Qiziqarli ma'lumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar
Qiziqarli ma'lumotlar: Inson salomatligi haqida qiziqarli faktlar
Inson sog'lig'i uning organizmi kabi hali to'liq o'rganilmagan soha bo'lib, juda ko'pgina qiziqarli va sirli faktlarni o'zida mujassam etgan.

Haddan tashqari ozodalik – kasalliklar sababchisidir

Haddan tashqari ozodalik – kasalliklar sababchisidir

Har narsa me’yorida bo’lgani yaxshi, ortiqcha ozodalik esa ba’zi kasalliklar kelib chiqishiga sababchi bo’lishi mumkin ekan.Statistika ma’lumotlariga ko’ra, oxirgi paytlarda qandli diabet kasalligining birinchi turi bilan kasallangan bolalarning soni keskin ravishda ko’paydi. Uzoq izlanishlardan keyin olimlar shunday xulosaga keldilar: barchasiga ota-onalarning haddan tashqari tozalikka intilishlari sabab bo’lgan.

Tadqiqotlardan ma’lumki, atrof-muhitdagi ba’zibakteriya va viruslar organizmning chidamligiga xizmat qiladi. Ya’ni ularga qarshi immunitet yoshlikdan boshlab ishlab chiqariladi. Haddan tashqari ozodalik sababli ulardan xalos bo’lishimiz esa o’z navbatida qandli diabet kasalligining birinchi turiga olib kelishi mumkin. 

Hayvon oqsilining yetishmovchiligi inson miyasi uchun zararlidir

Hayvon oqsilining yetishmovchiligi inson miyasi uchun zararlidir

Oksford universiteti olimlarining tadqiqotlari shuni ko’rsatdiki, vegetarian parhezning foydadan zarari ko’proq ekan. Gap shundaki, faqatgina o’simliklarni tanovul qilish vaqt o’tgan sari bosh miya vaznining kamayishiga olib kelar ekan. Shuning uchun olimlar ratsiondan go’sht va baliq mahsulotlarini butunlay chiqarib tashlashni maslahat bermaydilar.

Ozishning samarali usuli

Ozishning samarali usuli

Semizlikning turli bosqichlari bilan aziyat chekayotgan AQSH ning 37 mingdan ziyod xizmatchilari yil davomida vaznlarining kamayishiga erishishlari lozim. Aks holda ularning maoshlaridan har oyda 25 dollardan olib qolinadi. Bunday qarorni Alabama shtatining tibbiyot sug’urta kengashi qabul qildi. Olib qolingan pullar esa bepul tibbiy sug’urta qilingan davlat idoralari xizmatchilarining sug’urta to’lovi uchun sarflanadi.

Yong’oqlar haqida

Yong’oqlar haqida

Kaliforniyalik olimlarning qayd qilishlaricha, haftasiga 5 dona yong’oq yegan inson o’rtacha 7 yil ko’proq umr ko’rishi mumkin ekan. Sababi esa oddiy: yong’oq tarkibida yurak va tomirlarni xolesterinning halokatli ta’siridan himoya qiluvchi moddalarning mavjudligidir. 

Bolaning vazni otaning e’tiboriga bog’liq

Bolaning vazni otaning e’tiboriga bog’liq

Bolaning ortiqcha vazni faqatgina onalarning pishir-kuydirlariga bog’liq emas. Avstraliyalik olimlar 5000 ta ortiqcha vaznli bolalarni tekshirib shunday xulosaga keldilar: otalar bolalariga qanchalik kam e’tibor qaratsalar, shunchalik ularning ortiqcha kilogrammlar olishining xavfi katta. Sababi, otalar bolalariga ko’proq jismoniy o’yinlarni ravo ko’rasalar, onalar sokin o’yinlarni afzal biladilar.

Sharbatlar va dorilar

Sharbatlar va dorilar

Kanadalik olimlarning aniqlashicha, sitrus va olma sharbatlari ba’zi dori vositalarining so’rilishiga to’sqinlik qilar ekan. Bu taqqiqotlar turli asoratlarning oldini olish maqsadida dorilarni faqatgina toza suv bilan ichish kerakligini yana bir bor tasqiqladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook