Qiziqarli ma’lumot: Britaniyaliklar umuman shovqinsiz elektrokar yaratmoqda
Qiziqarli ma’lumot: Britaniyaliklar umuman shovqinsiz elektrokar yaratmoqda
Hozirgi kunda erinchoq avtomobil ishlab chiqaruvchilarimiz o’zlarining elektrokarlarini yaratmadi. Va aynan elektrokarlar kichik va yosh kompaniyalarga katta bozorga chiqish imkoniyatini bermoqda. Britaniyadagi shunday bir korxona, butunlay shovqinsiz elektrokar-stels chiqarayotganini aytdi, bu zamonaviy shovqinli shaharlar uchun haqiqiy qutqaruv.
Elektrodvigatelda ishlaydigan mashinalar hozricha hayotga keng tadbiq qilinganicha yo’q. Shunga qaramasdan elektrokarlar anchadan beri ishlab chiqarilmoqda. Buning natijasida ko’plab kichik korxonalar elektrokarlar orqali jahon bozoriga chiqib, o’zining bu sohada yetakchi ekanligini ko’rsatishga harakat qilmoqda. Bu albatta konstruktor va injenerlarning ajoyib g’oyalari sabablidir.
Yaqin vaqt ichida britaniyaning Alcraft Motor Company kompaniyasi iste’molchi elektromobilini anons qildi, unda barcha innovatsion yechimlar texnika va dizayn tomonidan qo’llanilgan.
Elektromobilning nomi Alcraft GT. Ushbu konsept, ajoyib dizayn va ikki kishiga mo’ljallangan keng salon, yukxonasi bilan ajralib turadi. Avtomobil o’zining dinamikasi va yuqori texnik xarakterlari bilan xursand qilishi kutilmoqda.
Ma’lum bo’lishicha , Alcraft GT britan ishlab chiqaruvchisining prototip dvigatelidan foydalanmoqchi. Dvigatel, oxirgi avlod ionli akkumulyatoridan oziqlanadi, bu unga butun zaryadda 483 km masofa yura olishni ta’minlaydi. U yo’lovchi o’rindig’i ostida, T shaklida bo’ladi. 600 ot kuchi va 1140 Hm aylanish momentiga ega. 3,5 soniyada 100 km/soatgacha tezlasha olishi kerak. Eng asosiysi esa, yangi dvigatel Alcraft GT ni deyarli butunlay shovqinsiz qiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook