Bekajonlarga kartoshkani ishlatishda zarur bo'ladigan tavsiyalar
Bekajonlarga kartoshkani ishlatishda zarur bo'ladigan tavsiyalar
Taom va yeguliklarga eng ko'p ishlatadigan maxsulotimiz - bu kartoshkadir. Undan foydalanayotganda esa, ayrim oddiy qoidalarga amal qilsak, bas!
• Kartoshka qaynayotganda suvga 2-3 bo'lak sarimsoqpiyoz, piyoz yoki ozgina shivit qo'shsangiz, ta'mi yanada shirin bo'ladi.
• Kartoshka tez pishishi uchun suvga 1 osh qoshiq margarin qo'shing.
• Agar eski kartoshkalarni qaynatmoqchi bo'lsangiz, suvga sirka qo'shish foydali.
• Yangi kartoshkalar oson tozalanishi uchun ularni sovuq suvda yuving.
• Kartoshkalarni baland olovda qovurish ularning miqdorini kamaytiradi. Yaxshisi, yaxshilab suvini silqitib, biroz qurigach, o'rtacha olovda qovuring. Shunda sabzavotlar qizarib pishadi.
• Kartoshka bo'tqasiga qaynoq sut qo'shish lozim. Agar, sovuq sut qo'shsangiz, uning rangi hiralashadi.
• Kartoshkani archgach, ulardan tezda foydalaning. Bo'lmasa, ular qorayib qoladi. Agar kartoshkalarni avvaldan tayyorlab qo'yishingiz kerak bo'lsa, selofan paketga o'rab, havo kirmasligi uchun og'zini mahkamlang.
• Kartoshkalarni uzoq muddat saqlomoqchi bo'lsangiz, qopga olma mevasi qoqisidan solib qoying. Shunda sabzavot ildiz ortib ketmaydi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook