11,526
просмотров
просмотров
Sotib olinadigan limonadda nafaqat pufakchalar bor, balki yana bo'yoqlar, ta'm beruvchi qo'shimchalar va konservantlar ham bor...
1. Sifon qo'llamagan holda
Sizga kerak bo'ladi:
2 choy qoshiq soda; 2 choy qoshiq limon kislotasi; tabga ko'ra shakar; sirop; Limon kislotasi va sodani aralashtirib oling va shakar hamda suv va sirop aralashmasini quying. Muz qo'shing va imkon boricha tezroq iching. Limin kislotasi va soda birgalikda reaksiyaga kirishadi, natijada pufakchalar paydo bo'ladi. Agar ta'mi juda kuchli bo'lib tuyulsa, u holda limon kislotasi va soda miqdorini kamaytiring. Albatta, bunday limonad uzoq vaqt gazli bo'lib turmaydi, biroq qiziqarli eksperiment sifatida qilib ko'rish mumkin. Bundan tashqari bu tez va arzon.2. Qo'lbola sifon yordamida
Sizga kerak bo'ladi:
2 ta plastik butulka; bigiz; 2 ta probka; kichkina shlang yoki egiluvchan trubkacha; qoshiq; voronka; 1 chashka sirka; 1 chashka soda; istalgan suyuqlik; Ikkita qopqog'da teshik qiling, ularga germetik qilib shlangni ulang. Shunday hisoblangki, shlangning bir uchi butulkaning tagiga deyarli tegib tursin. Gazlantirishni istalgan suyuqligingizni butulkalardan biriga quying va uni zich qilib berkiting. Shlang bo'lajak limonadingizga iloji boricha chuqurroq tushishi kerak. Ikkinchi butulkaga voronka orqali sodani soling, unga sirka qo'shing va ikkinchi qopqoq bilan tezda yopib qo'ying. Agar siz pishillashni eshitsangiz va aralashma pufaklanayotganini ko'rsangiz, siz hammasini to'g'ri bajargan bo'lasiz. Agar, sirka va soda yetarli darajada reaksiyaga kirishmayotgan bo'lsa, butulkani silkiting. Bu reaksiyani kuchaytiradi. Gaz shlang bo'ylab boradi va limonadni uglekislota bilan to'yintiradi. Agar ulanish germetik bo'lmasa, siz kam gazlangan ichimlikka ega bo'lasiz. Har qanday suv asosidagi ichimlikni gazlantirish mumkin, lekin kofe va choy bilan eksperiment qilish kerak emas. Bir litrli butulka suvni o'rtacha 15-20 daqiqa davomida gazlantirish mumkin. Albatta, sifonni yaratish vaqt talab etadi, lekin u behuda sarflangan bo'lmaydi.3. Sotib olingan sifon yordamida
Zanjabil solingan limonad
Bodringli limonad
Greypfrut va dolchinli limonad
Сообщения из Facebook