Qiziqarli faktlar: Reklama haqida qiziqarli faktlar
Qiziqarli faktlar: Reklama haqida qiziqarli faktlar
Reklama – bu yaxshilik va yovuzlik. Bir tomondan, u kamdan-kam kishiga yoqadi, ikkinchi tomondan – reklamasiz ishlab chiqaruvchilarga o’z mahsulotlarini sotish juda qiyin bo’lardi, va xaridorlarga esa u ba’zan yaxshi tanlov qilishga ko’maklashadi. Quyida biz reklama haqida ba’zi qiziqarli faktlar haqida so’zlaymiz.
Birinchi bo’lib reklama Qadimgi Misrda paydo bo’ldi. Arxeologlar qulning sotilishi, uning shaxsiy va ishga taaluqli xislatlari tasvirlangan papirusda yozilgan e’lonni topishdi.
Yaponlar reklamali tanaffusning boshlanish vaqtini aniqlab televizorni o’chiradigan, va keyinchalik u tugashi bilan, televizorni yoqadigan gadjetni o’ylab topishdi. O’z mahsulotlarini reklama qilishda amerikalik famasevtlar, tadqiqotlardan ko’ra ikki barobar ko’proq pul sarflashadi. Kamdan-kam odam reklama qilinayotgan qo’l soatlarining strelkalari 10 soat 10 daqiqani ko’rsatishiga e’tibor berishadi. Shu tariqa ular brend nomini chiroyli o’rab olishadi, va tabassumga o’xshash shaklni yasashadi.
Ichimliklarning chiroyli reklamasini suratga olish sal mushkul. Shuning uchun muz bo’lakchalarini akrildan, shampan vinosi, pivo va boshqa gazlangan ichimliklardagi chiroyli pufakchalarni hosil qilish uchun esa suv bilan aralashtirilgan tozalash vositalaridan foydalanishadi.
Noyob reklama uslubini Nikolay Shustov yuz yil oldin o’ylab topgan. U bir necha yosh yigitlarni ataylab kabaklarga kirib “Shustov konyagini” so’rashni iltimos qildi. Inkor javobni eshitib, ular shovqin ko’tarishni boshlashardi. Sekin asta bu shovqin-suronlar gazetalargacha bordi. Va shunday qilib “Shustov konyagi” keng taniqlilikka erishdi.
Reklamada darhol ikkita saqich yostiqchasini og’izga qo’yishni namoyish etish orqali ishlab chiqaruvchilar savdolarini ancha ko’paytirishdi. Bu hol sodir bo’lganning sababi oddiy odamlar xuddi reklamada ko’rsatilganidek birdaniga ikkita saqichni olishni boshlashdi. Agar siz reklamangiz xuddi shunday baland mavqeiga erishib, sizga foyda keltirishini xohlasangiz, faqat o’z ishida ustasiga murojaat qiling.
Kaliforniyadagi taniqli HOLLYWOOD yozuvi boshida yangi kvartallarni reklama qilardi va HOLLYWOODLAND kabi ko’rinardi. U ikki yildan kamroq turishi kerak edi. Ammo Los-Andjelesdagi kinosanoatning keskin rivojlanishi sabab yozuvni sal qisqartirib, shu turishicha qoldirishdi.
Kventin Tarantino filmlarida siz reklamani uchratmaysiz, chunki u reklamani yoqtirmaydi. Shu uchun o’z filmi qahramonlari uchun u “Red Apple” markali sigaretni o’ylab topdi. Haqiqiy sigaretalar “Capitol W” – faqatgina “O’lim isboti” filmida bor.
Maykl Djordan fanatlariga shu fakt ma’lumki, 1992 yilda AQSH basketbol jamoasini taqdirlash marosimida u amerikalik bayrog’i bilan o’ranib olgan edi. Buning sababi vatanparvarlik emas, reklama edi. O’sha kuni Djordan, Nike savdo markasi yuzi, “Reebok” formasida kiyingan edi.
O’simlik yog’i butilkalarida “xolesterinsiz” degan yozuv bor. Bir tomondan bu rost, boshqa tomondan esa – makkor reklama usuli, chunki xolesterin hayvon yog’lari bor mahsulotlarda bo’lishi mumkin.
“RAN tomonidan tasdiqlangan” yozuvi mahsulotning oliy sifatini tasdiqlamaydi, chunki barcha sotiladigan mahsulotlar Rossiya Ilm-fan Akademiyasi tomonidan ruxsat oladi. Yanada kamroq “RAN oziq-ovqat instituti tomonidan tavsiya qilingan” degan yozuvga ishoning, chunki RAN aslida hech narsani tavsiya qilmaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook