
18,896
просмотров
просмотров
Gavayi orollari aksariyat insonlar borishni orzu qilgan maskanlardan biri bo’lsa ajab emas. Biroq, agar siz hali ham Gavayi orollarini o’z dam olish maskanlaringiz ro’yxatingizga kiritmagan bo’lsangiz quyidagi ma’lumotlar aynan siz uchun juda foydali bo’ladi degan umiddamiz.
Joylashishi
Gavayi AQSHning Shimoliy Amerika qismiga kirmaydigan bo’lmagan yagona shtatidir.

Aholisi
Gavayining aholisi bir milliondan ortiq kishini tashkil etadi. Uning aksariyatini osiyoliklar (filippinliklar, xitoylar, yaponlar, koreyslar) tashkil etadilar. Mahalliy aholi bu yerda istiqomat qiluvchilarning bor-yo’g’i 5 foizni tashkil etgan.
Transportlik ahamiyati
Bu Tinch okeanining shimoliy qismidagi eng yirik orollar majmui bo’lib, ular bilan Sjimoliy Amerika o’rtasida boshqa hech qanday orollar mavjud emas. Yaponiyagacha bo’lgan hududda esa faqat mittigina orolchalar uchrab turadi. Buning hammasi Gavayi orollarining muhim transportlik ahamiyatini belgilab bergan.
8 nafar asosiy orollar
Kauai, Oaxu, Lanai, Molokai, Niixau, Kaxoolave, Maui, Gavayi – Gavayi orollari tarkib topgan 8 nafar asosiy orollar hisoblanadi. Shuningdek, uning tarkibida ko’plab kichik orollar ham mavjud.
Mauna-Kea
Mauna-Kea tog’i shtatning eng yuqori nuqtasi bo’lib, u Gavayi orolida joylashgan. Tog’ning balandligi 4205 metrga teng keladi. Agar tog’ning balandligi okean tubida boshlab hisoblansa, uni 10200 metr deya qayd etish mumkin.
Bu yerda abadiy yoz fasli kuzatiladi
Gavayi orollarida atigi ikkita mavsum bor: quruq mavsum va yomg’irlar mavsumi. Birinchisi may oyidan oktyabr oyiga qadar davom etadi, ikkinchisi esa oktyabrdan aprelgacha cho’ziladi. Kunduzgi havoning o’rtacha harorati Selsiy shkalasi bo’yicha - 31 gradus, tungisi esa - 24 gradusga tengdir. Qish paytida kunduzgi havoning o’rtacha xarorati Selsiy bo’yicha - 28 gradusni, tungisi esa - 18 gradusni tashkil etadi.
Hayvonot olami
Orollar majmui atigi 10 million yil avval paydo bo’lgan va quruqlik bilan hech qachon birlashmagan. Shuning uchun ham orollarda faqat shamol yoki to’lqinlar olib kelgan jonzotlar yashashadi. Biroq Gavayi orollarida yo’qolib ketish xavfi ostidagi jonzotlar AQSHning boshqa shtatlariga nisbatan ko’proq miqdorda istiqomat qiladilar. Eramizning 500-chi va 800-chi yillari orasida orollarga kelgan dastlabki polineziyaliklar bugungi kunga kelib umuman yo’q bo’lib ketgan 70 ga yaqin qushlar turini aniqlashgan.
Okeandagi xavfsizlik
Bu yerdagi hududlarda ko’pincha to’fondan keyin meduzani uchratish mumkin. Bunday to’qnashuvning davomi juda achinarli bo’ladi. Meduza bilan to’qnash kelgan va kuygan teri qismiga maxsus vosita surtish kerak bo’ladi. "Urina" nomi bilan tanilgan bu vositani faqatgina eng zarur paytlarda ishlatish lozim.
Ishlash sharoiti
AQSHning barcha shtatlari ichida Gavayi orollarda ishlayotgan ayollar sonining foiz ko’rsatkichi eng baland, yan’i 60% dan ortiq.
Xayot davomiyligi (umr uzunligi) ligining o’rtacha ko’rsatkichi
AQSHdagi eng uzoq umr ko’ruvchi insonlari aynan Gavayi orollarida yashaydilar. Umr davomiyligi ko’rsatkichi erkaklar orasida 75 yilni, ayollar orasida 80 yilni tashkil etadi.
Tili
Gavayi orollarining rasmiy tili – gavayi va ingliz tillari hisoblanadi. Gavayiliklarning 74% i uchun ingliz tili ona tili sanaladi.
Bu yerda yoz faslini kutmaydilar
Chunki buning zarurati yo’q - axir yil davomida orollarda yoz hukm suradi.
Syorfing
Syorfing polineziyaliklar tomonidan taxminan ming yil avval o’ylab topilgan. Uning asl nomlanishi esa “heenalu”dir.
























Сообщения из Facebook