Qiziqarli dunyo: Yer yuzida odamlar yashaydigan 8 ta xavfli joylar
Qiziqarli dunyo: Yer yuzida odamlar yashaydigan 8 ta xavfli joylar
Yer – bizning uyimiz. Va ba’zan uning har bir burchagi hayot uchun yaroqli deb tuyuladi. Lekin biz o’zimiz uchun shinam uydan tashqari, hayot uchun unchalik yaroqli bo’lmagan joylar ham bor. Biz sizning e’tiboringizga ko’rinishidan xavfli deb ko’rinadigan, biroq, shundoq bo’lsada kimningdir uyi hisoblangan joylarni havola etamiz.

8. Kastelfolit-de-la-Roka, Ispaniya

8. Kastelfolit-de-la-Roka, Ispaniya
Kastelfolit-de-la-Roka – bu Jiron qishlog’ida joylashgan mahalla. U ming yillar oldin qotgan lavadan hosil bo’lgan qoyada joylashgan. Mahalla joylashgan bazalt qoyaning uzunligi 1 km ga yaqin, balandligi esa 50 metrcha keladi. 2010 yildagi ma’lumotlarga ko’ra, qishloq aholisi 1048 kishini tashkil qiladi.

7. Osilib turgan Syuankun-si monastir, Xitoy

7. Osilib turgan Syuankun-si monastir, Xitoy
Bu ibodatxonali majmua muqaddas Xenshan tog’I oldidagi qoyada 491 yilda qurilgan. U o’zida budda, daos va konfutsian mehroblarni birlashtiradi. Osiluvchan devor yoqalab ko’pgina zallar joylashgan, qoya esa binolarning orqa devoir sifatida xizmat qiladi. 1982 yildan majmua Xitoy Xalq Respublikasining milliy yodgorligi sifatida saqlanib kelmoqda.

6. Lixtenshteyn qasri, Germaniya

6. Lixtenshteyn qasri, Germaniya
Bu ertakdagidek qasr 817 metr balandlikda joylashgan. Uning oldida 1150-1200 yillarda qurilgan va XIV asrning oxirida vayron qilingan o’rta asr qal’asining vayronalari turibdi. Hozirgi qasr 1840-1842 yillarda barpo etilgan va bugun Urax gertsoglariga tegishli. Uning ichida tarixiy qurol va aslahalarning kolleksiyasi bor, va u turistlar uchun ochiq.

5. Meteora monastirlari, Gretsiya

5. Meteora monastirlari, Gretsiya
Meteora monastirlarining osilib turuvchi qoyalarda joylashganligi bosqinchilar hujumlaridan himoyalanish uchun ayni o’r joy edi. Ularning butun tarixi davomida atigi 22 yoki 24 monastir mavjud bo’lgan. Ularning anchasi vayronaga aylandi, v ava bugun ulardan faqat 6 tasi qolgan: 4 ta erkaklar va 2 ta ayollarga tegishlisi.

4. Kalapana, Gavayi

4. Kalapana, Gavayi
1986 yilda vulqon otilishidan keyin, lava bu joyni shahar-sharpaga aylantirdi. Ammo shaharga yo’l yopiq bo’lishiga qaramasdan, u yerda haligacha bir nechta odam yashaydi. 2010 yildagi ma’lumotlarga ko’ra Kalapanda 35 ta uy qolgan.

3. Korovai qabilasining daraxt ustidagi uylari, Indoneziya

3. Korovai qabilasining daraxt ustidagi uylari, Indoneziya
Indoneziyadaning janubi-sharqiy tomonidagi Papua qishlog’ida korovai qabilasi yashaydi. Ular ba’zida yer sathidan 50 metrgacha yetadigan, katta balandlikda daraxtda uylar qurishlari bilan mashhur. Shu tariqa papuas qabilasi suv toshqinlaridan va ayollar hamda bolalarni qullik uchun olib ketuvchi dushman qabilalar hujumlaridan himoyalanadi.

2. Solve uychasi, Shveytsariya

2. Solve uychasi, Shveytsariya
Bu baland tog’li uycha dengiz sathidan 4 003 metr balandlikda joylashgan. U Matterxorn tog’iga ko’tarilish yo’liad joylashgan. Solve Xat ichida 10 ta yotoq va radiotelefon bor. Iste’mol mahsulotlari uning ichida yo’q, chunki uychada ob-havo yomonlashishi oqibatida, faqat favqulodda holatlarda tunash mumkin.

1. Santos, “qulayotgan” binolar shahri, Braziliya

1. Santos, “qulayotgan” binolar shahri, Braziliya
O’tkir ko’z bilan qaramay turib, bu qirg’oq bo’yi manzarasida nimadir noto’g’riligini ko’rish mumkin. Fundamentni solish vaqtida hozirda tuzatish oson bo’lmagan xatolarga yo’l qo’yishgan. Yetishmaydigan chuqurlik sababli fundament katta binolar uchun juda nozik bo’lib chiqdi. Uylar yiqilay deb turishiga qaramasdan, dadil odamlar unda yashashni davom etmoqdalar.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook