Zamonning eng qiziqarli bokseri millionlarni nimaga sarflamoqda
Zamonning eng qiziqarli bokseri millionlarni nimaga sarflamoqda
Yilning eng ajoyib olishuvida Floyd Meyvezerga yutqizgan bo'lsa ham, filipponlik 36 yoshli Menni Pakyao dunyodagi eng ko'p pul to'lanadigan bokschi hisoblanadi va o'zi uchun umuman pul ayamaydi.

2014-yilda Pakyao deyarli 42 million dollar ishladi. Forbes Mennini dunyodagi eng ko'p pul to'lanadigan sportchilar reytingida 11-o'ringa loyiq topdi.

Pakyao hamma pullarini ringda haqqoniy ishlab topadi. Ushbu mavsumda u jangga 20 million dollar daromad hisobiga chiqdi. Yarim soatlik og'riq va litr qon uchun bu yomon emas, tog'rimi?

Meyvezer bilan jang uchun Menni 100 million dollar qo'lga kiritdi. Bu olishuv tom ma'noda Menni karyerasidagi cho'qqi desak, mubolag'a bo'lmaydi.

2013-yilda Pakyao dunyodagi eng talabgir media-jangchiga aylandi. Bokschi darxol bir necha brendlarning reklama roliklarida tushish takliflarini oladi, masalan Nike, Foot Locker, HP va Henessy singari.

2014-yilda deyarli barcha reklama shartnomalari to'xtatildi. Bundan Menni million dollardan kamroq daromad to'plagan.

Menni daromadining katta qismini albatta, o'zi uchun sarflaydi. Yaqindagina u Beverli-Hillzda dang'illama hovli sotib oldi. Bu unga 12 million dollarga tushgan.

Pakyao o'z yurtida shaxsiy professional basketbol jamoasiga ega.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook