Siz qaysi burj vakilisiz? Boy bo’lish burjga bog’liqmi?
Siz qaysi burj vakilisiz? Boy bo’lish burjga bog’liqmi?
Pul ertangi kun uchun har bir odamga kuch bag’ishlash hususiyatiga ega. Biroq u hech qachon o’z-o’zidan paydo bo’lib qolmaydi. Astrologlarning ta’kidlashlariga qaraganda kishining qaysi darajada pul topishi ko’p jihatdan burjiga ham bog’liq ekan. Aniqroq qilib aytganda ayrim burjlar o’z sohiblariga yanada ko’proq pul keltirishi mumkin ekan.

Munajjimlarning turli burj vakillari pul topish borasidagi imkoniyatlari va qarashlari haqida fikrlari bilan tanishing.

Qo'y

Bu burj vakillari tinimsiz mehnat orqali pul topishadi. Hattoki ba’zilari nafaqaga chiqqanlarida ham ishlashdan to’xtashmaydi. Qo’li ochiq desak ham bo’ladi. Tartib bilan sarf harajat qilmaydi, yaqinlar va qarindoshlardan pul ayamaydilar. Shu bois ham ular ortiqcha mablag’ jamg’arish borasida bir oz muammolarga duch keladilar. 

Buzoq

Ular o’z qadrlarini juda yaxshi biladilar. Mushuk tekinga oftobga chiqmaydi degan shiorga amal qilishadi. Ular nafaqat pulni yaxshi topishadi, uni qanday sarflashni ham yaxshi bilishadi. Shu bois ham ularning pul masalasidagi muammolari uzoqqa cho’zilmaydi.

Egizaklar

Ular hamisha o’z aqllariga tayanib pul topishadi. Hatto bitta o’q bilan ikta quyonni poylashadi. Biroq ko’p hollarda buning uddasidan chiqa olishmaydi. Pulni o’ylamasdan sarf qilganliklari bois pulga muhtojlikni sezib yashashadi.

Qisqichbaqa

Bu burjdagilar hech qachon pulsiz qolmaydilar. Hamisha qora kunga ataganlari bo’ladi. Ular ko’p pul topishga va  yaxshi yashashga urinishadi. Oilasini ta’minlashga butun jon-jaxdi bilan tirishadilar. 

Arslon

Ushbu burj vakillari barchadan yaxshi yashashga urinishadi. Ya’ni juda shoxona hayot kechirishni xohlaydilar. Ular hamisha yuqori maosh to’lanadigan joyda ishlashga harakat qiladilar. Buning uchun hattoki tun-u kun ishlashga ham rozi bo’ladilar.

Parizod

Parizod burji vakillari mehnatsevar bo’lishadi. Biroq ularing mehnati hamisha ham qadrlanavermaydi. Bundan esa ular aziyat chekishadi. Ular kerakli joylarga pulni ayamasdan sarf qilishadi.

Tarozi

Xamisha ham jon kuydirib mehnat qilmasalar-da, pul topishning uddasidan chiqishadi. Ular o’zlariga homiy topish borasida uddasi farangdirlar. Pul sarflashda esa bir tiyin ustida bosh qotiradilar.

Chayon

Ular tabiatan moliyachi va boshqaruvchi bo’ladilar. Ulardan yaxshi tadbirkor chiqadi. Xamisha qo’shimcha daromad haqida ham bosh qotiradilar. Umuman olganda puldan pul qilishni yaxshi uddalaydilar. 

O’q otar

Bu burj vakillarining qo’llarida ko’p hollarda pul turmaydi. Ular ko’pincha so’ngi pullarigacha ishlatadilar. Ular o’zlarini ko’p hollarda puli ko’pday qilib ko’rsatadilar. Biroq ayrim hollarda o’z aldovining “qurboni”ga ham aylanib qolishadi.

Tog’ echkisi

Qaysar bir umr faqat o’z oldiga qo’ygan maqsadi yo’lidan ketadi. Ular butun umr tarkidunyo qilib yashashlari ham mumkin. Ular bor pulini bekorga sovurmaydiganlar hilidan.Ularning yonida har doim ma’lum miqdorda pul turadi.

Qovg’a

Qovg’alar yaxshi pul topishadi. Biroq pul ular uchun birinchi o’rinda turmaydi. Ular do’stlariga qarz berib hatto buni unutib ham qo’yishadi.

Baliq

Bu burj vakillari ham pulni ikkinchi darajaga qo’yishadi. Odatda kamtarona hayot kechirishadi. Pulning ortidan quvishmaydi. Har qanday narsa taqdir izmiga bog’liq degan fikrni shior qilib olishgan.

Bugungi jamlaganlarimiz qanchalik sizning fe’l-atvoringizga mos keldi bilmaymizku-ya, biroq sizga hamisha pul topish borasida omad tilab qolamiz. Etiboringiz uchun rahmat. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook