“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi ko’rinishi
“Otasining qizlari”: millionlarning sevimli serialiga aylangan asar aktyorlarining hozirgi ko’rinishi
“Otasining qizlari” Rossiyaning xorijlik kasbdoshlaridan ko’chirilmay, mustaqil yaratilgan eng muvaffaqiyatli seriallaridan biri. Mislsiz ommaboplikka erishgan tomosha g’oyasi Rossiyada vujudga kelgan. Tomoshabinlar besh nafar turli yoshdagi qizaloqlari bilan yolg’iz otaning xayotini ketma-ket yigirma fasl mobaynida kuzatdilar!
Serial shu qadar konveyer surati bilan olinar ediki, bu suratga xamma ham bardosh bera olmasdi. Dastlab “Otasining qizlari”ni vaqtincha bosh qaxramon tashlab ketdi, keyin esa Dasha Melnikova suratga tushishdan o’qishni afzalroq ko’rdi.
“Otasining qizlari” yopilgan paytdan to’rt yil o’tgach serial yaratuvchilari sevimli qaxramonlar ishtirokidagi to’liq metrajli filmni suratga olish jarayoniga tayyorgarlik ko’rayotganlari to’g’risida e’lon qildilar. “Otasining qizlari” to’g’risidagi katta film kutilishida o’tgan yillar ichida qaxramonlar qanchalar o’zgarganini bir ko’rishni sizlarga taklif etamiz.

“Pugovka” – Katya Starshova

“Pugovka” – Katya Starshova
Aktrisa Katya Starshova serialga maktabga borishdan ham avvalroq kelib qolgan edi, shuning uchun ham u suratga olish maydonchasining o’zida ulg’aya bordi. Serialning barcha 20 faslida u “Otasining qizlari”dagi eng sevimli personachlaridan biri bo’lib qolaverardi.
Suratga olish ishlari tugaganidan so’ng (u serialda olti yoshligida ishtirok eta boshlagan edi, suratga tushishni esa o’spirinligida tugatdi) Katya figurali uchish bilan shug’ullanishni davom ettirdi, 2016 yilda esa 15 yoshli aktrisa “Yulduzlar bilan raqslar” loyixasida ishtirok etdi.

Galina Sergeyevna – Yelizaveta Arzamasova

Galina Sergeyevna – Yelizaveta Arzamasova
Navqiron va juda muvaffaqiyatli sohibjamol aktrisa Yelizaveta Arzamasova siymosida o’rilgan sochli va ko’zoynakli shoirtabiat a’lochi Galina Sergeyevnani tanish juda qiyin. Serialda suratga tushish ishlaridan so’ng u teatrda ko’p rollar o’ynadi, moskvalik eng yetuk rejissyorlar tomonidan saxnalashtirilgan asarlarda ishtirok etdi, va shuningdek, kino va televidenie orqali chiqishlar qilib turadi.
U 14 yoshida Julyettaning rolini ijro etdi, bundan tashqari “Dovyurak qiz” disney multfilmidagi Merida ismli mallasoch malikaga ovoz berdi.

Jenya – Darya Melnikova

Jenya – Darya Melnikova
“Otasining qizlari” serialidagi abjir sportchi qizni o’ynagan Darya Melnikova, o’zining ekrandagi imidjiga qaramay 2014 yilda Rossiyaning eng sarvqomat ayollar yuztaligi qatoridan joy oldi. U o’zining aktyorlik karyerasi ustida jiddiy ishlaydi. Xatto shunday payt ham bo’ldiki, Dasha Shepkino o’quv yurtidagi o’qishini deb serialdan ham voz kechdi.
Dasha juda ko’p suratga tushadi. Uning ishlari orasida “Amerikanka” dramasining remeykidagi, “Mayor Sokolov oshiqlari” serialidagi va boshqa rollar bor. 2013 yilda Darya Melnikova Artur Smolyaninov ismli aktyorga tuрmushga chiqdi va ikki yildan keyin ona bo’ldi.

Masha – Miroslava Karpovich

Masha – Miroslava Karpovich
“Otasining qizlari” serialiga Miroslava Karpovich professional aktrisa unvoniga ega bo’lgandan keyin kelgan edi. U 2006 yilda MXAT (Moskva Badiiy Akademik Teatri) maktab-studiyasida aktyorlik kurslarini tamomlagan. Loyiha tanlovi juda to’g’ri bo’lgan – ushbu rol uni butun Rossiya va dunyoning barcha rusiyzabon odamlariga tanitdi.Aslida Miroslava asosan teatrda ishlaydi.
Uning faoliyati ro’yxatida yigirmadan ortiq spektakllar mavjud. Bundan tashqari, u bir necha kliplarda, masalan, Leonid Agutin va Yegor Krid kliplarida suratga tushgan.

Dasha – Anastasiya Sivaeva

Dasha – Anastasiya Sivaeva
Nastya Sivaeva bolaligidan Vyacheslav Zaytsevning modellik agentligida shug’ullangan, shuning uchun ham kameradan cho’chimas edi. O’n yoshidan “Sezam ko’chasi” bolalar ta’limiy ko’rsatuvida, keyinroq esa “Yeralash” xajviy-yumoristik kinojurnalida suratga tushgan. Suratga olish ishlari tugaganidan so’ng u ko’p suratga tushmay vaqtini dunyo bo’ylab sayoxatlarga sarflashni afzal ko’rdi.
Serial oxirgi fasllarining birida ona bo’lgan ekrandagi o’z qaxramoni Dashadan farqli o’laroq Anastasiya Sivaeva turmushga chiqmagan va hozircha oila qurish niyati ham yo’q.

Venik - Filipp Bledniy

Venik - Filipp Bledniy
Dashaning ekrandagi eri Filip Bledniyni goh Nastya Sivaeva bilan, goh Yelizaveta Arzamasova bilan (u bilan “Romeo Julyetta” spektaklida o’ynagan edi) sevishganlar sifatida tasavvur qilishardi, biroq gap-so’zlar mish-mishligicha qoldi.
Filippning kelib chiqishi teatr san’atkorlari oilasidan: uning otasi Rossiya xalq artisti, katta akasa Ilya esa – dublyaj rejissyori va o’tgan asr 90-chi yillarining eng chiroyli aktyorlaridan biri. Filippning o’zi teatrda ishlaydi, va shuningdek, ba’zan televidenieda ham chiqish qilib turadi. Boshqa ishlar bilan birga u xit bo’lgan “Oshxona” va “Eleon Mehmonxonasi” seriallarida ham kichik epizodlarda suratga tushgan.

Ilya Polejaykin - Mixail Kazakov

Ilya Polejaykin - Mixail Kazakov
Aktyor Mixail Kazakov o’z faoliyatini boshqa yulduz bolalar kabi Yeralash”dan boshlagan edi, lekin aynan Polejaykin, bo’lajak militsioner va Galina Sergeyevnaning o’rtog’i rolida shon-shuhratga erishdi. Xayotda u bilan shunday yoqimsiz kriminal xodisa ro’y bergandiki, shu sababli yosh yigit bir yil umrini qamoqda o’tkazdi.
Qamoqdan chiqqandan so’ng Kazakov qisqa muddatga kinoga qaytdi, ammo keyin poytaxtdan Tver shahriga ko’chib ketdi va biznes bilan shug’ullana boshladi.

Vasnetsova– Nonna Grishaeva

Vasnetsova– Nonna Grishaeva
Dastlab ssenariynavislar serialda qizlarning onasi paydo bo’lishini rejalashtirmagandilar. Chunki so’rovnomalar shuni ko’rsatardiki, tomoshabinlar televizor ekranida yolg’iz otani ko’rishni xohlashar ekan.
Lekin suratga olish ishlari boshlanganidan bir yil o’tgach, serialning suratga olish tempiga chiday olmay Ota uni tashlab ketmoqchi bo’lib qoldi. Nonna Grishaeva qaxramon Otaning o’rnini bosdi, serialning esa ikkinchi nafasi ochildi.

Ota Vasnetsov – Andrey Leonov

Ota Vasnetsov – Andrey Leonov
Yevgeniy Leonovning o’g’li bo’lmish aktyor Andrey Leonov agar “Otasining qizlari” seriali bo’lmaganida mashxur otasining soyasida qolib ketgan bo’lar edi balki. U ijro etish baxtini qo’lga kiritgan ko’p bolali yolg’iz otaning roli uni o’ta ommabop va mashxur qilib yubordi.
Bu shouda suratga tushishni yakunlaganidan so’ng Andrey Leonov taetr va kinoda ishlashda davom etmoqda, 2015 yilda esa yirqtich xayvon o’rgatuvchisi Margarita Nazarovaga bag’ishlangan teleserialda suratga tushdi (u “Ola chipor reys” komediyasi ustida ishlayotgan paytdagi o’z otasining obrazini ham yaratdi).

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook