Bermud uchburchagi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Bermud uchburchagi haqida qiziqarli ma’lumotlar
Bermud uchburchagi haqida g’ayrioddiy voqealar hammamizga ma’lum, ammo bu uchburchak nimaligi, o’z ichiga har xil narsalarni va hatto odamlarni yutib yuborishini hamma ham bilmaydi. Aslida Bermud uchburchagi uchburchak shakliga ega Atlantika okeanining bir qismi deb ham ataladi. Bu joyning shimoliy qismida Bermud orollari, g’arbiy qismida – Mayami, janubida bo’lsa – Puerto-Riko.

Bu hududning g’ayrioddiyligi shundaki, aynan shu yerda sirli holatda kemalar va samolyotlar yo’qoladi, keyinchalik esa ular ichidagi yo’lovchilarsiz topiladi. Odamlar bu g’ayrioddiy mintaqa haqida ko’plab afsonalar va uydirmalar to’qib chiqarishgan, ularni 11 tasi bilan bugun sizga tanishtirib o’tamiz.

1.Inson omili

1.Inson omili
Barcha samolyot va kemalar aynan Bermud uchburchagida pilotlar va kapitanlar xatosi tufayli faolkatga yo’liqadilar, lekin ko’pchilik uni har xil anomaliyalar bilan bog’laydilar. Misol uchun, 1958 yilda tadbirkor Xarvi Konover o’zining yaxtasida Bermud uchburchagi hududida yo’qolib qoldi, bunda o’zining aybi bor edi. Gap shundaki to’fon kelayotgani haqida ogoxlantirishsa ham Konover suzish uchun jo’nab ketdi.

2. Magnitli anomaliya

2. Magnitli anomaliya
Bermud uchburchagiga borgan ko’pchilik odamlar, kompas o’zini g’ayritabiy tutdi va noto’g’ri ko’rsatadigan bo’lib qoldi. Shu munosabat bilan o’zgasayyoraliklar aralashuvi degan afsona o’ylab topildi. Bermud uchburchagi sayyoramizdagi anomaliyalar uchraydigan yagona joy emas. Huddi shunday kompas masalan, Gobi sahrosida, yana shimoliy va janubiy qutblarda noto’g’ri ishlaydi.

3. Golfstrim

3. Golfstrim
Ko’pchilik Bermud uchburchagida yo’qolishni dunyo okeanida asosiy oqimlardan biri bo’lgan Golfstrim bilan bog’lashadi. Suv tezligi sekundiga 2,5 metr, bu oqimda har qanday chiqindi, singan narsalar va hatto samolyotni ham bir necha daqiqa ichida bir necha kilometr nariga oqizib ketishi mumkin. Suv osti cho’nqirligi 9 km ligini hisobga oladigan bo’lsak, u yrda cho’kkan narsalarni toishni iloji yo’q.

4. Metan gidrat qatlami

4. Metan gidrat qatlami
Ba’zan Bermud uchburchagidagi g’oyib bo’lishlar kontinental shelf tubidagi metan gidrat qatlamlari sababli ro’y berishi mumkinligi aytiladi. Suv satxiga ko’tariladigan ushbu gaz pufakchalari kemalarning suzish qobiliyatini yo’qotadi va ularni g’arq qiladi. Bu jarayon juda tez amalga oshgani uchun kema jamoasi halokat signalini berishga ulgurmay qoladi biroq bunday qatlamlar dunyoning boshqa okeanlarining tubida mavjudligi hisobga olinsa, ushbu tahmin bahsga sabab bo’lishi mumkin.

5. Oldindan aytib bo’lmaydigan va tez o’zgaradigan ob-havo

5. Oldindan aytib bo’lmaydigan va tez o’zgaradigan ob-havo
Bermud uchburchagi hududida tez-tez qattiq tropik bo’ronlar, to’fonlar va dovullar kuzatiladi. Ular ko’pincha kutilmagamda keladi, katta bo’lmagan kemalar halok bo’lishi mumkin.

6. Vaqt halqasi

6. Vaqt halqasi
Ba’zilar o’ylaydiki, yo’qolgan samolyotlar va kemalar vaqt halqasi va portallar orqali yo’qolgan deb aytishadi. O’sha topilmagan kemalar, halqadan chiqishga yo’l topolmaganlar.

7. Atlantida

7. Atlantida
Qadimgi sirli Atlantida tarixini hammamiz yaxshi bilamiz, eramizdan oldingi 10 ming yillikda mavjud bo’lgan shahardir. Bu rivojlangan sivilizatsiya falokat tufayli bir kechada yo’q bo’lib ketdi. Ko’pchilik hisoblaydiki, Atlantida qoldiqlari Bermud uchburchagining eng tubida deb o’ylashadi, va bu yerda bo’layotgan turli anomaliyalarga sababchi deb o’ylashadi. Afsuski, Bermud oroli juda ham chuqur bo’lgani tufayli buni isbotlash yoki rad etishni ilojisi yo’qdir.

8. NUJ va odamlarni o’zga sayyoraliklar tomonidan o’g’irlanishi

8. NUJ va odamlarni o’zga sayyoraliklar tomonidan o’g’irlanishi
Garchi o’zga sayyoraliklar borligi isbotlanmagan bo’lsada, ba’zi odamlar Bermud uchburchagida bo’layotgan voqealarni ular qilishyapti deb o’ylashadi.

9. Qaroqchilar

9. Qaroqchilar
Ko’pchilik o’ylaydiki, bu bo’layotgan hodisalar o’zgalarni ishi emas balki, qaroqchilar, o’g’rilar va kontrabandistlar deb o’ylashadi . Gap shundaki, qaroqchilik kasbi allaqachon unutilib ketgan kasblardan biridir, ularni hozirgi vakillari esa cho’kkan kemalar va qulagan samolyotlar bilan qiziqishi yo’qdir.

10. Gravitatsion maydon

10. Gravitatsion maydon
Gravitatsion maydon mavjud bo’lib, sayyoraning bu tomonini yoki boshqa tomonini kuchaytiradi. Bu maydonlarni paydo bo’lish sababini hech kim aytolmaydi, ammo Bermud uchburchagi tubida huddi shunday maydon borligi aniqlandi, va maydonni kuchi orqali kemalarni cho’ktiradi va samolyotlarni qulatadi.

11. Bermud uchburchagi yo’qdir

11. Bermud uchburchagi yo’qdir
Shunday fikrlar borki, hech qanday bermud uchburchagi yo’qdir va bu ta’sirli odamlarni uydirmasidir.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook