Ishonmaysiz! Veterinarlar bu toshbaqadan nimani olib tashlashdi?
Ishonmaysiz! Veterinarlar bu toshbaqadan nimani olib tashlashdi?
Tailanddagi hayvonot bog'ida ulkan toshbaqaga jarrohllik amaliyotini o'tkazishdi. Veterinarlar oxirgi vaqtlarda toshbaqaning ortiqcha vazn tufayli arang harakat qilayotgani va suzayotganini payqashdi. Tibbiy muolajalardan so'ng 25 yoshli sudralib yuruvchi jonzot yangi - "yig'uvchi" laqabini oldi.

Bu yashil dengiz toshbaqasi tugab borayotgan turlardan biri hisoblanadi. Bu sudralib yuruvchi Chonburi provinsiyasidagi turistlar ko'p keladigan hayvonot bog'ida uzoq yillardan beri yashab kelmoqda. Oxirgi vaqtlarda bechora o'zini yomon his qilgan va o'ng tomonga og'ib suzgan.

Rentgen tahlili natijalariga ko'ra, toshbaqaning oshqozoni dumaloq, yassi metall tangalarga to'lib yotgan. Toshbaqa ularni ko'p yillar mobaynida yutib yurgan.

Hayvonni qutqarish maqsadida Bangkokdagi Chulalongkorn universiteti veterinariya fakultetini bitirgan mahalliy mutaxassislar toshbaqaning oshqozonida 7 soat davom etgan jarrohlik amaliyotini o'tkazishdi.  

Natijada toshbaqadan 2 ta baliq ovlash ilmog'i va umumiy og'irligi 5 kg chiqadigan 915 ta tanga olishgan. Hayvonning o'z og'irligi esa 59 kgni tashkil qiladi.

Veterinarlar toshbaqaga Omsin laqabini berishga qaror qilishdi, bu so'z tayland tilidan tarjima qilinganda "yig'uvchi" ma'nosini beradi.

Tailandda uzoq umr ko'rish maqsadida dengiz toshbaqalari hovuziga tanga otish an'anasi mavjud. G'arbdan kelgan turistlar esa mamlakatga yana bir bor kelish maqsadida tanga otishadi.

Afsuski, bu an'ana bizning toshbaqaga yordam bermadi. Odatda dengiz toshbaqalaro o'rtacha 80-100 yil umr ko'rishadi lekin yutilgan tangalardan orttirilgan zarar tufayli bechoraning hayoti qisqargani aniq.

Toshbaqaning baxtiga, jaarrohlik amaliyoti omadli o'tdi, hozir u barqaror holda. Uning sog'iligiga hech narsa xavf solmayapti.

Veterinarlar toshbaqaning bir oydan so'ng butunlay tuzalib ketishini taxmin qilishmoqda. To'g'ri, uni yana yarim yil jismoniy terapiya mashqlari kutmoqda. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook