Qiziqarli dunyo: Silfra sinig’i - ikkita qit’a uchrashadigan makon
Qiziqarli dunyo: Silfra sinig’i - ikkita qit’a uchrashadigan makon
Amerika va Yevrosiyo orasidagi siniq Islandiya bo’ylab o’tishini bilarmidingiz? Bundan tashqari, xohish borligida ko’z tomchisidek toza suvda akvalang bilan cho’ng’ib, to’g’ri ma’noda bir-biridan ajralgan Yevropa va Amerika qit’alariga qo’l tekkizish mumkin.
Islandiya oroli ikkita litosferali plita oralig’ida joylashgan: Yevrosiyolik va Shimoliy-Amerikalik. Sayyoramiz tub tubida doimiy harakatlar bo’lib turadi, va mana shu harakatlar tufayli plitalar doimo siljib turadi. Agar ular bir-biriga qarab harakatlansa, birlashish joyida tog’ hosil bo’ladi, agar ajrashsa, yer qorida siniqlar va riftlar hosil bo’ladi.
Shimoliy-Amerika va Yevrosiyo plitalari har yili bir-biridan 2-7 sm ga uzoqlashadi. Shu sababli quruqlikda ham ko’rinadigan (rift vodiysi deb nomlanadigan), ulkan siniq paydo bo’lgan. Ushbu siniq bu yerda joylashgan Tingvadlavatn ko’lining tubini sindirdi va Silfra lava makonini hosil qildi. Island tilidan tarjima qilinganda “silfra” “kumush ayol” deb tarjima qilinadi.
Siniq hududida XX asr boshida Tingvedlir nomli milliy park hosil qilishdi, va u YUNESKO Umumjahon merosi ro’yxatiga kiritildi. Ishonish qiyin, ammo bu yerda chindan ham quruqlik bo’ylab bir qit’adan ikkinchisiga o’tish mumkin, Silfra yer osti sinig’ida esa – ikki tektonik plita oralab suzish mumkin.
Eng tor joylarida drayverlar ikkita qit’ani bir varakayiga, ya’ni bir qo’l bilan Yevropani, boshqasi bilan Amerikani tegib turish kabi noyob imkoniyatga ega bo’ladilar.
Ko’ldagi suv toza va ichilishi mumkin – hatto mutaxassislar bu yerda chuqurlik hissini yo’qotib qo’yishadi, chunki suvdagi aniq ko’rinish 300 metrga yetadi.
Silfra sinig’idagi suv shunchalik sovuqki, sho’ng’ish paytida nafas olish qiyinlashadi. Yil bo’ylab ko’l yaqinida joylashgan tog’lardagi Laungyokyudl muzligi erishi sababli suv bilan to’layotganlidi uchun harorat 2 gradusni tashkil qiladi. Suv, pastga tushaverib, 30-50 yil mobaynida yer osti lava ustidan suzib o’tadi, bunda yaxshigina filtrlanib, kristaldek tozalanadi va ichish uchun 100% to’g’ri keladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook