Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi
Qiziqarli dunyo: Xirosima va Nagasaki fojiasining Yapon madaniyatidagi aksi
1945 yilning 6 avgustida Yaponiyadagi Xirosima shahri AQSH tomonidan bombardimon qilingan, uch kundan so’ng esa ushbu ko’rgilik Nagasakining ham boshiga tushgan.
Ikkita bomba – Little boy (“bolakay”) va Fat Man (‘Semiz kishi”) – turli ma’lumotlarga ko’ra 150 dan 246 ming kishigacha jon olib ketgan. Ushbu qadam bilan AQSh ikkita muammoni hal qilgan: Yaoniya kapitulyatsiyasini tezlashtirdi va yadroviy qurolni haqiqiy muhitda sinab ko’rdi. Shundan beri, yadroviy qurol xavfi bo’lsa ham, hech qaysi shaharga bunday bostirilmadi. Yapon madaniyatida esa ushbu fojianing aks sadolari qoldi.
Yapon tilida 被爆者(xibakusya) degan so’z bor, u “portlashda zararlangan odam” degan ma’noni anglatadi. Bu nom bilan Xirosima va Nagasaki portlashlarida tirik qolgan odamlarni atashadi.
6 ta ginkgo daraxti portlash joyi yaqinida o’sib, omon qolgan. Vaqt o’tib zararlangan daraxtlar qaytadan yangi kurtak ochgan. Shundan beri ginkgo daraxti yapon madaniyatining umid belgisini bildiradi.
Mashxur yapon maxluqi Godzilla yaratilganida Xirosima va Nagasakidagi portlashlarga metafora sifatida o’ylangan.
Yadroviy qurol portlagan joydan omon qolgan shaxslarning bolalarida hech qanday mutatsiya yoki muhim patalogiyalar kuzatilmagan.
Biroq bombadan omon qolgan shaxslar va ularning farzandlari kuchli diskriminatsiyaga uchragan. Asosan jamoatdagi nurlanish natijalari haqidagi fikrlar sababli. Bunday odamlar ish topishga yoki turmush qurishga juda qiynalgan, chunki ko’pchilik kasallik zararli deb o’ylagan.
Shaharlar dunyoda yadroviy qurol likvidatsiyasi uchun kurashmoqda. Xirosima shahrining meri esa Tinchlik va yadroviy arsenalning 2020 yilgacha likvidatsiya qilish harakati prezidenti.
Oleandr – Xirosima shahrining rasmiy guli: yadroviy udardan so’ng birinchi gullagan gul.
1958 yildagina Xirosima aholisi soni 410 ga yetib, urushdan oldingi sonini tikladi. Hozirda shaharda 1.2 million aholi yashaydi.
Xirosima va Nagasakidagi portlash qurbonlarining 10% koreyaliklar bo’lgan. Ularning asosiy qismi majburiy ishchi bo’lib, yaponlar uchun qurol va aslaha ishlab chiqarardi. Hozirgi kunda ham ikkala shahar koreys jamoatlariga ega.
Har yili 6 avgustda Xirosimaning memorial parkida xotira marosimi o’tqaziladi va bomba portlagan vaqt 8:15 da jimlik daqiqasi e’lon qilinadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook