Qiziqarli fotolar: Tigirek qo’riqxonasiga bag’ishlangan yopiq ko’rgazmadan eksklyuziv fotosuratlar
Qiziqarli fotolar: Tigirek qo’riqxonasiga bag’ishlangan yopiq ko’rgazmadan eksklyuziv fotosuratlar
Tigirek qo’riqxonasi – Rossiyadagi qo’riqlanadigan eng yosh tabiiy hududlardan biri. Unga shimoli-g’arbiy Altayning flora va faunasini saqlab qolish maqsadida 1999 yilda asos solingan.
Avgust oyining boshida Tigirek qo’riqxonasining hududida ekspeditsiya tashkil etildi. Ishtirokchilar nafaqat o’lkaning go’zalligini baholashi balki yangi turistik marshrut yaratishlari lozim edi. Maqola uchun sur’atlarni sayohatning ishtirokchilaridan biri Aleksandr Prokopyev yetkazib berdi. Ushbu fotolar “Altayni och” yopiq ko’rgazmasining bir qismiga aylandi.

Hammasi birlashgan

Hammasi birlashgan
Qo’riqxonaga yetib olish mushkul – sizni u yerga faqat maxsus mo’ljallangan avtomobillar eltishi mumkin. Lekin joy shunga arziydi. Yolg’iz qo’riqxona hududining o’zida hammasi birlashgan taiga, o’rmonzor, katta daryolar Belaya va Katta Xanxara.
Qo’riqxonaning vizitkasi – bir necha cho’qqili tog’li relief. Eng baland cho’qqisi – Chernaya tog’I (2 km). Balandligi bo’yicha ikkinchisi – Razrabotnaya tog’I (1.9 km), chroyli pushti kvarts chiqishlari va qimmatbaho berillning XIX asrdagi paydo bo’lish joyi bilan. Qo’riqxonaning timsoli – Shlyapnaya tog’i. Ha, tog’ni bunday nomlanishiga sabab, uning cho’qqisi shakli shlyapani eslatadi.

Baykonur afsonasi

Baykonur afsonasi
Qo’riqxona yaratilishini Altay o’lkasining tabiatini asrash deb tushuntirishadi. Lekin shu bilan birga biologlar mahalliy “tabiat e’tiborga sazovor joyini” topa olmagan – hayvonlar orasida ham, o’simliklar orasida ham.
Afsonaga ko’ra ushbu hududga Baykonurdan uchiriladigan raketa zinalari tushar ekan. Qo’riqxona nomi esa shunchaki ortiqcha ko’zlardan yashirinish uchun o’ylab topilgan.

Qorong’u qirollik

Qorong’u qirollik
Ayni markazida Tigirek qishlog’i joylashgan – qo’riqxonaning tarixiy va boshqaruv markazi. Tigirekning atrofi biroz qo’rqinchili – g’orlarda ko’rshapalaklar yashaydi. Ushbu tun hayvonlarini qo’riqxonaning egalari deb atasa ham bo’ladi – qo’riqxonada altay ko’rshapalaklarining barha 11 xilini uchratish mumkin.

Yer ensiklopediyasi

Yer ensiklopediyasi
Tigirekda ko’plab yer yalang’ochlanishini kuzatish mumkin. Shu sababli uni tektonik tuzilishlarning haqiqiy ensiklopediyasi deb atash mumkin – oddiygina Razrabotnaya tog’ini eslash kifoya. Ammo eng muhim tabiat haykali bu yerda _ “Tigirekning silur kesimi”. Bu yerda Inya daryosi bo’ylab chagir va kuim oralari ochilishidir.
Hozirda qo’riqxona ko’plab turistlarni jalb qilmoqchi emas, balki ekologik turizmga qiziqmoqda – ushbu o’lkada speleologlarni, ornitologlarni va fotograflarni kutishmoqda. Ha, bu yerda qulayliklar va sharoit juda kam – joylar ovloq va odam o’tib bo’lmas, albatta qo’riqxona ishchilari bundan mustasno.Faqatgina uychalarda va palatkalarda yashash mumkin. Lekin bunday ajoyib tabiat go’zalligi oldida infrastrukturasi ko’zga ko’rinmay ketadi. Chunki bu yerda umuman ortiqcha.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook