Tarixdagi beshta eng nufuzli alximiklar
Tarixdagi beshta eng nufuzli alximiklar
Bizning atrof-muhitimizning kelajakda sehrli o’zgartirilishi ko’pgina olimlarni asrlar davomida qiziqtirgan.
Alximiya davriy jadval paydo bo’lishidan oldin mavjud bo’lgan. Uning ko’p yillik amaliyoti metallarni boshqa, ancha qimmatbaho metallarga aylantirish mumkinligi fikriga asoslangan edi. Alximiya qisman tajribalar va qisman sehrga asoslangan san’at edi.

Avvallari tadqiqotchilar o’z izlanishlarini falsafiy tosh nomli afsonaviy moddaga qaratishgan edi, ushbu tosh ko’plab qimmatbaho xususiyatlarga ega bo’lishi lozim edi: umrni uzaytirish,davolash va oddiy toshlarni qimmatbaho toshlarga aylantirish. 

Bugun biz bilamizki, sayyoramizning modda jihatdan tuzilishi ancha qiyinroq, va ko’pgina alximiyaga oid farazlar rad etilgan. Biroq, qadimgi olimlar bir narsada haq edilar: boshqa moddalarda noltin yasash mumkin. Ha, ushbu jarayon, oltinning o’z narxidan ham ko’ra,qimmatroq turadi. Lekin buning iloji bor.

Xo’sh, barchazamonlarning eng nufuzli beshta kimyogari:

1. Ser Isaak Nyuton

1. Ser Isaak Nyuton

Aynan shunday, ser Isaak Nyuton, eng taniqli olimlardan biri, alximiyani ham chetlab o’tmadi. Uningko’pgina alximik tadqiqotlari yo’qolib qolgan bo’lishiga qaramay, uni ko’proqfalsafiy tosh va kimyoviy eritmadan kumush va oltin hosil qilish bilan bog’liqkimyoviy jarayonlar qiziqtirgan deb hisoblangan. Bizning ko’z oldimizda Nyuton“daraxtdan tushgan olma” si, ya’ni gravitatsiya kuchi orqali taniqli bo’lsada,aytishlaricha, olim g’ayritabiiy kuchlarga juda qiziqqan edi. U haqida iqtisodchiDjon Meynard Keyns quyidagicha yozgan: “Nyuton fikr asrining birinchi vakiliemas, sehrgarlarning oxirgi vakili bo’lgan”.

2. Ota Ioann XXII

2. Ota Ioann XXII

Ioann XXII (1316-1334) ni ko’pincha cherkov strukturasining qayta tuzilishi bilan bog’liq paytda eslashadi.1317 yilda u alximiya amaliyotini ayblaydigan qiziq bir qaror chiqardi. Otaning hujjatida yozilishicha,ushbu amaliyot nafaqat teologiya jihatidan noto’g’ri (odamzot Xudo tomonidan yaratilgan narsani o’zgartirardi), balki ma’nan javobgarsiz edi. Shu bilan birga, Ioann XXIIaslida “tarixda ilm-fanning eng liberal himoyachilaridan biri bo’lgan”.Aytgancha, juda ishonchli g’iybatlarga binoan otaning o’zi amaliyotchi alximikbo’lgan, va uning qarori faqatgina nigohlarni chetga surish va raqiblarni yo’qotishuchun chiqarilgan.

U halok bo’lganida, uning g’aznasida juda katta miqdorda qimmatbaho toshlar va pullar topilgan, va ota bularni hammasinibutun umri bo’ylab hech qanaqasiga ishlab topgan bo’lishi mumkin emas.

3. Djon Di

3. Djon Di

Djon Di o’z vaqtining eng mukammal aqllardan biri bo’lgan, o’zining intellekti va noyob matnig’i uchun qirolicha Yelizaveta I sudida maslahatchi o’rniga sazovor bo’ldi. Shunga qaramasdan, Djon Di sehrgarlik va alximiyaning sodiq davomchisi edi va o’z hayotining oxirgi uch o’nyilligi ichida farishtalar bilan so’zlashishga urinardi. Di uchun uning ikki qiziqishi(ilm-fan va sehrgarlik)bir-biriga qarama-qarshi tushunchalar bo’lib chiqmadi.

Ikkalasi hamuning atrofdagi olamni tushunish va o’rganishga da’vat etardi. Ammo, afsuski, ushunday vaqtda yashaganki, u paytda ilm-fan va ruhiyat orasidagi jarlik o’taolmas darajada bo’lgan. Balkim, tarixda Djon Di singari qadrlanmagan boshqaolim ikkinchi olim bo’lmasa kerak.

4. Djabir ibn Xayan

4. Djabir ibn Xayan

“Boshlang’ich kimyo otasi” deb atalgan, fors olimi Djabir ibn Xayan (720-815) shuningdek,munajjim, muhandis,fizik, farmasevt va alximik bo’lgan. Aytishlaricha, u maxsus kimyoviy formulalardan foydalanib tirik jonzotlarni yaratish uslubini ishlab chiqish ustida ishlagan.Djabir ibn Xayan hatto xalif Garun al-Rashid tomonidan sud kimyogari lavozimini oldi, va xalif uning ishini o’zining afsonaviy Bayt-al-Xikma kutubxonasiga kiritgan, lekin ushbu kutubxona1258 yilda mo’g’ullar tomonidan vayron qilingan. Xayanning Gebr taxallusi ostidagi ba’zi tadqiqotlari Yevropagacha yetib borgan.

5. Tixo Brage

5. Tixo Brage

Tixo Brage – ajoyib natijalarga erishgan, daniyalikzodagon va olim. Uning munajjimlar hodisalari to’g’risidagi qarashlari o’shavaqtdagi fan ma’lumotlaridan ko’ra besh marotaba aniqroq edi. U birinchibo’lib, Oy Yer atrofida aylanishini, boshqa sayyoralar esa – Quyosh atrofidaaylanishini aytib o’tgan, biroq u, Quyosh ham Yer atrofida aylanadi deb o’ylabxatoga yo’l qo’ygan. Balkim, agar 16 asrda teleskoplar mavjud bo’lganida, o’zxatosini tan olgan bo’lardi, ammo Brage shunisi bilan ham taniqliki, u o’zkashfiyotlarini quroqlanmagan ko’zlari orqali amalga oshirgan afsonaviyastronom hisoblanadi. Bundan tashqari, uning qiziqishlari ichida alximiyaga hamqiziqish bo’lgan.

U astrologiyani ruhiy va jismoniy olamlarnibir-biriga bog’lovchi kuch deb hisoblagan. Shuningdek, u kasalliklarga qarshio’tli vositalarni yaratishga uringan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook