“Meni to’lig’icha buzib tashla”: muzeyga tashrif buyuruvchilarga 170 ming $ li Lamborghini da o’z mahoratlarini ko’rsatishlari uchun imkon berildi
“Meni to’lig’icha buzib tashla”: muzeyga tashrif buyuruvchilarga 170 ming $ li Lamborghini da o’z mahoratlarini ko’rsatishlari uchun imkon berildi
San’at – bu qiziq narsa. Kimdir rasm chizadi, loydan shakl yasaydi, spektakl qo’yadi va kitob yozadi. Kimdir kino suratga oladi, postanovkalarni aynan odamlar oldida qo’yadi va jiddiy ijtimoiy mavzularda graffiti chizadi. Va kimdir Lamborghini sotib olib, uni muzeyga qo'yadi va uning ustidan xohlaganlaridek masxara qilishga ruxsat beradi. San’atmi bu yoki epataj – har bir kishi o’zicha baho bersin.

Daniyaning Orxus degan shahrida “Zamonaviy san’at muzeyi” nomidagi juda bir ko’zga namoyon madaniy muassasa mavjud. U yerda yaqinda qiziq bir eksponat paydo bo’ldi – superkar Lamborghini Gallardo, va uning hozirgi vaqtdagi narxi 170 ming AQSh dollari. Bu mashinaning san’atmuzeyida turishi – juda ham qiziq savol- ammo unga javob undanda qiziqroq.Mashinani u yerga tijorat maqsadida emas, balki san’atni yaratish maqsadida qo’yishdi. Gap shundaki, muzeyga tashrif buyuruvchilariga xushmuomala ohangda, bu ajoyib (yoki qachonlardir “ajoyib” bo’lgan) mashinani qanday qilib va nima vositasida bo’lsada qirib qo’yishni taklif qilishadi.

Avtomashina ekspozitsiyaning ilk boshidagi ko’rinishi

Avtomashina ekspozitsiyaning ilk boshidagi ko’rinishi

Rasmlarga qarab osonlikcha aytish mumkinki, mashina hozirgi kunda eng yomon ahvolda. Axir uning kuzovi ko’pgina qirishlardan iborat va ularning har biri muassasa tashrif buyuruvchisi tomonidan qilingan. Yetarlicha quvnoq va shu bilan birga beodoblik bu, axirmuzey mehmonlari mashinani kalit (va boshqa predmetlar) bilan qirib tashlashadi, garchi bu ish zamonaviy san’atga fidokorona bo’lsada.  

Mashina bir haftadan so’ng

Mashina bir haftadan so’ng

Ko’p, va juda ko’p qirishlar

Ko’p, va juda ko’p qirishlar

Mehmonlar yaxshi mehnat qilishdi

Mehmonlar yaxshi mehnat qilishdi

Lamborghini ni shu mohir yo’l bilan buzib, vayron qilish fikri rassom Dolk Lundgrenga mansub. Rassom o’zining graffitilari bilan mashhur, va bu yangi “avtomobilli” ekspozitsiyasi bilan esa insonlar qanchalik olamda sodir bo’layotgan ishlarga ta’sir qilishlarini ko’rsatish uchun yaratdi. Qo’shish kerakki, hozirda superkarni o’z xohishizga binoan qirish mumkin emas. Buni ekspozitsiya ochilish kunidan uch hafta mobaynida amalga oshirish mumkin edi. Muddat o’tishi bilan Dolksan’at asari “tayyor” deb, unga yo’lni berkitib qo’ydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook