
23,963
просмотров
просмотров
Yevropaning eng g’aroyib va qiziqarli mamlakatlaridan biri bo’lmish Italiyaga katta ommaboplikning o’zining mazali xususiyatlari bilan butun dunyoga mashhur mahalliy taom - pitsa keltiradi. Italiya to’g’risidagi bundan-da kam bo’lmagan faktlarning yana biri shuki, uning hududida Vatikan va San-Marino kabi shahar davlatlar joylashgan va ular haqiqiy g’aroyib tarixga egadirlar.
Italiyadagi eng yirik tog’ — Monblan hisoblanadi. Shu bilan birga Monblan Yevropadagi eng yirik tog’ hamdir.

Yevropadagi boshqa davlatlardan ko’ra Italiyada vulqonlar soni ko’proq.

San-Marino dunyodagi eng keksa davlatdir.

Nilufar Italiyaning milliy guli sanaladi.

Italiyada parmezan, motsarella va shu kabi boshqa eng mazali pishloqlarning ko’plab turlari yaratilgan.

Italiya hududining 75% dan ortiqrog’i tog’li joylardan iborat.

Italiyada Lamborghini, Ferrari, Maserati, Bugatti shu kabi ko’plab qimmatbaho avtomobil rusumlari ishlab chiqariladi.

Dunyodagi eng mashxur kinofestival – Venetsiya kinofestivali ham aynan Italiyada o’tkaziladi.

Italiya to’g’risidagi qiziqarli ma’lumotlar uning aholisiga tegishli hamdir. Italiyaliklarning o’rtacha hayot davomiyligi 79,5 yilni tashkil etadi.

Italiyaning iqtisodiyoti dunyo mamlakatlari iqtisodiyoti qatorida 7 o’rinni egallab turadi.

Сообщения из Facebook