O’zga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi
O’zga sayyoraliklarni haligacha uchratmaganimizning 8 ta sababi
Fizik Enriko Fermi tomonidan ilmiy dunyoga kiritilgan paradox quyidagicha nomlanadi: “Qani hamma?”. Aniqroq aytganda: “Qani hamma o’zga sayyoraliklar?”.
Butun olamni, yer yuziga o’xshash sayyoralar sonini, hamda bir qator boshqa o’zgaruvchilarni baholagan payt, galaktikamizda boshqa o’n minglab yoki ko’proq yer yuzidan tashqari sivilizatsiyalar mavjud bo’lishi kerak, degan xulosaga kelish mumkin. Biroq, agar o’zga sayyoraliklar mavjud bo’lsa, nega biz haligacha ular bilan to’qnash kelganimiz yo’q?

1. Yer – noyob sayyora

1. Yer – noyob sayyora
Noyob Yer gipotezasi taxmin qilishiga ko’ra, ushbu sayyorada hayotni yaratgan zanjir shunchalik qiyin ediki, faqatgina biologik jihatdan mukammal bo’lgan faktorlar birlik uni boshqa joyda yaratilishiga imkon tug’dirgan bo’lar edi. Biroq, olamda Yer sayyorasiga o’xshash sayyoralar bo’lishi mumkin, lekin ularning birontasida hozirgidek hayotni yaratish uchun kerakli shart-sharoitlar bo’lmasligi mumkin. Boshqa so’z bilan aytganda, biz haligacha o’zga sayyoraliklar bilan uchrashmaganimizni sababi yoki ular umuman mavjud emasligida, yoki ular shunchalik kamki, ular bilan bog’lanish imkoniyati juda juda kichik. Yer sayyorasini hayot uchun shunchalik mehmondo’st qilguvchi asosiy omil, bu unga xos bo’lgan uzoq vaqt davomida noyob orbita va sayyora joylashuvi sababli mo’tadil iqlim sharoitlarida saqlanib kelinishi. Quyosh va Oydan boshqa uzoqlikda joylashganida, balkim, sayyoramiz yoki haddan tashqari issiq, yoki sovuq bo’lar edi, kislorod hajmi yetarli bo’lmas edi yoki xohlagan hayot shakllariga ega bo’lish uchun haddan ziyod nomo’tadil bo’larmidi.

2. “Ular” olamni tark etishdi

2. “Ular” olamni tark etishdi
Afzallik taxminiga ko’ra, o’zga sayyoraliklarning ma’naviy hayoti olamimizda mavjud bo’lgan, ammo, bir kun u shunchalik mukammallikka erishganida, uning vakillari yaxshiroq hayotga qarab harakat qila boshlaganlar. Buning mazmuni shu bo’lishi mumkinki, o’zga sayyoraliklar shunchalik evolyutsiyalashganki, kosmosda har qanday aktivlikni to’xtatib, o’z e’tiborlarini ichki muhitga qaratishgan. Bunday konsepsiyani zamonaviy kompyuterlarning kichraytirilishi bilan taqqoslash mumkin. Avvalambor, hisoblash mashinalaributun xonalarni egallovchi ulkan apparatlarga o’xshash bo’lgan, lekin texnologiyalar rivojlanishi bilan ular kichrayishni boshlagan, bir vaqtning o'zida o'z mushkulligi va kuchi hajmini kattalashtirgan. Ushbu Afzallik taxmini tarafdorlari o’ylashlaricha, ma’naviy hayot ko’pincha maydon, vaqt va materiyadan foydalanishning samaradorligiga intilgan holda rivojlanadi. Oxir oqibatda, balkim biz ham nanomasshtabda yashaymiz va ishlaymiz, natijada o’z texnologiyalarimizni qayerlardadir bo’lgan maydon va vaqt kontinuumiga o’tkazamiz.

3. Yer biz o’ylaganchalik yaxshi emas

3.  Yer biz o’ylaganchalik yaxshi emas
Garchi, o’zga sayyorliklar bizning sivilizatsiyamizda qiziqqan bo’lishlari mumkinligi ozgina mag’rurlik belgisi emasmi? Olamda bundanda qiziqroq joylar mavjud bo’lishi mumkin, va aqli bor jonzotlar oddiy Yerga emas, aynan o’shalarga e’tiborlarini qaratishlari ehtimoli ko’proqdir. O’zga sayyoraliklarga shunchaki ushbu rivojlanmagan sayyora vakillari bilan gapiradigan gapni o’zi yo’q, degan gumonlar bor. Bundan tashqari, ular, ehtimol, ilgari ketgan texnologiyalarga ega, va ular bizning qandaydir bilimlarimizga muhtoj ham emasdir. Hatto bizning sayyoramiz resurslari ular uchun o’ziga xos emas – ba’zi elementlar va minerallarni yig’ishga qaror qilgan o’zga sayyoraliklar bu uchun Yerga tashrif buyurishlari shart emas: biz egalik qilayotgan barcha elementlarni kosmosdagi boshqa xohlagan joyida ham terish mumkin. Bundan tashqari, boshqa sayyoralar qanchalik rivojlangan bo’lishiga qaramasdan, kosmosda uzoq masofalarga sayohat qilish – ehtimol juda ko’p mehnatni va kuchni talab qiladigan tashkilotchilik ishlari bo’lsa kerak. O’zga sayyoraliklar galaktikada Yerga o’xshash 8.8 mlrd sayyora bo’lgan paytda aynan biz bilan uchrashish uchun harakatlarini sarf qilishga qanchalik imkoniyat bor? Ushbu nazariya tarafdorlariga ko’ra, bizning sayyoramiz – butun olam yashovchilarining oliy maqsadi, degan fikr Galileyga quvg’inlarni tashkil qilganlar tarafdorlarining geosentrizm haqidagi fikriga o’xshab ketadi.

4. Biz virtual voqelikda yashaymiz

4. Biz virtual voqelikda yashaymiz
“Planetarium” taxminiga binoan, bizning dunyomiz, bizga gavjum bo’lmagan Olam haqidagi illyuziyani beruvchi virtual voqelik ekanligi inkor etilmaydi. Biz yerdan tashqari hayotni uchratmaganimizning sababi, ushbu tushuncha shunchaki bizning voqelik dasturimizga yozib qo’yilmaganligidir. Ushbu nazariya bizni Dekart savoliga undaydi “Qanday qilib biz atrofimizdagi dunyo real ekanligini bilishimiz mumkin, balkim, biz – shunchaki real hayotda yashayapmiz deb o’ylayotgan tana ichidagi miyadirmiz? Ushbu fikrni ancha zamonaviy tilga o’girsak, ushbu nazariya tarafdorlari, biz galaktika masshtabida yer yuzi va kuch bilan boshqara oladigan, o’zga sayyoraliklar tomonidan yaratilgan kompyuter simulyatsiyasida joylashgan degan ma’noni bildiradi. Nega endi o’zga sayyoraliklar bizni xuddi ichida chumoli koloniyasi bor akvariumga qaragandek, poylashni qohlashmas ekan?

5. Biz kosmik cho’lda yashaymiz

5.  Biz kosmik cho’lda yashaymiz
Agar o’zga sayyoraliklarning ma’naviy hayoti mavjud desak ham, mabodo bizning sayyoralarimiz bir-biridan haddan tashqari uzoq joylashgan bo’lsa, va shu sababli bog’lanishni o’rnatish yechimsiz muammoga chiqarib qo’yilsa? Ushbu fikr ildizlari elementlar qanday qilib xohlagan muhitda guruhlanishini tasvirlab beradigan perkolyatsiya matematik nazariyasidan kelib chiqqan. Bu nazariyaga binoan, Olam undagi obyektlar joylashuvi katta yoki kichik zichlikda bo’lgan maydonladan tashkil topgan. Boshqa aqlli jonzotlar yashaydiga sayyoralar katta masofa oralig’idagi klasterda joylashgan bo’lishi mumkin, bir vaqtda Yer esa hammadan chetroq joyda joylashgan bo’lishi mumkin.

6. Biz o’zga sayyoralik signallarni tutganimiz yo’q (hozircha)

6. Biz o’zga sayyoralik signallarni tutganimiz yo’q (hozircha)
Ko’pgina olimlar, masalan, Frenk Dreyk va Karl Sagan ta’kidlashadi: “Isbotlar yo’qligi yo’qlikni isbotlashdan farq qiladi”. O’zga sayyoralik hayotning borligini tekshirishlari uchun olimlar kerakli barcha asbob-uskunalar bilan ta’minlanishlari uchun, kerakli mablag’ bilan davlat ta’minlay olmasligi sababli to’xtatilib turmoqda. Tarixan shunday tuzilganki, yerga mansub bo’lmagan aqlni qidirish dasturlari boshqa tadqiqot laboratoriyalaridan qarzga olingan radioteleskoplar va boshqa asboblar orqali amalga oshirilgan. Bu kabi sharoitlarda, tezkor rivojlanish imkoni borligi haqida gapirish, afsuski, nojo’ya harakat bo’lsa kerak.

7. Biz o’zga sayyoraliklar signallarini taniy olmaymiz

7. Biz o’zga sayyoraliklar signallarini taniy olmaymiz
Hatto agar boshqa sayyoralar qayta tug’ilishga qodir bo’lsada, unda jonzotlar Yerda rivojlangan kabi rivojlana oladimi? Balkim, ular shunchalik boshqacha bo’ladiki, biz ularni taniy olmaymiz yoki ular tomonidan beriladigan signallarni ko’ra olmaymiz. Xuddi kalamushlar, biz atigi nurni ko’rgan paytda, ular ovozli to’lqinlarni vizualizatsiya qilishlari kabi, odamlar va o’zga sayyoraliklar umuman boshqa boshqa kommunikatsiya va persepsiya tizimlaridan foydalanilishadi degan katta ehtimol mavjud. Kosmolog va astrofizik Lord Rid aytishicha: balkim ular shundoq bizga qarab o’tirgandirlar ammo biz ularni ko’ra olmasmiz. Muammo shundaki, biz minimum darajada o’zga sayyoraliklar, bizning texnologiyalarimizga o’xshash biron narsaga ega bo’lishlari kerak, degan fikr bilan, o’zimizga o’xshagan biron narsani qidirayotganimizda. Gumon qilishimizcha, hayot va idrok shakllari, biz o’zimizga tasavvur qila olmaydigan shaklga ega.

8. “Ular” allaqachon bizning oramizda

8. “Ular” allaqachon bizning oramizda
Bu ilmiy fantastikadek eshitilsada, ko’pgina taniqli va hurmatli odamlar o’zga sayyoraliklar allaqachon bizning oramizda yashamoqda degan fikrga amin. Masalan, Kanadaning mudofaa vazirligi sobiq vaziri Pol Xellayder intervyu bergan, va unda u, Yer 80 ta turli xil o’zga sayyoralik hayot bilan gavjum deb ta’kidlagan. Arizona davlat universitetidan fizik Pol Devis va shifokor Shimoliy Kentukki universitetidan Robert Trandl o’zga sayyoraliklar mavjudligi haqida o’xshash fikrni bildirgan. Balki, nufuzli olimlar va siyosatchilar tushunchalarini shuningdek, mavjud variantlar ro’yxatidan chiqarib yubormaslik kerak.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook