Povelya – dahshatli o’lat oroli, u yerga turistlarni taklif qilishmoqchi
Povelya – dahshatli o’lat oroli, u yerga turistlarni taklif qilishmoqchi
Venetsiya va Lido orasida joylashgan Povelya, Italiyaning shimoliy qismida joylashgan eng mashhur va eng ma’yus orollardan biri hisoblanadi. U qo’rqinchli hikoyalar va eng g’ayritabiiy, mistik g’iybatlar bilan to’lgan.

Ammo, Venetsiya lagunasining sharpali oroli siri chindan ham dahshatlidir. Buning hammasi rahmsiz “qora o’lim” shaharda hukm surib yurgan vaqtda, mahallalarni birma-bir bo’shatishdan boshlangan. O’shanda Povelya o’lat bilan kasallanganlarni tashlash uchun karantin joyga aylanib qolgan.

Aytishlaricha, o’sha vaqtda orolda 160 000 mingga yaqin odam ko’milgan, va ko’pgina o’lganlarning ruhlari esa, sharpalarga aylanib, ushbu ma’yus orolda sayr qilib yurishni davom ettirishyapti.

Bundan tashqari Povelyaning ma’yus obro’yini psixiatrik klinika ham buzmoqda, u 1922 yildan keyin shu yerda ochilgan. Uning kasallari o’lat bilan zaharlangan o’lganlar ruhlarini ko’rishlarini, ovozlarini eshitishlarini va qiziq aks sadoni eshitishlarini ta’kidlashardi. Lekin jinnilarga kim ishonadi deysiz?

Shu bilan birga klinika kasallarini davolaydigan shifokor, aslida ular ustida tajribalar o’tkazgan,qiynagan va dahshatli azoblar bergan. Ammo mahalliy ruhshunosning taqdiri xuddiuning kasallari singari fojiali kechdi. Uni qamashga kelganlarida, u qo’ng’iroq minorasidan o’zi tashlagan.

O’sha vaqtdan buyon orol yarim asr bo’libdiki, tashlandiq orolga aylangan, hatto baliqchilar ham uni oralab suzib o;tishga harakat qilishgan. Ammo 2014 yilda Povelya o’ziga italyan tadbirkori Luidji Brunyaroning e’tiborini tortdi, va u hatto orolni o’z mulkiga aylantirdi. Italyan ushbu dahshatli orol –ajoyib omonat deb hisobladi, va endi uni rivojlantirishga ahd qildi va shu orqali turistlarni jalb qilish niyati ham bor.

Vaqt o’taversaham, italyan orolining manfiy shon-shuhrati saqlanib qolinmoqda. Paranormal hodisalar tadqiqotchilari fikri bo’yicha, Pavelya – sayyoramizdagi eng yomonjoylardan biridir. Ancha vaqt ichida bu yerda istihomat qilganlarning birontasi ham ushbu yerning badbaxt bo’lagida bir kundan ortiq tura olmagan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook