Telefon qoplama ishlab chiqaruvchi iPhone 8 ning oxirgi dizaynini fosh qilib qo’ydi
Telefon qoplama ishlab chiqaruvchi iPhone 8 ning oxirgi dizaynini fosh qilib qo’ydi
Yangi iPhone relizi yaqinlashgani sari (sentabr oyiga rejalashtirilgan), uning turli tuman spekulyatsiyalari paydo bo’lmoqda. Asosan, ularga ishonishga o’rin yo’q. Biroq amerika jurnali Forbes ishonishga arziydigan iPhone 8 renderlarini nashr qildi.
Gap shundaki, ushbu sur’atlar lyuks smartfonlarga qoplama yasaydigan Nodus kompaniyasidan kelib tushgan. Qoidaga binoan, bunday kompaniyada moslama ishlab chiqarishga berilgunga qadar uning chizmalari va insayderdan ma’lumotlar bo’ladi. Forbesning ma’lumotlariga qaraganda OLED –displayining diagonali 5.8 dyuymni tashkil qiladi. Hoshiyalari Samsungning oxirgi modellaridan farqli o’laroq, qoldiriladi, biroq kengligi to’rt millimetrdan oshmaydi. Home tugmasi butunlay yo’qladi. Tepa qismida faqatgina kamera, dinamika va datchiklar uchun tor joy qoldiriladi. Yana telefon ekrani tasodifan bosilib ketishlardan programma orqali himoyalanadi.
Home tugmasi olib tashlanadigan bo’lsa, barmoq izlari skaneriga nima bo’ladi, degan savol paydo bo’ladi. Uning taqdiri hali aniq emas. Bu funksiya bilan vaqtinchalik hayrlashishga to’g’ri kelishi ham mumkin.
Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda Touch ID ni yuz tanish tizimi o’rnini bosadi yoki displayda funksional zona paydo bo’ladi, xuddi yangi MacBooklardagi tachbarga o’xshab. Forbesning fikricha, datchik kattalashtirilgan quvvat knopkasida, ya’ni telefonning o’n yon tomonida bo’lishi mumkin. Bundan tashqari skaner panelning orqa tomoniga qo’yiladi, degan fikr ham bor. Biroq bunga ishonish qiyin.
Yuqoridagilarga qaraganda iPhone 8 Apple ning eng qimmat smartfoni bo’ladi. AQShda uni 1100-1200 dollarga, Rossiya bozorlarida esa 80-90 ming rublga sotiladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook