просмотров
Rim olimi Katta Pliniy ta’kidlashiga qaraganda, qadimgi gallar va germanlar sovun tayyorlash siridan voqif bo’lishgan. Ushbu qabilalar oddiy vositalardan tayyorlangan surtmadan tozalash ishlari va teri kasalliklarini davolashda foydalanishgan.
Tarixiy manbalarda Vavilon va Qadimgi Shumerda ham sovundan foydalanilgani haqida qaydlar uchraydi. Sovungarlikka oid batafsil ma’lumotlar esa eramizdan avvalgi 2500 yilda yozilgan loy taxtachalarida uchraydi.
Misr arxeologlari Nil deltasida olib borilgan ishlar chog’ida tayyorlash usuli bundan 6000 yil avval paydo bo’lgan, degan to’xtamga keldilar. Ayrim Misr papiruslarida sovun tayyorlash uchun hayvon yoki o’simlik yog’ini ishqor yuzi bilan qaynatish darkorligi haqida ma’lumotlar uchraydi.
Rimlik aholi orasida sovun “sapo” deb atalgan bo’lib, u Sapo tog’i nomidan kelib chiqqan, degan taxmin mavjud.
Afsonalarga ko’ra, ushbu tog’da ilohlarga qurbonlik keltirilgan. Hayvon yog’i va gulxan kulidan hosil bo’lgan aralashma yomg’ir bilan birga Tibr dayrosi qirg’og’idagi loyli tuproqni yuvib o’tgan. Aynan shu yerda kir yuvadigan ayollar aralashma tufayli choyshablarning nisbatan toza bo’layotganiga e’tibor qaratganlar. Ayollar asta – sekin “ilohlar tuhfasi”ni faqatgina kir yuvish uchungina emas cho’milish uchun ham qo’llay bo’shlaganlar.
Keyinchalik inglizlar rimliklardan o’zlashtirgan holda Sapo so’zini soap, fransuzlar savon, italyanlar sapone shaklida talaffuz qila boshladilar.
Sovun ihtiro qilinganiga qaramay, antik dunyo vakillari pemza, arpa achitqisi, loy kabi vositalardan foydalanishda davom etdilar.
Tarixchining guvohlik berishicha, skif ayollari sarv va kedr daraxtlaridan yuvuvchi vosita tayyorlab, suv va hushbo’y smola bilan aralashtirganlar. Muloyim iforga ega ushbu vositani badanga surtib, kurak eritmasi bilan tazalab olganlaridan so’ng, teri toza va silliq ko’rinishga ega bo’lgan.
Salib yurishlari vaqtida arab mamlakatlariga kelgan Yevropa ritsarlari o’zlari uchun haqiqiy tozalikni kashf qildilar. XII asrda salibchilar o’z seviklilari uchun tuhfa sifatida Damashqdan sovun sharchalarini olib ketishgan. Ispaniyada zaytun yog’i va dengiz o’tlari kulidan qattiq sovun tayyorlash yo’lga qo’yilgan.
Sovun turli mamlakatlarda turlicha usullar bilan tayyorlangan bo’lsada, uning paydo bo’lish sababi , joyi va ihtirochisi haqida aniq ma’lumotlar mavjud emas. Ammo shunisi aniqki, sovunning yaratilishi insoniyat salomatligi uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Сообщения из Facebook