Lush dan Spinnerlar ko'rinishidagi vanna uchun ko'pik: ular haqiqatda ham aylanadilar
Lush dan Spinnerlar ko'rinishidagi vanna uchun ko'pik: ular haqiqatda ham aylanadilar
Spinner o'zi nima va nima uchun kerak? Bu aylantirgichning muallifi muxandis-kimyogar Ketrin Xettinger. U o'zining Erb-Koldflan miasteniyasi bilan (bu autoimun kasalligi patologik mushaklar zo'riqishini keltirib chiqaradi) kasallangan qizi uchun yaratgan edi.

Biroq, sprinnerlar katta mashxurlikni faqatgina 2017 yili ofis ishchilari orasida qozondi. Bular Forbes jurnali uni " 2017 yilning ofisda albatta bo'lishi kerak bo'lgan o'yinchoq" deb ataganidan so'ng yuz berdi. Shundan so'ng boshlanib ketdi. Xozir bu o'yinchoq har qadamda sotilmoqda, hamda ko'pchilik bu kasal bolalarning o'yinchog'idan to'yganlar. Shunga qaramay, kompaniyalar spinnerlarga bo'lgan qiziqishni, ularga bag'ishlangan produksiyalar bilan, yanada kuchaytirib turibdilar. Bu kabi firmalardan biri bo'lib Lush kompaniyasi bo'ldi. U spinnerlar ko'rinishidagi vanna uchun ko'pik ishlab chiqdi.  

Lush da bu partiya cheklangan ekanini aytishdi, hamda ular spinner ko'rinishidagi vanna uchun ko'piklarni doimiy ravishda ishlab chiqarishni rejalashtirmayotganliklarini ta'kidladilar. Eng qizig'i ular haqiqatda ham aylanadilar. Lush ning so'zlariga ko'ra, produksiyaning birinchi partiyasi bir necha soniya ichida to'liq sotilib ketdi. 

Ularni qanday tayyorlashlarini ko'ring.

Foydalanuvchilar ularni eng be'mani va shu vaqtning o'zida zo'r narsa deb atadilar.

"Lush vanna uchun ko'pikni spinnerlar ko'rinishida chiqardilar. Bu bir vaqtning o'zida men eshtgan eng axmoqona va ajabtovur narsa. Men 6 ta xarid qildim"

Bu ko'p marotaba ishlariladigan vanna uchun qattiq ko'pik bo'lib, uni oqib turgan suv tagida ushlab turish kerak. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook