Yirik shaharlardagi ko’p qavatli uylarning tomida qurilgan 15 nafar kichik uylar
Yirik shaharlardagi ko’p qavatli uylarning tomida qurilgan 15 nafar kichik uylar
Yirik shaharda istiqomat qiluvchilar ko’pincha tinchgina dam olish imkonini bera-digan kichkina dala xovlisi bo’lishini orzu qiladilar. Haqiqatan ham ayrim bahtiyor insonlarning “shahar changalzorlari” ichida joylashgan ana shunday hashamatli uy-lari bor. Quyida esa ushbu yirik shaharlardagi ko’p qavatli uylarning tomiga quril-gan 15 nafar osoyishta uychalar haqida bilib olasiz.

1. Minskdagi kottedj

Umumiy maydoni 253 kvadrat metrni tashkil etadigan va 3 pog’ona: sakkizinchi, to’qqizinchi qavat va tomdagi qo’shimcha qurilmani o’z ichiga oladigan xonadon-kottedj.

2. Nyu-Yorkdagi dala xovli.

Maftunkor ayvoncha va ajoyib bog’ga ega bo’lgan xushmanzara uyga nazar tashlab, uni Nyu-Yorkdagi osmono’par binolardan birining tomida joylashganiga ishonish qiyin.

3. Xitoydagi kottedj qishlog’i

Xengiangda yirik savdo markazining tomida butun bir kottedj qishlog’i qurildi. Osmono’par shaharcha yigirma besh nafar bir xil yoqimli sarg’ish tusdagi villadan, saranjom-sarishta yo’lakchalardan, maysazor va yashil rangli ekinlaridan iborat.

4. Niderlandiyadagi «Moviy orzu»

Turar-joy binosining tomida qurilgan va barcha qulayliklarga ega bo’lgan bu qoyil-maqom uy Rotterdamning xaqiqiy diqqatga sazovor joyiga aylanib qolgan.

5. Nyu-Yorkdagi pushti rang uy

Bu pushti rang fasadga va mittigina ayvonchaga ega bo’lgan, ko’p qavatli uyning tomida qurilgan kichkinagina uycha yirik shaharning qoq markazida joylashgan xilvat joydir.

6. Irkutskdagi uy ustidagi uy

Irkutskdagi ko’p qavatli turar joyning tomida qurilgan ikki qavatli kottedj – 27 metr balandlikda joylashgan o’zgacha ko’rinishdagi maskan.

7. Nyu-Yorkdagi qarorgoh

Tomda barpo etilgan uslubiy shinam qarorgoh qizil g’ishtdan qurilgan turar joy bi-nosining uzviy davomiga aylandi.

8. Syurixdagi dam olish majmuasi

Syurixdagi mehmonxonaning tomidagi ma’danli suv to’ldirilgan basseynli kichkinagina uy o’zingizni dunyoning cho’qqisida deya his qilish imkonini beruvchi ajoyib dargohdir.

9. Nyu-Yorkdagi dupleks

Nyu-Yorkdagi beshqavatli uyning tomida barpo etilgan jozibador dupleks.

10.Chjuchjoudagi ikki qavatli kottedjlar

Chjuchjoudagi savdo markazining tomida qurilgan, uy oldi xududlariga ega bo’lgan betakror villalar – shahar turar joy maydonini tejashning yaqqol namunasi.

11. Nyu-Yorkdagi sersavlat uylar

Nyu-York Brodveyidagi eski turar joy binosining tomida joylashgan uchta sersavlat uy.

12. Nyu-Yorkda oddiygina qurilmalar

Nyu-Yorkdagi ko’p qavatli turar joy binosining tomida Acheson Doyle Partners Architects kompaniyasi tomonidan qurilgan ko’kalamzor ekinlar orasidagi oddiy-gina uy qurilmalari.

13. Loft

Ko’p qavatli uyning tomida qurilgan, dizayner Verner Ayslinger tomonidan o’ylab topilgan zamonaviy va o’ta qulay loft – toshli changalzorlardan uzoqlashmay turib tabiat bilan yuzma-yuz kelishning zo’r imkoni.

14. San-Diegodagi “Qulayotgan yulduz”

“Qulayotgan yulduz” uyi arxitektor Du Xo Suxning San-Diegodagi maktabning tomida barpo etilgan xaqiqiy durdonasi hisoblanadi.
Mukammal turar joy uyi barcha qulayliklar bilan jihozlangan, yam-yashil ekinlar bilan obodonlashtirilgan va mutlaq xavfsizdir.

15. Shenchjendagi butxona.

Shenchjen shahridagi osmono’par binoning tomida joylashgan ko’m-ko’k darax-tlar orasidagi ajoyib kichik ibodatxona –osmonu falakka yaqinroq bo’lish uchun ajoyib maskan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook