Qiziqarli dunyo: Top-10: Bu tarixiy topishmoqlarga javoblarni faqat zamonaviy texnologiyalar yordamida topa olindi
Qiziqarli dunyo: Top-10: Bu tarixiy topishmoqlarga javoblarni faqat zamonaviy texnologiyalar yordamida topa olindi
Inson sivilizatsiyasi tarixi har doim bizga yangi syurprizlar va sirlarni taqdim etadi, biroq qadimdan ma’lum jumboqlar ham ko’p yillar davomida olimlarni lol qoldirishda davom etmoqda.
Biroq, yangi texnologik yutuqlar tufayli, eng hayratlanarli sirlarning ba'zilari sekin-asta vaqt o’tishi bilan yechilmoqda ... Biz materiallar tahlil qilishning yangi uslublarga va qadimgi dalillarni qidirish uchun zamonaviy asboblarga ega bo’ldik, va, shuningdek, kimyo va fizika nuqtai nazaridan narsalar tabiati haqida ko'proq bilib oldik, va bularning barchasi birgalikda tadqiqotchilarga oldinga siljishga va o'tgan asrlarning eng sirli boshqotirmalariga javob berishga imkon beradi.
Sizning e’tiboringizga zamonaviy texnologiya yordamida hal qilingan tarixiy boshqotirmalar ro’yxati havola etiladi.

1. “Odisseya” yunon she’ri nusxasidan sirli qo’lyozmalar

1. “Odisseya” yunon she’ri nusxasidan sirli qo’lyozmalar
Yillar davomida tarixchilar Gomer “Odisseyasi” ning eski nashrlarida noma'lum tilda g'aroyib qo'lyozma yozuvlari qoldirilganligi haqida gumon qilishgan. Italiyalik tadqiqotchilar bu yozuvlar fransiyalik sayyoh Jan Kulon de Teveno tomonidan ixtiro qilingan odatiy qisqartmalar ekanini aniqladilar. Aftidan, bu yozuvlar qadimgi yunon tilidan fransuz tiliga tarjima qilingan.

2. Floridadagi qora tuynuk

2. Floridadagi qora tuynuk
Olimlar bu sirli suv osti tuynugi haqida uzoq vaqtdan beri bilishgan, ammo hech kim uning tubiga sho'ng'ishga jur'at etmagan. Tuynuk Tallaxasidan (shtat poytaxti) janubidagi Osilla daryosida (Aucilla) joylashgan. Bir kuni sirli suv osti g'origa sho'ng'ishga qaror qilgan jasur inson paydo bo’ldi va bu Florida universiteti professori Jessi Halligan (Florida State University) edi.
Uning chuqurlikka kirishi juda muhim kashfiyotga sabab bo’ldi. Suv ostida, professor Halligan inson mehnat asboblari tomonidan ishlov berilgan mastodon tishlarini topdi. Bu topilmalar odamlarning bu hududda taxmin qilinganidan ancha oldin - yana 14500 yil oldin yashaganligini ko'rsatadi.

3. Kambis Ikkinchining afsonaviy tarzda yo’qolib ketgan askarlari (Cambyses II)

3. Kambis Ikkinchining afsonaviy tarzda yo’qolib ketgan askarlari (Cambyses II)
M.a. 524 yilda Fors shohi Kambis Ikkinchining katta qo'shini efioplarga qarshi harbiy hujumga otlandi. Hukmdor xohlangan vohaga ega bo’lish uchun o’zi bilan 50 000 ta askarni olib chiqdi, ammo sirli sabablarga ko’ra bu qo'shin uyiga hech qachon qaytib kelmadi. O'n minglab odamlar izsiz g'oyib bo'lgan, va bu dahshatli sir ko'p afsonalarni tug'dirgan.
Olimlar Anjelo va Alfredo Castilyoni (Anjelo, Alfredo Castiglioni) afsonaviy qo'shin qoldiqlari topishgan, va o’z topilmalarini o'rganib chiqib, bu dahshatli qo'shinni inson qiyofasidagi dushman emas, tabiatning kuchlari yakson qilgan degan xulosaga kelishdi. Bu askarlarning hammasi kuchli qum bo'roni tufayli vafot etdilar.

4. O’lim Vodiysidagi ko’chmanchi toshlar

4. O’lim Vodiysidagi ko’chmanchi toshlar
Bir paytlar mashhur O'lim Vodiysiga tashrif buyurgan va bu ko’chmanchi toshlarning harakatlanish izlari bilan birgalikda ko’rganlarning barchasiga hayratdan va qo’rqinchdan tanalaridan sovuq ter tushishi hissi yaxshi tanish bo’lsa kerak. Jonsiz toshlarning yordamsiz ko'chib o'tishga qodir ekanligi fikrining o’zi, qo'rquvni olib kelmasligi mumkin emas.
Ko'p yillar davomida O'lim vodiysi va sirli jismlarni xavfli va tushunarsiz narsa deb hisoblashardi. Lekin bu hodisa butunlay ilmiy asosga ega bo’lib. Qishda faslida, bu sirpanchiq toshlar atrofida nozik bir muz qatlami hosil bo'lar ekan. Xuddi shu qish davomida kuchli shamol asta-sekin sirli muzli bloklarni siljitadi, hamma o’ylagandek, ular yurimaydi. Haqiqat shu.

5. Yo’qolib ketgan Naska xalqi (Nazca)

5. Yo’qolib ketgan Naska xalqi (Nazca)
Naska sivilizatsiyasi birinchi navbatda, Perudagi Naska sahrosi yuzasidagi ulkan yozuvlari bilan ma'lum. Ba'zi ufologlarning hisoblashlaricha, qumdagi va Yerdagi yozuvlar orqali bu qadimiy qabilalar o’zga sayyoraliklar bilan muloqot qilishgan, yoki ularning o’zlari o’zga sayyoralik bo’lishgan. Lekin olimlar bunday badiiy yo'l orqali bu kolumbdan oldingi madaniyat o’z xudolariga sajda qilganliklarini bilishga muvaffaq bo'lishdi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook