Qiziqarli dunyo: Kitoblarning sehrli olami
Qiziqarli dunyo: Kitoblarning sehrli olami
Kitobni sifatlar ekanmiz, avvalambor uning donishmandligini, buyuk muallim ekanligini va uzoq hayot kechira olishini alohida ta’kidlab o’tishimiz kerak. Ha, kitoblar ham insonga o’xshaydi. Ba’zan ulardan ham aqlli va sirlidir. Ushbu maqolamiz har bir sahifasi butun borliq va barcha zamonlarning sir-asrorini o’zida mujassam etgan o’tmish hamda hozirgi zamon kitoblariga bag’ishlanadi.

Tarix shohidi

Tarix shohidi

Insoniyat yaralganiga necha ming asrlar bo’ldi. Buningorasida uning boshidan nimalar o’tmadu-yu, nimalarga guvoh bo’lmadi. Bo’libo’tgan voqealarni kelajak avlodga yetkazish uchun xalq og’zaki ijodi, ya’nifolklyordan foydalanildi. Biroq folklyor ishonchli manba bo’la olmas edi.

Yozuv paydo bo’lishi bilan hamma narsa o’zgardi.Insoniyat hech narsani unutmaydigan, barcha davrlar, xalqlar, hokimiyat,imperiya va sivilizatsiyalarni bosib o’tib, ular haqida ma’lumotlarni yetkazaoladigan narsa, ya’ni kitobni yaratdi. Siz ushbu satrlarni o’qiyotgan aynivaqtda dunyoning turli burchaklaridagi muzeylarda juda ko’hna davrga tegishlibo’lgan sahifalar maxsus sharoitda saqlanmoqda.

O’tmishga, ayniqsa qadim o’tmishga bizning hurmatimizjuda cheksiz. O’sha davr haqida biz ko’proq narsa bilishga harakat qilamiz.Bunda kitob bizga katta yordam beradi. Unda qadimiylik muhri mujassam. Bundaykitobni ko’rgan odam donishmand mo’ysafid bilan uchrashganday bo’ladi, chunkio’tmish haqida juda qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ladi. 

Bilim – bu kuch

Bilim – bu kuch

Bilimga intilish nafas olish yoki ovqatga intilishdankam emas. Bunda kitobning o’rni beqiyos. Bilimga, qiziqishga bo’lganchanqoqlikni qondirish uchun inson kitobga murojaat qiladi. Qorin yanaochganday, bilimga bo’lgan qiziqish ham kuchayib boraveradi. Shunda inson yanakitobga yuzlanadi. Sahifalarini varaqlar ekan, borgan sari unga bog’lanibboraveradi.

Sehrning o’zginasi

Sehrning o’zginasi

Kitoblarni sehrli deb ta’riflash o’rinlidir.Kitoblarga jo qilingan bilimlar shunday qudratli kuchga egaki, ularni sehrbilan tenglashtirish mumkin. Kitob muqovasini ochar ekansiz, sirli olamga kiribqolganday bo’lasiz. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook