Mashhur daniyalik restoran sohibi idish yuvuvchi xodimini o'z hamkoriga aylantirdi
Mashhur daniyalik restoran sohibi idish yuvuvchi xodimini o'z hamkoriga aylantirdi

Skandinaviyaning mashhur Noma oshxonasida idish yuvuvchi bo'lib ishlagan 62 yoshli gambiyalik Ali Soko muassasaning 3 egasidan biriga aylandi.

1

2

Noma asoschisining so'zlariga ko'ra, mazkur afrikalik 14 yil mobaynida restoranning qalbiga aylangan. Shuning uchun u ham biznesda bu ulushni olishga haqlidir.

3

Sonkoning yangi lavozimga tayinlanishini restoranning bosh oshpazi Rene Redzepi Kopengagendagi Noma oshxonasining yopilish marosimida e'lon qiladi. Muassasa Daniya poytaxtida 14 yil ish yuritdi. Bu vaqt davomida 2 ta Mishlen yulduzi va 4 marta "Eng yaxshi restoran" unvonini olgan.  2017-yilning dekabr oyida Noma yangi joyda ochilishi rejalashtirilgan. 

4

Sonko restoran ochilishidan boshlab, u yerda idish yuvuvchi bo'lib ishlagan. Redzepining aytishicha, odamlar restoran uchun Alidek insonlarning qanchalik ahamiyatga ega bo'lishini tushunmaydi. Bosh oshpaz uning ishga layoqatli bo'lgani va yuzidagi doimiy tabassumini qayd etib, uni "Nomaning yuragi va qalbi" deb atadi. 

5

Sonko oldin ham axborot vositalarining e'tiborini tortgan; 2010-yilda Londondagi  "Eng yaxshi restoran" unvonini topshirish marosimiga viza bilan muammolari borligi sabab bora olmaydi.  Uni qo'llab-quvvatlash uchun boshqa xodimlar uning rasmlari tushirilgan futbolkalarda namoyishga chiqishgan.

Sonko Daniyada 34 yildan beri yashaydi. Noma xodimlarining ta'kidlashicha, Ali o'zi va 12 nafar farzandlari bilan qanday holat bo'lishidan qat'iy nazar doim yuzida tabassum bilan yurgan. 

6

Bundan tashqari Redzepi restoranning yana 2 rahbarini ham e'lon qiladi. Sonkodan farqli o'laroq, ular: menedjer Jeyms Spredberi va mijozlar bilan shug'ullanuvchi  rahbar Lau Rixter. Bosh oshpaz o'zining instagram tarmog'idagi sahifasida restoran o'zining "yangi sahifasin" endi ochganini, yaqin kelajakda u yana bir qancha xodimlarni hayratga solishni rejalashtirayotganini bildirdi.

7

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook