Ish joyida o'tirgan holatda sog'liqni saqlab qolishning 6 usuli
Ish joyida o'tirgan holatda sog'liqni saqlab qolishning 6 usuli
Shifokorlar tez toliqib qolish hamda bo'g'in va mushaklardagi og'riqlarning paydo bo'lishida 75% da komputer oldida noto'g'ri o'tirish, 25% da ishlash, dam olish tartiblariga amal qilmaslik sabab bo'lishini ta'kidlaydilar.
Biz Sizlar uchun mutaxassislardan sog'lig'ingiz bilan muammolar bo'lmasligi uchun ish vaqtida to'g'ri o'tirish haqida bir qancha ma'lumotlar berib o'tamiz.

Oyoqlarning zirqirashi

Oyoqlarni chatishtirib yoki bir-birini ustiga qo'yib o'tirmang – bu holat qon aylanish sistemasini salbiylashtiradi, tomirlarni qisadi va onemeniya ko'rinishidaginoxush hissiyotlarni chaqiradi hamda oyoqlarda bezovtalik sindromini paydobo'lishiga olib keladi.

Birinchi navbatda – stulni to'g'ri qo'yishlozim. Oyoqlar havoda osilib turmasligiga, o'rindiqning cheti esa tizza ostigaog'irlik qilmasligiga e'tibor bering. Oyoq uchlarini polga yoki oyoqosti uchunmaxsus taglikka shunday qo'yingki, bunda oyoqlar 90° burchak ostida egilganbo'lsin. 

Bel og'rig'i

O'rindiqnng chuqurligi sizning sonlaringiz uzunligi bilan mos kelishi kerak. Agar Siz juda ham katta stulda o'tirsangiz, belingiz ostiga yostiq qo'ying. U og'irlikning bir qismini o'ziga oladi. Aksholda Siz orqaga sirpanib ketishingiz mumkin, bu esa belning shikastlanishi vaog'rishiga sabab bo'ladi.

O'rindiqning suyanib o'tiradigan qismi tabiiyva qulay egilgan bo'lishi muhim ahamiyatga ega. Bunda bel so'roq belgisishaklida bukilib qolmasligi lozim.

O'tirgan holatingiz sizga noqulaylik tug'dirganbo'lsa, bu holatni o'zgartirishga shoshilmang. Mushaklaringizni to'gri holatgatushib olguniga qadar kuting. Ulardan ba'zilari bo'shashadi va siz o'zingizniqulayroq his qila boshlaysiz. Lekin bu holat tezda yuz bermaydi. 

Qo'llarning tez charchashi

Komputerda ishlash vaqtida qo'llar doimiy kuchlanish ta'sirida bo'ladi. Og'ir yuk va noto'g'ri holatda ishlash oqibatidaog'riqlar paydo bo'ladi, bundan tashqari ertalablari qo'llarda onemeniyahislari kuzatiladi.

Yelka va bilaklarning holati to'g'ri bo'lishiuchun klaviatura va sichqoncha tirsaklar orasida joylashgan bo'lishiga ahamiyatbering. Bilaklar  tomonlarga og'ibketmasdan to'gri holatda bo'lishi lozim. Qo'llar esa   90° burchak ostida qayrilgan va stoldabemalol turishi kerak. 

Bo'yindagi og'riq

Bo'yin va bosh qismida og'riqlar bo'lmasligiuchun monitorni to'g'ri o'rnatish kerak. Agar u juda ham pastda o'rnatilganbo'lsa,  u holda biz belni bukib yokistulga suyanib o'tirishimizga to'g'ri keladi. Bu umurtqa pog'onasining oldqismiga tushadigan og'irlikni kuchaytirib, dabba (grija) hamda bo'rtiqlarningpaydo bo'lishiga olib keladi.   

Stulga o'tiring, ko'zlarni yuming vao'zingizni bo'sh qo'ying. Ko'zlarni ochganingizda qarshingizda ekranning qoqmarkazida joylashgan nuqtani ko'rasiz. Nuqta ko'z darajasida bo'lishi uchunmonitor tagiga maxsus tagliklardan foydalanishingiz mumkin. Ekran sizningqarshingizda bo'lishi lozim,  yon tarafdaemas.  Bu holat bo'yin va ko'zlarningtoliqishini kamaytiradi. 

Ko'zlarning og'rishi va charchashi

Komputer qarshisida uzoq vaqt davomida ishlashoqibatida ko'rish sindromi vujudga kelishi mumkin: ko'rish qobiliyatiningxiralashishi (ko'z oldidagi tuman), quruqlashishi, qizarishi. Keyin esa – boshog'riqlari va g'azablanish.

Ekranni yana bir bor to'g'rilang. Shifokorlarmonitor va ko'zlar orasidagi optimal masofa taxminan yuz qismidan 50 smuzoqlikda bo'lishi kerak deb hisoblaydilar.

Ekrandagi yorqinlikni olib tashlaganingizma'qul. Agar komputeringiz oyna oldida tursa, uni joyini o'zgartiring yokipardalarni yopib qo'ying. Yorqinlikni, kontrastni, shrift hajmini to'g'rilang.

Spektr qismini filtrlaydigan maxsusko'zoynaklardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda ko'zlar kamroq charchaydiva Siz ko'rish qobiliyatingizni saqlab qolasiz.

Ko'zlar uchun mashqlar qilishni ham unutmang.Har soatda 20 soniya mobaynida oynaga qarashingiz yoki xonadagi buyumlarniko'zdan kechirishingiz mumkin. Bundan tashqari ko'zlar uchun maxsus oddiygimnastikalarni ham bajarishni maslahat beramiz. 

Tez toliqib qolish

Agar inson harakatsiz hayot tarzini olibborsa, yog'li, shirin mahsulotlarni muntazam iste'mol qilsa  qon tomirlarining ichki devorlarigaxolesterin yeg'ila boshlaydi, tomirlar cho'ziladi, klapanlar esa o'z vazifasinibajara olmay qoladi.

Noxush hislar, og'riqlar, oyoq va boldirlardacharchash holatlari kuzatiladi, oyoqlarning shishishi hamda yuqori qon bosimiyuzaga keladi. Odatda bu simptom holatlari kechga yaqin sodir bo'ladi.  

Har kuni hech bo'lmaganda ozgina vaqtingiznijismoniy mashqlarga ajrating. 15 daqiqa oddiy gimnastikalarni bajaring.Avtomobil yoki transport vositalaridan ko'ra ko'proq piyoda yurishga harakatqiling. Va eng asosiysi to'g'ri ovqatlanish rejimiga rioya qiling.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook