Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt
Rouen Atkinson (yoki mister Bin?) haqida 15 ta fakt
Kim qiziqchi mister Binni bilmaydi? Lekin hamma ham Rouen Atkinson bilan tanish emas, ammo u hayotda umuman boshqa insondir. Bolaligida u uyatchang va yakka bo’lgan, ammo bu xislati unga dunyodagi eng sevimli qiziqchilardan biri bo’lishiga aslo halaqit bermadi. E’tiboringizga balkim, sizning u haqidagi tasavvuringizni o’zgartiradigan, mister Atkinson (mister Bin emas) haqida faktlarni taqdim etamiz.

1. Rouen Atkinson va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh-vaziri Toni Bler Darem shahridagi kafedral cherkovi maktabida birgalikda tahsil olishgan. Atkinson 11 yoshda bo’lgan, Toni Bler esa undan ikki yosh katta bo’lgan. Maktabning sobiq direktori gapiga qaraganda, ikki yigitcha – umuman boshqa boshqa dunyo. Atkinson uyatchang bo’lgan va o’zini chetda olib yurgan, Bler esa xushchaqchaq va a’lochi o’quvchi bo’lgan.

2. Muhandis-elektrik diplomini olgandan so’ng, Rouen Atkinson o’qishini davom ettirdi va 1975 yilda Oksforddagi Qirollik kolledjida dissertatsiyasini himoyalab, magistr darajasiga erishdi.
3. Atkinson tutulib gapiradi, shu uchun u muammoli ohangdosh (masalan, “B” tovushi) tovushlari bilinmasligi uchun haddan tashqari artikulyatsiyadan foydalanadi. Shunday qilib u o’z muammosini qiziqchilik fishkasiga aylantirdi. Aytgancha, maktab davrlarida Atkinson ushbu defektdan juda qattiq azob chekkan, ammo aktyor bo’lganidan keyin bu muammosidan qutuldi.
4. Rouen Atkinson uni shunchalik taniqli qilgan mister Bin haqidagi komediyali serialining yaratuvchilaridan biri va muallifi hisoblanadi. Qachonlardir unga oksfordlik teatri uchun sketch yaratishni buyurishgan, va Atkinsonda bu uchun atigi 48 soati bor edi. Natijada, u oyna oldida turli yuz ko’rinishlarini bajarganda, “antiqa, syurrealistik va gapirmaydigan personaj” tug’ildi.
5. Atkinson o’z karyerasi boshida bir nechta film va shoularda ishtirok etgan bo’lsada, birinchi marta unga BBC ning “9 soatlik bo’lmagan yangiliklar” komediya shousida ishtirok etganida e’tibor berishgan. Bu hozirgi yangiliklar va parodiya qo’shiqli pop-madaniyat haqida satirik qissa va komediyalar edi.
6. Atkinson o’zining turmush o’rtog’I Sunetra Sastrini “Qora ilon” (1986) serialini suratga olish vaqtida uchratgan, u yerga Sunetra vizajist bo’lib ishlagan, ularning ikkita bolasi bor – Ben va Lili. 2015 yilda 25 yillik turmushdan so’ng ular ajrashishdi.
7. Boshida mister Binni “mister Uayt” (mister Oq) deb atashgan, keyinchalik “mister Koliflauer” (mister rangli karam), ammo keyinchalik mualliflar mister Binda to’xtashgan.
8. Mister Bin haqidagi serial atigi 14 qismdan iboratm har biri 25 minutdan. Barcha qismlar 1990 yilning 1 yanvaridan 1995 yilning 15 noyabrigacha 6 yil davomida namoyish etilgan. 14 qismdan tashqari serialda yana 1995 yilning 15 dekabrida ko’rsatilgan “Mister Bindan eng yaxshilari” nomidagi bonus qismlar ham bo’lgan.
9. Atkinson shu bilan birga Shon Konneri bilan birga Bond haqida “Hech qachon hech qachon dema” filmida (1983) ikkinchi plandagi rolni ijro etgan. Uning qahramonining ismi Naydjel Smol-Fosett bo’lgan va u Bagama orollaridan Xorijiy ishlar vazirligi vakili bo’lgan.
10. Atkinson avtomobillarni va tez haydashni juda sevadi. Uning kolleksiyasida McLaren F1, Austin Metro, Renault 5 GT Turbo, Audi A8, Škoda Superb va Honda Civic Hybrid kabi avtomashinalar bor. Hayratlanarlisi shu ki, Atkinson Porsche ni yomon ko’radi va hatto bir kun e’lon qilgandiki: “Men bu mashina bilan hech qachon yashay olmasam kerak”.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook