Yangi Chevrolet Malibu 2016-2017 - to'qqizinchi o'zgarish
Yangi Chevrolet Malibu 2016-2017 - to'qqizinchi o'zgarish
Bir qarashning o'zida bu modelning qanchalik o'zgarganini ko'rish mumkin. Balki bu modelning taqdiri 4 yil mobaynida ishlab chiqarilgan 8 avloddan ham yaxshiroq bo'lar.

Optimizm uchun barcha shart-sharoitlar mavjud. Mutaxassislar mashina dizaynini sezilarli darajada yangilashdi: interyerning yanada ko'rkamligi, zamonaviy xavfsizlik vositalari bilan jihozlangan sedan, haydovchiga bevosita yordam, iqtisodiy tejamkorlik va albatta atrof-muhitga hech qanday zararsiz.

Kompaniya  Chevrolet Malibu ning to'qqizinchi avlodini ilk bor  New York Auto Show 2015 da taqdim etdi. 

Yangi Chevrolet Malibu 2016-2017 o'lchamlari

Yangi Chevrolet Malibu 2016-2017 o'lchamlari

  • Sedanning uzunligi aytib o'tganimizdek, biroz kattalashgan. Hozir u 4917 mm.
  • Kengligi o'zgarmagan, ya'ni 1854 mm.
  • Balandligi 1455 mm.
  • G'ildirak asosiga 91 mm qo'shildi, hozir u 2828 mm. Klirens - 150 mm.

Chevrolet Malibu yangi ko'rinishda

Birinchidan, yangilanishdan keyin mashinaning sedani kattalashganini ta'kidlash lozim.  Uzunligi 6 smga, g'ildirak asosi esa 9 smga kattalashdi. Bu mashinaning  og'irlik tashlashiga xalaqit bermadi, u oldingi modellardan 136 kg ga yengilroq. Vazn yo'qotish sababi - yangi, mustahkam, lekin yengil materiallar hamda Epsilon 2 platformasidir. 

Malibu 2016-2017 ichki ko'rinish

Avtomobil bozori kuzatuvchilarining taxmin qilganlaridek, Chevrolet Malibu 9-avlodining salon qismi ham tubdan o'zgargan. Mashina kattalashdi va shu bois salon ham kenglashdi va yo'lovchilar uchun qulayroq bo'ldi. Shu bilan birga u ko'plab elektronika bilan jumladan, maishiy qulaylik yaratuvchi, haydovchiga qo'shimcha imkoniyatlar beruvchi yoki oddiy kerak bo'lgan jihozlangan. Chunki hozir shunday qabul qilingan. Old panel ham butunlay o'zgartirilgan.

Moslamalar paneli sifatli suyuq-kristal ekranga ega bo'ldi. Yana bir- diaganaliga 7 dyumli ekran Chevrolet MyLink axborot-ko'ngilochar majmuasiga tegishli. Oldi qatorda yanada qulay va ko'p pozitsiyalarda boshqariladigan o'rindiqlar o'rnatildi. Orqa qator esa g'ildirak asoslari kattalashtirilgani sababli yanada kengroq bo'ldi. 

Salondagilarning xavfsizligini ta'minlash uchun 10 ta xavfsizlik yostiqlari o'rnatilgan, qulaylik - ilg'or tizimli iqlim nazorati.  Qolgan  o'zgarishlar: orqa ko'rinishni tasvirga oluvchi kamera, parktonik,  yo'lovchi kapoti oldida paydo bo'luvchi narsani ajrata oladigan, yo'l belgilarini tushunadigan qurilmalar. Kunning qorong'i qismida sedanga qarshi yuradiganlar uzoqqa yorug'lik tushiruvchi faralarning boshqaruv tizimi Intellibeam sistemasini ko'rib chiqishlari mumkin.

Chevrolet Malibu komplektatsiyasi

Mashina avval Shimoliy Amerika bozorlarida sotiladi. Komplektatsiya nomi o'zgartirilmadi:  L, LS, LT, Premier va Hybrid.  Asosiy versiya yaxshi jihozlangan, yangi va erki versiya narxlarining farqi 50%. Ma'lum bo'lishicha, shuncha elektronikani unchalik kichik emas, lekin juda katta ham bo'lmagan sedanga joylashtirish mumkin. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook