Qiziqarli dunyo: 17 ta eng noodatiy va foydali gadjetlar
Qiziqarli dunyo: 17 ta eng noodatiy va foydali gadjetlar
Biz nimadan eng ko’p charchashimizni bilasizmi? Odmilikdan, har kunlik bir xil hayotdan, kundan-kunga bir xil predmetlarni ishlatishimizdan charchab qolganmiz. Uyda, ishda, shaxsiy avtomobilda yoki jamoat transportida – hammasi standartlashtirilgan, oddiy, va shu sababli – ochiqchasiga kamtarona.

8. Nurlanuvchi USB-ventilyator.

8. Nurlanuvchi USB-ventilyator.
Issiq va izg’irin havoda USB-ventilyatorlari shunchaki zarurdir. USB-ventilyatorlarni boshqa narsa bilan o’rnini almashtirish qiyin, va yana uning ko’rinishi ham ajoyib, ayniqsa – ishlayotgan paytida. Gap shundaki, maxsus svetodiodli LED nurlari ventilyator bargchalarida o’rnatilgan bo’lib, uskuna ishlayotgan paytida takrorlanmas nurli effekt yaratadi. Uning 64 ta turli nurlanishlari mavjud.

9. Robot-changyutgich.

9. Robot-changyutgich.
Bu shunchaki robot emas, bu haqiqiy tozalovchi tizimdir, va u gilamlarni tozalab beradi, linoleumni supuradi va kerak bo’lsa, changlarni ham artadi. Keyin dok-stansiyaga kelib, zaryadini oladi va yana maydonga chiqadi. Bundan tashqari, bu model chinakamiga GAPIRADI. Robot ish faoliyati davomida ishlatadigan bir nechta iboralarni ayta oladi. Xuddi Spilberg filmlaridagi kabi!

10. Tungi “Kosmik gul” chirog’i.

10.	Tungi “Kosmik gul” chirog’i.
Ushbu tungi chiroqning o'ziga xos xususiyati shundaki, uning asl dizayni noyob, takrorlanmas va juda jozibali. Uchta "shoxasimon" ustunda maftunkor yonadigan sharlar joylashgan va ular dok-stantsiyasiz ham ishlay oladi. Bu chiroq zulmatda uxlab qolishdan qo'rqadigan bolalar yoki kattalarga xos ajoyib sovg'a.

11. “Benzokolonka” mini bari.

11.	“Benzokolonka” mini bari.
Original mini-bar klassik benzin yoqilg'isi kabi shaklga ega bo’lib, har biri 0,5 litrdan iborat ikkita shaffof konteynerga bo'lingan qulay dispenserdir. Ichimliklar bilan to'ldirilgan konteynerlar “avtomat” shaklidagi maxsus «shlanglar» orqali stakanlarga quyiladi, xuddi haqiqiy bezin quyiladigan stantsiyalarnikiga o’xshab! Bu barcha bayramlarda mehmonlarga xush keluvchi chindan ham original qurilmadir.

12. Klaviaturali kolonkalar.

12.	Klaviaturali kolonkalar.
Birinchidan, bu kolonkalar. Ikkinchidan, bu klaviatura. Uchinchidan, buning barchasi USB-interfeys orqali ulanadi, universal 3,5 mm li ulagich bilan jihozlangan, va ustiga-ustak SD-kartalar uchun sloti ham bor. Shunga qaramasdan, mana ular: ichidan chiqadigan klaviaturasi bor original va juda qulay kolonkalar.

13. PK DP204 uchun ruchka.

13.	PK DP204 uchun ruchka.
Ushbu original gadget sizning ish stoli kompyuteringiz yoki noutbukingiz imkoniyatlarini ancha kengaytiradi. Siz oddiygina ekranda piktogramma qo'yishingiz va ularga qo'lingiz bilan tegib, tegishli ilovani ishga tushirishingiz mumkin. Ya'ni, siz bunda an'anaviy monitorni sensorli displeyga aylantirasiz! Bunday qalam yordamida qo'lyozma xatlar yozishingiz va electron hujjatlarda original imzolarni qo’yishingiz mumkin.

14. USB-amortizator.

14.	USB-amortizator.
Ofisda ishlagan har bir odam tozalik va xushbo’ylik qanchalik muhim narsa ekanligini biladi. Shu sababli original USB-amortizator sizning ish joyingizga maxsus ko’rinish, rang va xushbo'y hid berish uchun ideal tanlovdir. Faqatgina qurilmaga ozgina aroma-yog'ni solasiz va USB-portga ulaysiz, xolos.

15. Ko’p funksiyali MP3-dinamik.

15.	Ko’p funksiyali MP3-dinamik.
Aslida, bu gadget odamlarni hayratda qoldirish uchun yaratilgan. Axir bizning oldimizda FM-radio va aromatizator vazifalari bilan jihozlangan MP3-dinamikku! Qurilmaning dizayni alohida e'tiborga loyiqdir: yorqin va ijobiy nurlanishi o’z ichiga 256 ta rangni oladi va sizga zerikishga yo’l bermasdan, yorqin kayfiyatni ato etadi.

16. “Baxtli quyoncha” tungi chirog’i.

16.	“Baxtli quyoncha” tungi chirog’i.
Ushbu tungi chiroq bolalar xonasi uchun ideal to’g’ri keladi. Uyg'unlikdagi asli lampa bo'lgan quyoncha krujka ichidan tashqariga qaraydi va atrofdagi bo'shliqni yumshoq oq nur bilan to'ldiradi. Farzandingiz endi uxlab qolishdan qo'rqmaydi, chunki u bilan tun ajoyib, qiziqarli va kulgili ravishda o’tadi!

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook