Fransuz olimi, tarixchi va fransuz kommunistik partiyasining a'zosi Jak Dyupkye (Jacques Dupâquier) 1950-1970 yillarda uch marta SSSRga borib kelib, 1956 yilda boshqa joylar qatorida O'zbek SSRiga ham tashrif buyurdi. Keyinchalik Jak Dyupkye Fransiya Ijtimoiy Fanlar Instituti direktori bilan olib borilgan intervyu davomida o'zi safarini esladi:
"Moskvada o’tkazilgan bir necha kundan so'ng biz O'zbekiston poytaxti Toshkentga uchib ketdik. Biz 3,200 metr balandlikdan oshmaydigan eski vintli samolyotda uchib keldik va men soatlab nafasimni rostlamasdan, Sovet Markaziy Osiyosini ko'zdan kechirdim. Toshkent - shaharning o'rtasida Stalin modasi asosida qurilgan (garchi mashhur Stalinning osmono'parlarini u yerda qurishga qaror qilinmagan bo'lsa-da), birtagina ko’chasi bo'lgan katta yer maydonli shahar edi. Biroq, o'n yil ichida bularning barchasi yo'q qilindi (1966-yilgi zilzila nazarda tutilmoqda). Men shahar bo’ylab juda ko'p yurib, bozorni ko'rdim, o'rab olingan ayollarni ko’rdim, masjidlarni ziyorat qildim, rasmiy odamlar bilan uchrashdim, va ularning har biri ruslar tomonidan kuzatilardi. Ularga bizdan ham ortiqroq g’amxo’rlik qilingandek taassurot qoldi menda".
Volga ustidagi bulutlar.
«Moskva-Tashkent reysi bilan uchayotgan vaqtda men illyuminatordan anchagina rasm tushurdim. Bir payt biz konslager ustidan uchib o’tayotgan edik, v abort kuzatuvchi chiqib, bu yerda suratga olish ta’qiqlangan deb aytdi. Keyin u kokpitga kirdi, va men esa suratga olishda davom etdim, tarjimon yoki yana kimdir menga bu ishda to'sqin bo'la olmadi».
Сообщения из Facebook