Top-25 Optik illyuziya
Top-25 Optik illyuziya
Sizni lol qoldiradigan g’aroyib 25 optik illyuziyalar.

Ko’z gimnastikasi bilan shug’ullanish, ko’ngil ochish va fantaziyaga erk berish vaqti keldi! Ushbu to’plamda siz uchun yorqin va oldindan aytib berish qiyin bo’lgan, xatto shaxsan tekshirib ko’rishni sevadiganlar uchun qiziqarli masalalartanlangan. Bir suratning o’zida bir necha syujetlar yashiringan bo’lishi mumkin. Bazi suratlar esa sizga xuddi tirikdek tuyilishi ham mumkin. Xavotirolmang, bu hammasi odatiy hol.

25. Bu vazami yoki odamlar yuzi?

25. Bu vazami yoki odamlar yuzi?

Oldingizda bir rasmda bir vaqtning o’zida 2 ta turli xil syujet. Kimdir guldon yoki xaykalcha ko’rsa, yana kimdir bir biriga qarab turganlarni ko’radi. Hamma gap qabul qilish va e’tiborni jamlash nuqtasidadir. Bir syujetdan ikkinchisiga ko’chib yurish, ko’zlar uchun foydali. 

24. Rasmi avval yuzingizga yaqinlashtiring, keyin esa uzoqlashtirib ko’ring.

24. Rasmi avval yuzingizga yaqinlashtiring, keyin esa uzoqlashtirib ko’ring.

Sizga shar xuddi kattalashayotgandek, xatto unga rang kirayotgandek tuyilishi mumkin. Ehtiyot bo’ling, agar bu rasmga uzoq qarab tursangiz boshingiz og’rib qolishi mumkin.

23. Qiyshayuvchi shakllar

23. Qiyshayuvchi shakllar

Oldiniga ustunlar va qatorlardagi yashil ko’p qirralilar bayroq yoki to’lqinga o’xshab harakatlanayotgandek tuyuladi. Lekin ekranga chizg’ich qo’yib yaxshilab qarab ko’rsangiz, barcha shakllar aniq tartibda va to’g’ri chiqiz bo’ylab joylashganini ko’rasiz. Vertikal va gorizontaliga. Rasmda barcha burchaklar teng, yoki 90 daraja yoki 45. Aytishganidek, ko’zingizga ishonmang. 

22. Harakatlanadigan aylanalar

22. Harakatlanadigan aylanalar

Kimgadir bir pasda, kimgadir esa biroz vaqt kerak bo’ladi. Lekin albatta ko’zingizga aylanalar aylanib harakatlanayotgandek tuyiladi. Aslida esa, bu oddiygina rasm, hech qanday animatsiya ham emas. Shunchaki, miyamiz bunday shakllar va ranglar to’plamini aniq ko’rishga qiynaladi, uni shunchaki harakatlanayotgandek qabul qiladi. 

21. Rangli fonda qizil chiziqlar

21. Rangli fonda qizil chiziqlar

Rasmdagi qizil chiziqlar qiyshiq chizilganga o’xshaydi. Lekin chizg’ich yoki xatto oq qog’ozni ekranga qo’yib qarasangiz unday emasligiga amin bo’lasiz. Aslida esa, bunday optik illyuziya rasmda orqadagi rangli fon tasirida paydo bo’ladi. 

20. Qora tepaliklar yoki pastki barlar

20. Qora tepaliklar yoki pastki barlar

Albatta, qora qirralar – chizilgan g’ishtchalarning yuqori qismidir. Lekin, shoshmangchi. Yo’q, unday emas! Yoki shunday? Bizning qabul qilishimizdan farqli o’laroq, rasm o’zgarayotgani yo’q.

19. Optik sanchqi

19. Optik sanchqi

Ushbu surat biroz 23 ni eslatadi, ammo unda endi bahaybat sanchqi paydo bo’ldi. Biroq yaxshilab qarasngiz, bu umuman boshqa narsa bo’lib chiqishi mumkin.

18. Sariq chiziqlar

18. Sariq chiziqlar

Xoh ishoning, xoh ishonmang, lekin rasmda uzunligi aniq bir xil bo’lgan 2 ta sariq chiziq chizilgan. Qora chiziqlarning joylashuvi sizni chalg’itishi mumkin, lekin yana chizg’ichdan foydalanib tekshirib ko’rishni maslahat bergan bo’lardik.

17. Aylanuvchi aylanalar

17. Aylanuvchi aylanalar

Agar o’rtadagi qora nuqtaga qimirlamay qarab tursangiz, atrofidagi aylanalar harakatlana boshlaydi. 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook