Qiziqarli dunyo: Uchish va qo’nish paytida illyuminator pardachalarini ko’tarish kerakligining oddiy sababi
Qiziqarli dunyo: Uchish va qo’nish paytida illyuminator pardachalarini ko’tarish kerakligining oddiy sababi
Parvoz boshida va oxirida biz bort kuzavchilarning ko’rsatmalarini bajaramiz, va ulardan biri – illyuminator pardachasini ko’tarishdir. Ko’pilarda savol tug’iladi: nega illyuminatorni ochiq qoldirib bo’lmaydi?
Biz, bu qoidani rad etish mumkin bo’lmagan sabablarni topdik.

1. Illyuminator orqali biz favqulotda holatni ko’rishimiz mumkin.

1.	Illyuminator orqali biz favqulotda holatni ko’rishimiz mumkin.
Uchish va qo’nish eng favqulotda xavfli bosqichlar hisoblanadi, o’sha paytda hammasi ekipajning to’liq nazoratida bo’lishi kerak. Illyuminator orqali bort tashqarisida nima sodir bo’layotgani ko’rinadi, shu uchun yo’lovchi yoki bort kuzatuvchilar nimadir sodir bo’lganini ko’rib qolishlari va favqulotda holat haqida xabar berishlari mumkin.

2. Kunduzgi yorug’lik o’zingizni yo’qotib qo’ymasligingizga yordam beradi.

2.	Kunduzgi yorug’lik o’zingizni yo’qotib qo’ymasligingizga yordam beradi.
Kunduzgi parvozlar vaqtida uchish va qo’nish paytida samolyot yoritgichlari o’chirilgan, shuning uchun avariya holatida illyuminatorlar yagona yorug’lik manbai bo’ladi. Buning ustiga ko’tarilgan pardachada inson ko’zi kunduzgi yorug’likka ko’nikadi, va favqulotda holatda yo’nalishni topib olish osonroq bo’ladi.

3. Qutqaruvchilar to’g’ri qarorga kelishadi.

3.	Qutqaruvchilar to’g’ri qarorga kelishadi.
Ochiq illyuminator orqali qutqaruvchilar kerakli paytda samolyotdagi ahvol haqida bilib olishlari va evakuatsiya bilan yordam berish uchun to’g’ri qaror chiqarishlariga yordam beradi.

4. Pardachani ko’tarib, siz o’zingizni jarohatlardan himoya qilasiz.

4.	Pardachani ko’tarib, siz o’zingizni jarohatlardan himoya qilasiz.
Illyuminatorning plastik pardachasi jarohatlar sababchisi bo’lishi mumkin. Juda og’ir qo’nish vaqtida plastic sinishi va uning siniqlari insonning yuzi va tanasi qismlarini jarohatlashi mumkin. Instruksiyaga asosan ekipajda yo’lovchilarni samolyotdan evakuatsiya qilish uchun atigi 90 soniya bor, shuning uchun parvoz vaqtida xavfsizlik qoidalari bilan hazillashmaslik kerak: pardachani ochib qo’yish umuman qiyin ish emas.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook