Bolalarni zavqu shavqqa to’ldiruvchi o’yin maydonchalari
Bolalarni zavqu shavqqa to’ldiruvchi o’yin maydonchalari

Dunyoning barcha mamlakatlarida me’morlar bolalar uchun kichkintoylar tasavvurini ishga solib, shodlik ila o’zlari uchun yangi bo’lgan nimanidir tadqiq qilish imkonini tug’diradigan o’yin maydonchalarini taqdim qilishga xarakat qiladilar.
Bugungi kunda suvda suzadigan yoki bahaybat hayvonlar ko’rinishidagi maydonchalar turli yerlarda mavjud. Eng qiziq bolalar o’yin maydonchalarining ayrimlari esa sizni yana bolalikka qaytish istagiga duchor qiladi.

1. Swarovski Kristallwelten (Kristal dunyolari), Tirol, Avstriya

1. Swarovski Kristallwelten (Kristal dunyolari), Tirol, Avstriya
O’yin minorasi va maydonchasi Snohetta architecture firmasi tomonidan yaratilgan. O’yin minorasi bolalar to’rga chirmashib deyarli 14 metr balandlikda joylashgan cho’qqigacha chiqishlari mumkin bo’lgan to’rt pog’onadan iborat.

2.Suvdagi o’yingoh, Bol posyolkasi, Xorvatiya

Bu maydoncha Germaniyalik Wibit Sports GmbH tomonidan yaratilgan, loyihaning muallifi esa me’mor Robert Siryak hisoblanadi. Maydonchada ko’p arg’imchoqlar, gorkalar va bolalar qoyaga chiqqanday o’rmalab o’ynaydigan o’yingoh majmualarni topish mumkin. Bu kompaniya tomonidan Xorvatiyaning suv havzalariga joylashtirgan 60 nafar maydonchalarning bittasi holos.

3. Kumush minoralar (SilverTowers Playground), Nyu-York, AQSH

 3. Kumush minoralar (SilverTowers Playground), Nyu-York, AQSH
Loyihaning muallifi musavvir Tom Otterness bo’lib, u 27 nafar g’aroyib bronza haykallari mavjud bo’lgan maydonchani barpo etishga qaror qildi. Lekin maydonchaning eng asosiy elementi – balandligi 7,5 metr va uzunligi 9 metr bo’lgan xaykal hisoblanadi. Bu xaykalning oyoqlari bolalar uchun sirpanchiq vazifasini bajaradi.

4. Kopengagendagi o’yin maydonchasi, Daniya

4. Kopengagendagi o’yin maydonchasi, Daniya
MLRP me’morlik kompaniyasi bolalarning xursandchiligi uchun avvaldan mavjud bo’lgan bolalar maydonchasiga yonma-yon joylashgan pavilyon devoriga o’rnatilgan katta g’aroyib ko’zgularni o’rnatib qo’ydi.

5. Xayoliy poezd bog’i (Ghost Train Park), Lima, Peru

5. Xayoliy poezd bog’i (Ghost Train Park), Lima, Peru
Bolalar uchun mo’ljallangan bu to’siqlar yo’li Basurama kompaniyasining arxitektorlar guruhi tomonidan yaratilgan. Mutaxassislar qurilish materialari sifatida shahardagi tashlandiq temir yo’llaridan foydalanishgan.
Shuni ta’kildash joizki, butun maydoncha avtomobillarning turli qismlari va shinalar jamlanmasidan iborat bo’lgan qayta ishlangan eski materiallardan foydalangan holda qurilgan.

6. Bolalar maydonchasidagi to’qilgan bahaybat alligator, San-Paulu, Braziliya

6. Bolalar maydonchasidagi to’qilgan bahaybat alligator, San-Paulu, Braziliya
Bahaybat to’qilgan alligator 2012 yilda Olek ismi bilan tanilgan va xozirgi kunda Bruklinda yashaydigan polshalik arxitektor tomonidan yaratilgan. Mazkur qurilma arxitektor Marsiya Mariya Benevento tomonidan San-Pauluda yaratilgan bolalar maydonchasida o’rnatib berilgan.

7. Dukkaklilar o’yin maydonchasi (The Pod Playground), Kanberra, Avstraliya

 7. Dukkaklilar o’yin maydonchasi (The Pod Playground), Kanberra, Avstraliya
Bu maydoncha Kanberradagi Milliy dendrariyning adirligida joylashgan. Ta’kidlash lozimki, mazkur dendrariy ayrimlari yo’qolib ketish xavfi ostida turgan daraxtlarning noyob turlari o’sadigan 100 dan ortiq o’rmonlardan iboratdir. Bunday ajoyib o’yin maydonchasining muallifi T.C.L. (Taylor Cullity Lethlean) kompaniyasi hisoblanadi.

8. Muzey-maydoncha (The City Museum), Sent-Luis, Missuri shtati, AQSH

8. Muzey-maydoncha (The City Museum), Sent-Luis, Missuri shtati, AQSH
Dastlabda mazkur muzey xaykaltarosh Bob Kassilli (BobCassilly) tomonidan yaratila boshlagan. Uning vafotidan so’ng ishni Kassilli Komandasi (Cassilly Crew) deya ataluvchi 20 nafar ustadan iborat guruh davom ettirdi. Natijada umumiy maydoni 55000 kvadrat metrdan ziyod muzey qayta ishlangan samolyotlardan, balandligi 10 qavatli uyga teng 2 ta gorka va tomdagi tomosha charxpalagidan iborat o’yin majmuasiga ega bo’ldi.

9. Kristineberg Slottspark, Stokgolm, Shvetsiya

 9. Kristineberg Slottspark, Stokgolm, Shvetsiya
Daniyalik MONSTRUM studiyasi bir necha juda qiziq va o’ziga xos maydonchalarni qurib, shuning evaziga dong taratdi. Bu o’yin maydonchasi bir nechta boyo’g’li xaykallaridan iboratdir. Ularning ikki nafari – qirol va qirolicha bo’yo’g’li haykalining balandligi deyarli 5,5 metrga teng.

10. Moviy kit, Gyoteborg, Shvetsiya

10. Moviy kit, Gyoteborg, Shvetsiya
MONSTRUM Gyoteborgda 15-metrli moviy kit ko’rinishidagi o’yingohni ham yaratdi. Bolalar uning ichiga kirishlari va uning orqa qismidan boshlanadigan gorkadan sirg’anib tushishlari ham mumkin.

11. Minoralar (Tower Playground), Kopengagen, Daniya

11. Minoralar (Tower Playground), Kopengagen, Daniya
MONSTRUM kompaniyasi arxitektorlarining yana bir ishi bu ikki minoraga ega bolalar maydonchasidir. Shuni aytib o’tish o’rinliki, kompaniyaga ikki nafar devor bezakchilari asos solganlar. Shuning uchun ham, daniyalik komandaning barcha ishlarida teatrlarga xos elementlari mavjud. Ushbu maydoncha Kopengagendagi eng taniqli minoralarning eskizlari bo’yicha yasalgan. Bu yerda hatto yulduzlar observatoriyasi ham mavjud.

12. Bolalar stantsiyasi, Odense, Daniya

 12. Bolalar stantsiyasi, Odense, Daniya
MONSTRUM kompaniyasi tomonidan ishlangan ro’yxatdagi oxirgi maydoncha bu Bolalar stansiyasi hisoblanadi. Yopiq turdagi mazkur o’yin maydonchasi Daniya temir yo’llari muzeyi ichida joylashgan. U Odense shaxrining 1960-yillardagi temir yo’l vokzali mavzusi asosida qurilgan.
Maydonchada bolalar lokomotivning ishlash prinsipini o’rganishi mumkin bo’lgan xarakatlanuvchi poezd va boshqaruv xonasi bor.

13. Quyosh qushi bog’i (Sun Bird Park)

13. Quyosh qushi bog’i (Sun Bird Park)
Ushbu maydonchaning norasmiy nomlanishi Veylinlari (Vail Nests) bo’lib, maydoncha AQSHning Kolorado shtatidagi Veyl shahrida joylashgan. Maydoncha Tres Birds Workshop kompaniyasining mutaxassislari tomonidan bog’lar tizimining bir qismi sifatida qurilgan. O’yingohda arqonlar va ko’priklar vositasida bir-biri bilan o’zaro bog’langan ulkan yog’och qush inlarini ko’rish mumkin.

14. Arg’imchoqlar vaqti (Swing Time), Boston, Massachusets shtati, AQSH

14. Arg’imchoqlar vaqti (Swing Time), Boston, Massachusets shtati, AQSH
Bu maydoncha Boston ko’rgazma konferentsiya markazi yoniga vaqtincha o’rnatilgan. G’oya muallifi Howeler + YoonArchitecture firmasi sanaladi. O’yin maydonidan foydalanilayotgan paytda o’z rangini oppoq tusdan binafsharang tusga o’zgartiradigan 20 nafar arg’imchoqlarni o’z ichiga oladi.

15. G’ordagi batutlar (BounceBelow), Blaynay-Festiniog, Uels

 15. G’ordagi batutlar (BounceBelow), Blaynay-Festiniog, Uels
Mazkur maydonchaning nomlanishini “Pastga sakra” deb tarjima qilsa bo’ladi. U Llechvedd (Llechwedd Slate) slanets qatlamlari g’orlari ichida joylashgan va katta batutlardan iboratdir. Avvallari bu yerda shaxta joylashgan edi. Loyiha muallifi sarguzasht turizmiga ixtisoslashgan Zip World kompaniyasi sanaladi. Yerosti o’yin maydonchasi bolalar va kattalar uchun yaratilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook