Top-25: Dunyodagi eng mehmondo'st shaharlar
Top-25: Dunyodagi eng mehmondo'st shaharlar
Siz sayohat qilishni yoqtirasizmi? Qayerda turistlarni yaxshi kutib olishlariga qiziqasizmi? 5 million nusxada chiqariluvchi mashhur Amerika jurnali Travel+Leisure har yili o'z kitobxonlari orasida dunyodagi qaysi shaharlar - eng sevimli va mehmondo'st ekanligi borasida tadqiqotlar o'tkazadi.

5. Siyem-Rip, Kambodja

5. Siyem-Rip, Kambodja

Siyem-Rip - induistlarning afsonaviy diniy kompleksi Angkor-Vat hamda Kambodjaning shimoli-g'arbida joylashgan mashhur kurort shaharga kirish eshigi hisoblanadi. Turistlar oqimining ko'payib borayotganiga qaramay, mahalliy aholi bosiqlikni, xotirjamlikni yo'qotmagan holda mehr va ochiqko'ngillikni saqlab qolganlar. Balki aynan shu xislati orqali ular buddizmga juda sodiq.

4. Kork, Irlandiya

4. Kork, Irlandiya

Kork  - Irlandiyaning janubida joylashgan bo'lib, u o'rta asrlarning eng jozibador shaharlaridan biri. Travel + Leisure jurnali o'quvchilarining fikriga ko'ra, bu yerda eng mehmondo'st odamlar yashaydi. Agar Siz ushbu "Irlandiya javohiri"ga tashrif buyurmoqchi bo'lsangiz, shuni yodda tutingki, Sizni ochiq quchoq va qaynoq yurakla qarshi olishadi.

3. Dublin, Irlandiya

3. Dublin, Irlandiya

Irlandiyaning eng katta shahari va poytaxti hisoblangan Dublin ko'p asrlik boy tarixiy, go'zal joylarga ega. Butun dunyodan turistlarning oqib kelishiga ham shu sabab bo'lsa, ajabmas. Bunga qo'shimcha tarzda shuni ayta olamizki, mazkur shahar aholisi juda mehmondo'st va samimiy.

2. Charlston, Janubiy Karolina shtati, AQSH

2. Charlston, Janubiy Karolina shtati, AQSH

Charlston - eng qadimiy va kattaligi bo'yicha Janubiy Karolinada ikkinchi o'rinda turuvchi shahar. Bundan bir necha yil muqaddam bu yerda daxshatli hodisa yuz bergan,  mahalliy cherkovlardan biridagi metodika paytida yosh yigit dindorlar to' dasida olov yoqib yuboradi va natijada 9 inson halok bo'ladi. Bu daxshatli hodisaga qarasdan, Travel +Leisure jurnali o'quvchilarining so'zlariga ko'ra, mahalliy aholi juda ochiqko'ngil va mehmondo'st ekan. Bu yerda har qanday turist ochiq chehra bilan kutib olinadi, hech kim o'zini begonadek, yolg'iz yoki chorasiz his qilmaydi.

1. Goluey, Irlandiya

1. Goluey, Irlandiya

Irlandiyaning janubida joylashgan Goluey - Amerikaning travel-jurnali tadqiqotida eng maksimal bal to'pladi. Bu shahar go'zal tabiati, musiqaga bo'lgan muhabbati va mehmonsevar odamlari bilan mashhur bo'lgan. Golueyda dunyodagi eng mehmondo'st insonlarga duch kelishingiz mumkin.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook