Turli mamlakatlardagi eng be'mani qonunlar
Turli mamlakatlardagi eng be'mani qonunlar
"Rusga yaxshi bo'lgan narsa-nemis uchun o'lim" - bu so'zlarni hayotimizning turli sohalariga tegishli desak, mubolag'a bo'lmaydi. Hatto ba'zi hukumat qonunlarida oddiy bo'lgan zararsiz narsalarni ham ta'qiblab qo'yilgan. Ularning fikricha bular nafaqat ommaga balki davlatga ham zarar yetkazadi. Albatta, hukumat bu qonunlarning nimalarga tayanib o'rnatilganini tushuntirib o'tgan. Ammo bu uning naqadar be'mani va kulguli ekanligini inkor etmaydi.

8. "Kompyuter texnikasini ta'mirlash" qonuni

8. "Kompyuter texnikasini ta'mirlash" qonuni

Texasda 2007-yilda kompyuter texnikasini ta'mirlovchilar uchun ko'p yillik o'qish natijasida qo'lga kiritiladigan maxsus litsensiziyaga ega bo'lishlari kerakligi haqida qonun qabul qilindi. Mazkur qonunni buzganlar 14 000 $ miqdorida jarima yoki bir yillik qamoq jazosi bilan jazolanadi. 

9. "Kadrlar bo'limi hujjatlari" qonuni

9. "Kadrlar bo'limi hujjatlari" qonuni

Inson resurslari bilan bog'liq ba'zi hujjatlar abadiy saqlanishi kerak. 50 yil emas, 100 yil emas, abadiy. Qo'shma shtatlarda yoshi 100 dan oshgan ko'plab kompaniyalar bo'lib, ularning arxivida haligacha bir asrlik rezyume hujjatlar saqlanadi. 

10. "Zombi-vino" qonuni

10. "Zombi-vino" qonuni

Zombi-vinolarni sotish taqiqlanadi. Aniqroq aytganda, nomlanishida "zombi" so'zining har qanday shakli ishlatilgan vinolarning sotilishi - federal jinoyat sanaladi. 

11. "Tish tozalash" qonuni

11. "Tish tozalash" qonuni

Massachusets shtatida bolalar bog'chasida tushlikdan so'ng bolalarning tishlarini yuvishlari kerakligini bildruvchi qonun chiqarilgan. Hukumat hattoki bolalar bog'chalarini tish pastalari va chetkalari bilan ta'minlab qo'ygan. Albatta bu ajoyib g'oya, lekin uning buzilishi qamoq jazosi yoki jarima bilan tugashi aniq.

12. "Xudoning borligi" qonuni

12. "Xudoning borligi" qonuni

Vermont shtatida Xudoning borligini inkor qilish taqiqlangan. Bundan tashqari shu shtatning o'zida agar restoran qaymoqli margarindan ko'ra, rangli margarindan foydalansa, u holda bu menyuga 5 santimetrli harflar bilan yozib qo'yilishi shart. 

13. "Temir yo'l stansiyasi" qonuni

13. "Temir yo'l stansiyasi" qonuni

G'arbiy Virjiniyada poyezdlarda uxlash taqiqlangan. Bundan tashqari bu yerda agar poyezd shahardan/tumandan/ommadan/oromgohdan 1,6 kilometr uzoqlikda 100 kishini tashiyotgan bo'lsa, u holda shu yerga poyezd muntazam to'xtaydigan stansiya qurish kerak. Shu sababli katta kempinglarni bu yerda xush ko'rishmaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook