Qiziqarli faktlar: Ispaniya haqida siz bilmagan qiziqarli va ajoyib faktlar
Qiziqarli faktlar: Ispaniya haqida siz bilmagan qiziqarli va ajoyib faktlar
Ispaniya – dunyoning turli burchaklaridan keladigan sayyohlar uchun turistik makka hisoblanadi. Ushbu mamalakatning jozibadorligini nima bilan tushuntirish mumkin?
Ispaniyada ko’plab mashxur haykallar, quyoshli plyajlar va mazali milliy taomlari bor. Agar siz avval bu yerga kelmagan bo’lsangiz, birinchi navbatda Barselonaga tashrif buyurishingizni maslahat beramiz – uning Gaudi gotika binolaridan tortib, ajoyib favvoralari va qirg’oqlari sizni mahliyo qilishi turgan gap.
Ispaniya – Yevropa hududiga kiruvchi eng tog’li mamlakat hisoblanadi. Madrid shahri Yevropa hududiga kiruvchi eng “baland” shahardir. Ispaniya Afrikadagi bir necha shaharlarga (Seuta, Melilya) egalik qiladi. Kanar orollari ham Ispaniyaga tegishli.
Ispaniya – juda quyoshli mamlakat. Statistikaga ko’ra bu yerda yiliga 280 kun quyosh charaqlaydi! Ushbu fakt sayyohlarni magnitdek o’ziga tortadi. Biroq, har yili qurg’oqchilik bilan kurashadigan fermerlarga qiyin bo’ladi.
Tabernas – Yevropa hududidagi yagona cho’l. U mamlakatdagi eng quruq yer hisoblanadi.
Santa-Mariya-de-la-Sede – Sevilda joylashgan mashxur sobor, Yer yuzidagi eng kattalaridan hisoblanadi. Uning uzunligi 126 metr, kengligi esa 83 metr atrofida. Malagada esa eng kompakt cherkov joylashgan. Ushbu bino 2 metr kvadratdan kichikroq joyni egallaydi.
Ko’cha fonarlarni birinchi bo’lib X asrda Kordove ispan shahrida, yani usha paytdagi xalifalik poytaxtida paydo bo’lgan.
Maydoni bo’yicha Yevropadagi eng katta golf-klub Kosta-del-Sol qirg’oqlarida joylashgan. Yana shuni ham aytib o’tish kerakki, bu yerda 40 dan ortiq golf klublari mavjud. Futboldagi “Ole-ole” qichqiriqlari Ispaniyada paydo bo’lgan. Bunday qichqiriqlar masalan korrida vaqtida eshitilgan. Ko’pchilik hisoblashicha ole so’zi “Alloh” so’zidan Ispaniyani musulmonlar bosib olgan vaqtda paydo bo’lgan.
Butun dunyo bo’ylab supermarketlarda sotiladigan yog’larning 44% Ispaniyada ishlab chiqariladi. Ispaniyada ko’plab hayvonlarni ko’rsangiz boladi, lekin ko’rshapalaklar eng tarqalganididr. Valensiyaning gerbida aynan shu hayvonlar tasvirlangan. Basklar tili, bizga ma’lum bo’lgan hech qaysi til turkumiga kirmaydi. Aynan shu til xarbiy hodisalar vaqtida Amerika Qo’shma shtatlari armiyasi tomonidan maxfiy habarlarni yetkazish uchun ishlatilgan. “Ispaniya” so’zi fin tilidan tarjima qilinganda “quyonlar mamlakati” degan ma’noni beradi. Piyodalar uchun eng xavfli so’qmoq Ispaniyada joylashgan. U El Kaminito del Rey degan nom olgan, mahalliy aholi uni “qirolning kichik o’tish joyi” deb ataydi.
Har bir ispaniyalikda ikki familiya bor: biri otasiniki, ikkinchisi onasiniki. Ispanlar juda kech kechki ovqat tanovvul qilishadi. Soat 21:00-22:00. Ular juda kech uxlashga yotishadi va juda vaqtli turishadi. Kunduz kuni 14:00 dan 15:30 gacha ularda siesta yani dam olish vaqti. Bunday rejimga xatto katta megapolis aholisi ham amal qiladi. Ispan bolalari yarim tunda ham ko’chada yurishi oddiy holat.Bunday rejimga amal qilishga, ular jazirama issiq tufayli majbur. Ispaniya sababli yevropada kartoshka, tomat, tabak va kakao paydo bo’lgan. Ispaniya banan o’sadigangan yagona Yevropa mamlakati.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook