvur qiling-a – Menga mozori 32 blokdani borat bo’lib, hat birining og’irligi 180 tonnani tashkil etadi. Antekera go’rlari eramizdan 3700 yil avval barpo qilingan. Menga, V’year va Romerala devorlari yuzlab antromorf tasvirlar bilan bezatilgan. Krit go’rlari bilan o’xshashligi qadimgi antekerliklarni mino tsivilizatsiyasi bilan bog’liq bo’lganligini ko’rsatmoqda.  

4.Djgantiya, Malta

4.Djgantiya, Malta

Bugungi kunga kelib Maltaning barcha megalitik ibodatxonalarining turli xil parametrlarini sinchiklab o’rganib chiqildi, aniq yoshidan tortib, harsanglarning kimyoviy tarkibigacha. Shuning uchun ham ular dunyoning eng mo’jizakor joylaridan biri hisoblanadi.

Malta ibodatxonalari Misr ehromlaridan ham avval barpo qilingan. Noma’lum sabablarga ko’ra, qurilishdan 1000 yil o’tib odamlar bu majmua qurilgan yerlardan ko’ngilli ravishda ko’cha boshladilar. Toshli bloklar astronomiya qonunlari asoslangan holda qurilgan. Kun-tun teng bo’lgan kunlari quyosh nurlari aniq trayektoriya bo’yicha o’tadi. Aniqlanishicha, Djgantiya ibodatxonalari serhosillik ehromi bo’lib, ajdodlar xotirasini yod etish maqsadida ham foydalanilgan.

5.Toshli sharlar, Kosta-Riko

5.Toshli sharlar, Kosta-Riko

Otgan asrning 30 yillaridan boshlab dunyoning turli odam kam yurgan joylaridan g’aroyib toshli sharlar topila boshlandi. Ushbu ob’yektlarning diametri bir necha sm dan tortib, bir necha metrgacha teng bo’ldi. Maksimal og’irligi esa 20 tonnagacha keldi.

Bir qarashda bu toshlar oddiy, uning g’ayri tabiiyligi nimada? Tabiatshunoslar toshlarning ideal shaklda ekanligidan taajjublandilar. Huddi ulkan qo’llar bu toshlarni yumalatib ushbu holga keltirganday. Kosta-Rika chakalakzorlarida ushbu ob’yektlarning eng ko’pi topilgan. Uchyuzga yaqin shar shaklidagi toshlarning 3-50 tasi yig’ilib, geometrik figuralar shaklida qo’yib chiqilgan.

Bu diqqatga sazovor toshlar haqida taxminlar bir nechta. Ba’zilar buni odam yaratgan desalar, boshqalari vulqon sababli hosil bo’lgan desa, yana birlari samoviy kelgindilar haqida so’z yuritmoqdalar. Ular baxslashayotgan bir paytda biz sayyoramizning boshqa sirli va mo’jizaviy joylariga sayohatimizni davom ettiramiz.

6. Olmeklarning boshlari, Meksika

6. Olmeklarning boshlari, Meksika

Markaziy Amerika hududida atseklardan avval ham qabilalar yashaganidan ko’pchilikning xabari bo’lmasa kerak. Afsuski, hindularni yoppasiga qirish olmeklar haqidagi ozgina ma’lumotlarning ham yo’qolishiga sabab bo’ldi.              

Tropiklarning qadimgi aholisi toshga ishlov berishda yuqori natijalarga erishgan edilar. Ular nefritdan haykallar yasashni mohirona amalga oshirar edilar. Ammo toshdan yasalgan boshlar olmeklarning madaniy merosi hisoblanadi.

Biroq tarixchilar bir narsaga hayronlar – ibtidoiy qabilalar qanday qilib 50 tonnalik toshlarni ko’chira olganlar. Tarixchilarga shuningdek, toshga nima bilan ishlov berilganini, naturachi kim bo’lganini hamda bu monument haykallari nima uchun tayyorlanganligi ham noma’lum. Taxmin qilinishicha, bu sarkarda va jangchilarning nomini abadiylashtirish uchun qurilgan yodgorliklar bo’lishi mumkin.

7.Yonaguni suv osti shahri, Yaponiya

7.Yonaguni suv osti shahri, Yaponiya

Yonaguni shahri – Atlantida kabi suv ostiga g’arq bo’lgan shaharlardan biridir. Kichik yaron orollaridan birining yaqinidagi suv ostiga g’arq bo’lgan binolar majmuasini ham 1985 yildan boshlab dunyoning mo’jizakor joylaridan biri deb tan olindi.

Katta megalitlar zinali piramida shaklida joylashgan. Bu majmua qo’lda bajarilganligi ayon. Ammo ob’yektning rasmiy tan olinishi xronologik jihatdan mos tushmayapti. Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, piramida joylashgan qoya 10 mimg yillar avval suv ostiga g’arq bo’lgan. Biroq udavrlarda insonlar ulkan inshootlarni qurishga qodir bo’lmaganlar, ularning na bilimi, na ash’yolari bo’lmagan.

Olimlar davriy noaniqlikni tekshirib o’tirish niyatlari yo’q, shuning uchun ular bu ehromlar majmuasini tabiiy ravishda hosil bo’lgan degan nazariyani ilgari surmoqdalar. Nahotki shamol, suv yoki quyoshning ta’sirida bir tekislikdagi zinalar, keng xonalar va baland kolonnalar hosil bo’lsa hamda yulduzlar bo’yicha joylashtirilsa?

8. Kambeya ko’rfazi, Hindiston

8. Kambeya ko’rfazi, Hindiston

2001 yigacha shumer tsivilizatsiyasi dunyoning eng qadimgi tsivilizatsiyasi deb hisoblanar edi. Uning joylashishi va iqlimi turli xalqlarning tabiiy ofatlar haqidagi afsona va rivoyatlariga mos kelar edi.

Okeanologiya Milliy Instituti Hindiston yaqinidagi dengiz ostiga qilingan ekspeqitsiya tomonidan qadimgi tsivilizatsiyaning ilk namunalari topildi. Shu zahotiyoq Kambiya ko’rfazi sayyoramizning sirli joylaridan biriga aylandi.

20-40 metr chuqurlikda shahar landshafti bilan juda o’xshash bo’lgan tekis geometrik ob’yektlar joylashgan. Suratlardan aniq ko’rish mumkin. Dengiz ostidan singan bo’laklar, ish qurollari va inson faoliyatining boshqa belgilari ham olib chiqildi. Ba’zi artefaktlar eramizdan avvalgi 19 ming yillikka tegishlidir.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook