Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
Qiziqarli dunyo: Delfinlarning qoyilmaqom qobiliyatlari
Delfinlar – ko’pincha baliqlar bilan adashtiriladigan, yoqimtoy va mehribon dengiz jonivorlari. Biroq delfinlar – aqlli va qiziquvchan sut emizuvchilardir, ularning aqliy qobiliyatlari olimlarni yaxshigina hayratlantiradi.
Delfinlar okean va dengizlarning og’ir sharoitlarida yashab, o’zlarida takomillashgan qobiliyatlarni rivojlantirishgan. Masalan, delfinlar ko’p vaqt uyqusiz tura olishlarini, bo’shliqda ajoyib yo’l topa olishlarini, magnit hissiga egaliklarini va hatto organizmdagi qon bosimlarini nazorat qila olishlarini bilarmidingiz?

Delfinlar miyasi

Delfinlar uxlamasliklari mumkin. Dunyodagi barcha hayvonlar uyquga muhtojlar, shu navbatda inson ham. Jahon rekordi 11 kun uxlamagan Rendi Gardnerga tegishli. Ammo to’rtinchi kunning o’zida unda gallyusinatsiyalar boshlandi. Agar inson uxlamasa, u oxir oqibatda o’ladi. Xuddi shuning o’zi rivojlangan miya funksiyalari bor jonzotlarda takrorlanadi, ammo delfinlardan tashqari, ular ma’lum bo’lishicha, uxlamasdan yurishni va o’zlarini yaxshi his qilishni o’rganib olishdi. Masalan, delfin bolalari tug’ilgan so’ng, ota-onasi singari birinchi oyda umuman uxlamaydilar.
Gap shundaki, bu ajoyib jonzotlar bir necha vaqtga miyalarining yarimini o’chirishga qodirlar. Olimlar 5 kun davomida uzluksiz delfinlarning reaksiyalarini tekshirib kelganlar, va aniqlanishicha, ularning reaksiyalari sekinlashmagan. Stress mavjudligi yoki uyqusizlikka o’tkazilgan qon tekshiruvlari manfiy chiqqan. Delfinlar ushbu qobiliyatni doimo ishlatishlari mumkin. Yana bir tadqiqotga asosan, delfinlar uzluksiz 15 kun ichida ideal aniqlik bilan exolokatsiyani ishlatishlari mumkin. Buning foydali tomoni shundaki, u hayvonlarga doimo hushyor turishni va yirtqichlar yaqinlashishini bilishlari uchun kerak.
Ammo eng hayratlanarlisi shundaki, delfin miyasining bir qismi doimo uyquda. Bunda vizual ma’lumotlar aktiv turgan miya qismi tomonidan tekshiril turiladi. Boshqacha so’z bilan aytganda, agar delfin miyasining bir qismini “o’chirganida”, uning ikkinchi qismi birinchisining vazifalarini olishi mumkin. Bu birta miya o’rniga ikkita miyaga ega bo’lish degani.

Delfinlarning ko’rish qobiliyati

Delfinlarning noyob ko’rish qobiliyati. Ma’lumki, delfinlar o’zlari yashaydigan dunyoda yo’nalishni to’gri olishlari uchun exolokatsiyadan foydalanishadi. Suv chuqurliklarida ko’rish ancha qiyinroq bo’lganligi sababli, hayvonlarga predmetlarni “ko’rish” uchun ovozlarni ishlatish osonroq. Ko’rish qobiliyati ularga umuman kerak emas deb o’ylash mumkin, ammo bu unday emas.
Delfinlarning ko’rish qobiliyati tuyulganidan ham yaxshiroqdir. Birinchidan, ularning ko’zlari boshlarining ikkala tomonida joylashgan, va bu 300 graduslik ulkan maydonni ko’rishga imkon beradi. Ular orqada turgan narsani ham ko’ra oladi. Ikkinchidan, har bir ko’z boshqasiga bog’liqliksiz ko’ra oladi, va bu hayvonlarga bir vaqtning o’zida har xil yo’nalishda ko’ra olish imkonini beradi. Shuningdek, delfinlarda ko’z setchatkasining orqasida joylashgan tapetum lucidum deb nomlangan hujeyrani aks ettiruvchi qavat joylashgan. Bu ularga kam yoritilgan joyda yaxshi ko’rish imkonini beradi. Bundan tashqari, delfinlar suv ostida ham, suv ustida ham yaxshi ko’rishadi.

Delfinlar terisi

Sizga delfinlar ustiga nega boshqa suv jonzotlari, masalan qisqichbaqalar, ilinib qolmasligi qiziqtirsa kerak? Kitlar ko’pincha shu jonzotlar bilan ildirib olinganlar, ammo delfinlarda immunitet bor shekilli? Delfinlar terisi doimo sirpanchiq, toza va yaltillagan ko’rinadi. Buning siri nimada?
Delfinlarning noyob terisi anchagina afzalliklarga ega. Birinchidan, terining ustki qavati – epidermis – delfinlarda odamnikidan ko’ra qo’pol emas, u barcha yerusti jonivorlari epidermisidan 10-20 marotaba mayinroq. Ammo u biznikidan ko’ra 9 barobar tezroq o’sadi. Ikkinchidan, delfinlar terisi qavati har ikki soatda almashadi. Bunday tez o’zgarishlar delfinlarda doimo sirpanchiq, yumshoq turishga va suv muhitida tezroq harakatlanishga ko’maklashadi.
Uchinchidan, delfinlar terisining noyobligi, u ishlab chiqaradigan maxsus geldadir. Bu gel ularning terisi yuzasiga turli xil qisqichbaqasimonlarga ushlanib olishga yo’l qo’ymaydi, va parazitlarni qo’rqitadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook