Taniqli o'zbek dizayneri Nariman Grigoryanni o'z uyida o'ldirib ketishdi
Taniqli o'zbek dizayneri Nariman Grigoryanni o'z uyida o'ldirib ketishdi
Dizayner Nariman Grigoryan Toshkentda o'z yashaydigan uyida o'ldirilib ketildi.

Dizayner Nariman Grigoryan Toshkentda o'z yashaydigan uyida o'ldirilib ketildi."Gazeta.uz"ning huquq-tartibot organlaridagi manbasi ushbu xabarni tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, 14-yanvar kuni soat 11:50 larda Yashnabod tumani Ichki ishlar boshqarmasi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchilik qismiga hodisa to'g'risidagi xabar kelib tushgan. Unga ko'ra, Yashnabod tumani Chigil ko'chasida joylashgan xonadonning mehmonxonasidan ushbu xonadonda ijarada istiqomat qilib kelgan 1985-yilda tug'ilgan Nariman Grigoryanning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. 

Mazkur holat yuzasidan shu kuni Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoiy Kodeksning 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o'ldirish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Nariman Grigoryan - taniqli o'zbek dizayneri, xoreografi, "Todes" guruhi birinchi tarkibining sobiq a'zosi, xalqaro ko'rgazmalar, tanlovlar ba festivallar ishtirokchisi. 2004-2008 yillarda O'zbekiston Xoreografiya akademiyasida tahsil olgan. U Toshkentda "Nariman Grigoryan" savdo belgisi ostidagi moda uylariga egalik qilgan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook