Bo’yinbog’ bog’lash san’ati
Bo’yinbog’  bog’lash san’ati
Zamonaviy va turli – tuman bo’yinbog’lar erkaklarga o’ziga xos ko’rinish bera oladi. Bu aksessuar klassik uslubning eng kerekli detallaridan biri hisoblanadi. Biz sizga keltirib o’tadigan bo’yinbog’ bog’lashning turfa usullari sizni befarq qoldirmasligiga ishonamiz.

Erkaklar garderobining muhim qismi xisoblanmish bo’yinbog’larning ilk avlodi qadimgi Xitoy o’lkalarida dunyoga kelgan bo’lsa ajab emas. 1974 yili arxeologlar tomonidan topilib, o’rganilgan Xitoy imperatori Zin Shixuandi qabri 7500 ta askar xaykalchalari bilan olamga ma’lum va mashhur bo’lib ketdi. Haykallarning bo’ynida esa kichik tasmalar qadimda askarlarni shamol va sovuqdan himoya qilish vazifasini o’tagan degan tahminlar mavjud.

Shahzoda Alberd usuli

1 Bo'yinbog’ uchlari enli tomoni yuqorida bo’lgan holda birlashtiriladi va ingichka tomon ostidan o’tkaziladi.

2 Enli tomon ikkinchisining ustidan aylantiriladi.

3 Aylana harakat yana bir bor takrorlanadi.

4 Bo’yinbog’ uchi xosil bo’lgan ilmoqdan o’tkazilib pastga tortiladi.

“Free style” usuli

1 Bo’yinbog’ning enli tomoni ingichka tomon ustidan joylashtiriladi.

2 Enli tomon ikkinchisi ostidan chapga yo’naltirilib, bo’yin ilmog’idan ortga o’tkaziladi.

3 Bo’yinbog’ uchi oldinga o’tkazib olingach ortga qaytariladi va hosil bo’lgan ilmoqdan o’tkaziladi.

Vindzor usuli

1 Bo’yinbog’ enli tomoni ingichka tomonidan 30 sm uzunroq holda bo’yinga tashlanadi va enli tomoni ikkinchisining ustidan o’tkaziladi.

2 Enli tomon hosil bo’lgan bo’yin ilmog’ining ichidan o’tkazib olingach, pastga tushirib qo’yiladi.

3 Enli  tomon chap tomonga tortiladi va yana bir marta bo’yin ilmog’idan o’tkaziladi.

4 Bo’yinbog’ uchi o’ng tomonga yo’naltirilgach, bo’yin ilmog’idan uchinchi bor o’tkaziladi va pastga tortiladi.

5 Bo’yinbog’ tuguni ehtiyotkorlik bilan yuqoriga ko’tariladi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook