Qiziqarli ma'lumotlar: Yahudiylik asosida tashkil topgan Kabbala ezoterik ta’limi haqida ma’lumotlar
Qiziqarli ma'lumotlar: Yahudiylik asosida tashkil topgan Kabbala ezoterik ta’limi haqida ma’lumotlar
Eng keng tarqalgan ma’lumotga qaraganda, Kabbala XII asrda paydo bo’lgan, biroq ba’zi kabbalachilar, ularning ilmlari yoki kamida uning ildizlari minglab asrlar ilgari dunyoga kelgan, deb tasdiqlaydilar.
Ibroniycha "Kabbala" so'zi, Kabalistik an'analarida aytilganidek, "qabul qilish" degan ma'noni anglatadi: birinchi maxfiy ilmlar yahudiylarning otasi Ibrohimga farishta tomonidan berilgan. Qanday bo'lmasin, Kabala - bu Tavrotda kodlangan ilohiy Vahiydan yashirin bilimlarni o'z ichiga oladigan qadimiy ta'limotdir. Kabbalani o'rganish Yaratuvchi va Yaratilish jarayoni, insonning mavjudligi va taqdiri haqida savollarga javob berishga intiladi.
Kabbalaning asosiy qoidalari O'rta asrlarda yahudiylarning qator mashhur olimlari tomonidan "Zohar kitobi", "Bagir", "Yetzira" va boshqa kitoblarda aks ettirilgan.

Kabbala ta'limoti

Kabbala ta'limoti
Agar Talmudga quloq soladigan bo’lsak, Kabbalani o'rganishga faqatgina Tavrotning barcha darajalarini o’rgangandan keyingina boshlash mumkin, ular: matnni oddiygina tushuna olish (birinchi daraja), yashirin ma’nolarga tushunib yetish (ikkinchi daraja) dan boshlab va talqin qilishgacha (uchinchi daraja) va sirni bilishgacha yetish (to’rtinchi daraja). Bunday talabning qo’yilishi Kabbalaning faqat yahudiylar uchun mavjud bo'lgani bilan tushuntiriladi. Hozir millionlab odamlar bu bilimlarni egallashni xohlashadi. Ularning aksariyati yahudiy xalqining muqaddas matnlari haqida juda oz ma’lumotga egalar. Shuning uchun, bu talab hozirgi kunda qat'iy ravishda kuzatilmaydi va Kabbalani o'rganmoqchi bo'lganlarga bu osongina ruxsat etiladi.
Albatta, bunday imkoniyat berilishi ustida bahs olib borish mumkin, axir ta'limotning barcha manbalari yahudiylik muqaddas matnlarida yashiringan, shuning uchun ular bilan notanish bo’lgan odamga Kabala mohiyatini tushunish erta bosqichlarida juda qiyin bo’ladi. Zamonaviy o'qituvchilar, Kabala bilan bir vaqtning o'zida yahudiylikning matnlarini o'qib, o'rganishlarini tavsiya qilishadi.
Bu yerda, Kabbalistlar barchani yahudiylikka aylanishini talab qilmasliklarini, ular Kabbalani aynan diniy ta'limot deb hisoblamasliklarini ta'kidlash kerak. Taniqli zamonaviy kabbalachi Maykl Laytman Kabbalaga o'zining metodikasi va tadqiqot mavzusiga ega fan sifatida qaraydi. Kabbalachilar aytishlaricha, siz musulmon, pravoslav yoki katolik bo'la turib, bir vaqtning o’zida Kabbalani o'rganishingiz mumkin. Biroq bir ogohlantirish borki, Kabbalani o'rganishga yanada chuqurroq berilganda, sizning ixlosmand diningiz va Kabbala orasida ancha farqi bor nuqtani topish mumkin, va shu yerda tushunchalar ajralib qolishi, hamda ularning biriga sizning ishonchingiz yo’qolishi mumkin.

Kabbalada nima o’rganiladi?

Kabbalada nima o’rganiladi?
Kabbala yahudiylarning muqaddas kitobi Tavrotni maxsus sirli kod bilan kodlangan yashirin ma'lumotni tashuvchi kitob deb hisoblaydi. Kabbalaga ko'ra, insoniyatga va uning har bir alohida vakiliga uchraydigan barcha kasalliklar, jaholat qonunlarini bilmaslik va va ularga rioya qilmaslikdan kelib chiqadi. Shuning uchun, Kabbala nazariyasining maqsadi sifatida, odamlarni ma'naviy jihatdan takomillashtirish tushuniladi, va bu o’z navbatida ularning moddiy va ma'naviy dunyoda amalga oshirishlari lozim bo’lgan maqsadlarni tushunishga yordam beradi. Kabbala hayotni va butun dunyoni boshqaradigan qonunlarni chuqurroq anglash uchun zarur vosita vazifasini bajaradi.
Kabbalaga ko'ra, qalb tana ko’rinishini unda mujassamlashtirilgan individual xususiyatni anglash va uning oldida turgan vazifani bajarish uchun qabul qiladi. Bu maqsadlar qo'lga kiritilgandan so'ng, qalb moddiy dunyoga boshqa qaytmaydi va yangi "Gmar Tikun" holatiga o’tadi, va bu holat ma'naviy "Men" ning yakuniy tuzatilishini bildiradi, va aynan shu Kabbalaning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Kabbalistik adabiyot

Kabbalistik adabiyot
Kabbala bo’yicha adabiyot bugungi kunda keng tarqalgan va turlichadir. Kabbalani o'rganadigan bir necha boshlang'ich maktablar mavjudligi sababli, turli xil sharhlar, qarashlar, ta'limning bir xil tomonlarini turlicha talqin qiladigan bir nechta mualliflarning kitoblari uchrashi mumkin. Ammo Kabbalaning asosiy, boshlang’ich bilimlari bir nechta qadimiy kitobda aks ettirilgan. Kabbala poydevori Ispaniyada qo’yilgan, chunki u yerda XIII asrda kuchli Geron maktabi faoliyat olib borgan. Ushbu maktabning taniqli vakillari (Isaak Slepoy, Ramban va boshqalar) Kabbalaning asosiy tushunchalarini ishlab chiqdilar va aniqladilar. So'ngra "Sefer Iyun" ham yozilgan, unda ta'limning muhim elementlari belgilangan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook