Pardozsiz maftunkor bo'lish usullari
Pardozsiz maftunkor bo'lish usullari
So’nggi paytlarda hattoki mashhurlar ham pardozdan imkon qadar bosh tortmoqdalar. Hech bo'lmaganda bir qancha muddatga. Qanday qilib ular yuzning go'zalligi va tozaligini saqlab qolishadi deysizmi? Bu unchalik ham qiyin emas! Qanday qilib pardozsiz chiroyli ko'rinishga ega bo’lish mumkinligi haqidagi maslahatimiz aynan siz uchun!

Teringizni tozalang

Doimiylik muvaffaqiyatning kalitidir. Ya'ni, parvarish qilish tartib-qoidalarini o'tkazib yubormaslik, dangasa bo'lmaslik kerak. Ertalab va kechqurun terini tozalang. Shu bois terini tozalovchi vosita tabiiy go’zallikning asosi bo’la oladi. Bu tozalash geli, sut, mikelli suv bo'lishi mumkin...  Bir nechta variantni sinab ko'ring va teringizga eng mosini tanlang.

Teringizni namlantiring

Barcha dermatologlar bir ovozdan yaxshi namlangan teri sog'lom teri ekanligini ta'kidlashadi. Shuning uchun hozirgi vaqtda gialuron kislotasi va S vitamini juda mashhur bo'lib, bu moddalar terini juda yaxshi namlab uzoq vaqt davomida namlikni saqlab turadi. O’zingiz uchun yengil ammo kremli tuzilishga ega namlantiruvchi toping. 

Suv iching

Ko’p qizlar ushbu usulni sinashadi. Shuni bilishingiz kerakki, bir yarim litr suv sizning kunlik normangiz bo'lib, unga rioya qilishingiz kerak. Suv  teriga ijobiy ta'sir qiladi, lekin me’yordan o’ta orttirib ham yubormang. 

Yuzingizni uqalang

Agar siz ilgari yuz massajini sinab ko'rgan bo'lsangiz, bu juda samarali usul ekanligini bilasiz. Qon aylanishini yaxshilash uchun ushbu massajning texnikasini bilish juda muhimdir. Aynan shu omil yuzning tiniqligiga ta'sir qiladi. Dermatologlar yapon massajini tavsiya etadilar, bu hatto lifting effektini yaratadi: yuz mushaklari ko'tarib, terini tarang qiladi.

Kiprikni qayriltiring

Ko'z sohasi doim charchoqni va qarishni ko'rsatib beradi. Ko'z uchun yorqin ko'rinishni topish juda muhimdir. Buni kirpiklarni parvarish qilish bilan osongina bajarish mumkin. Makiyaj ustalari kirpiklarni qayriltiruvchi vosita yordamida qayriltirib, mahsus cho’tka bilan tarashni maslahat berishadi. 

Chiroyli qosh shaklini yarating

Chiroyli qoshlar go’zal ko'rinishning garovidir. Ayollar ko'p hollarda qoshlari soch ranglaridan 1 ta tus to’qroq bo’lishini istashadi. Chunki biroz to’q qoshlarsizni bir necha yil yosh qilib ko’rsatadi. 

Ko’z ostidagi halqalardan halos bo’ling

Ko'zlarning qora xalqalariga qarshi kurashish uchun maxsus yaratilgan kontur mavjud. Ushbu kosmetik vositaning tarkibi terining rangini muvozanatlashtiradigan va ko'zlar ostidagi xalqalarni olib tashlaydigan imperial pionlarni o'z ichiga oladi.

Xiyla ishlating

Barcha qizlar ham bo'yanishdan butunlay voz kecha olmaydi. Buning uchun sezilmaydigan asos ixtiro qiling! U tabiiylik effektni yaratadi, go'yo siz pardoz qilmagandeksiz. Nafis rang va yumshoq textura sizga kerakli narsadir.

Labga balzam ishlating

Ha, aynan shu vosita lablarni mukammal darajada namlantiradi. Balzamdan foydalanish haqida unutmang, ayniqsa sovuq kunlarda.

Sochingizni turmaklang

Soch rangi va turmak tashqi ko'rinishga katta ta'sir qiladi. Sochingizga ehtiyotkorlik bilan g'amxo'rlik qiling va zamonaviy bo'yash usullari haqida ham unutmang. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook