
просмотров
Sariq It yili dasturxonida nimalar bo’lishi lozim?
Kirib kelayotgan 2018 yil Xitoy taqvimi bo’yicha Sariq Yer Iti yili sanaladi. Ushbu yil sohibasining ko’nglini topish uchun bayram dasturxoniga nimalar qo’yish kerak?Mavzuni yangi yil dasturxoni mo’l-ko’l, unga tortilgan taomlar esa oddiy va to’yimli bo’lishi kerakligidan boshlaymiz. Ushbu yil dasturxonida ko’p miqdorda go’sht, xususan mol va qo’y go’shti bo’lishi lozim. Shuningdek Yangi yil dasturxoniga bekalar tomonidan go’shtli gazaklar, go’shtli va pishloqli kompozitsiyalar, tarkibida go’sht bo’lgan issiq ovqat tortilgani ma’qul. Stol uchun baliq ham pishirish mumkin, ammo u albatta dengiz balig’i bo’lishi darkor. Go’sht yoniga sabzavotlar, mevalardan esa olma va apelsin qo’yib, ularning yoniga desert ham qo’shing. Agar bayram uchun pishiriq tayyorlamoqchi bo’lsangiz, xamirturushli yeguliklardan voz kechgan holda qatlama xamirli yoki uvalanuvchan (pesochniy) xamirdan tayyorlanadigan pishiriqlar tayyorlang.

Yangi yil uchun yaxna va issiq gazaklar
Har qanday bayramona tanovul gazaklar, ya’ni zakuskalardan boshlanadi. Mazkur Yangi yil dasturxonida go’shtli assorti albatta qatnashishi kerak. Klassik ko’rinishdagi go’shtli assorti rostbif, yupqa qilib kesilgan va qaynatilgan buzoq go’shti, vetchina va qaynatilgan tildan tashkil topadi. Shuningdek 2018 yil dasturxoni uchun marinadlangan qo’ziqorinlar bilan birga seld balig’i, sardakli mol yoki baliq go’shti tortiladi. Bayram dasturxoningizni baqlajon, kabachki va vetchinali ruletlar, qiymali tuxum, karamli assorti, marinadlangan pomidor, bodring, piyoz va qo’ziqorin bilan ham to’ldirishni unutmang. Salatlardan an’anaviy “Olivye”, “Pod shuba”, “Vinegret” va baliqli turlarni tanlashingiz mumkin. Gazaklarning bunday tanlovi yil sohibasi bo’lmish Sariq it tomonidan ma’qullanadi va u to’yimli, an’anaviy va oddiy taomlarni xush ko’radi. Sovuq gazaklar bilan bir qatorda yaqinlaringiz va mehmonlarni issiq gazak bilan ham siylashingiz mumkin. Misol uchun qaymoqqa dimlangan qo’ziqorin, go’shtli qiyma solingan konvertlar, tuxum va vetchinali kartoshka uychalari aynan shu tanlovga mos keladi. “Kartoshkali uya” – issiq gazaklar orasidagi eng mazalilaridan biri bo’lib, u bayram dasturxonining diqqat jalb qiluvchi yeguligiga aylanishi turgan gap. Gazakni tayyorlash uchun 20 daqiqa vaqt kerak bo’ladi. Buning uchun kartoshkani avvaldan tozalab olasiz va tuxumni qaynatasiz. Kartoshkali uyachalar hosil qilish uchun ularni qirg’ichdan o’tkazib olgancha g’alvir (sito) ustiga qo’yib, ma’lum bir portsiyasidan kichik uyachalar yasaysiz. Kartoshkani g’alvirning o’zi bilan qaynab turgan zaytun yog’iga botirasiz. Qovurilgan kartoshkalarni salfetka ustiga joylashtirib, ortiqcha yog’i ketgach, har bir uyacha ichiga beshamel sousi yoki mayonez, yarimta tuxum, somoncha shaklida to’g’ralgan vetchina va danaksiz zaytun donalari solinadi. Yangi yil taomlarini issiq holida va salat barglarida dasturxonga torish kerak. Agar taomlarni avvalroq tayyorlab qo’ygan bo’lsangiz, ularni stolga uzatishdan avval bir necha daqiqa gaz pechida ushlab tursangiz bas.
Yangi yil uchun issiq taomlar
Mazkur yilda issiq taom sifatida go’shtli ovqatlar tayyorlagan ma’qul. Eng yaxshisi, buning uchun buzoq, mol yoki qo’sh go’shtini tanlang. Qo’y go’shtini qora olxo’ri bilan dimlash yoki qovurg’asini gaz pechida pishirish mumkin. Agar bayram uchun go’shtni rozmarin va xushbo’y ziravorlar hamda oq vino aralashmasida 1 kecha davomida marinadlab, maxsus yengda pishirib olsangiz, o’ta mayin va o’tkir ta’mga ega bo’lmagan ajoyib taom hosil bo’ladi. Buzoq yoki mol go’shtini pishirish uchun variantlar juda ko’p. Agar dasturxonga o’ziga hos taom tortmoqchi bo’lsangiz, go’shtni quritilgan mevalar bilan pishiring yoki issiq brusnika hamda klyukva sousi bilan uyg’unlashtiring.
Сообщения из Facebook