Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolg’iz” filmi haqida qiziqarli faktlar
Yangi Yil ramziga aylangan “Uyda yolg’iz” filmi haqida qiziqarli faktlar
“Uyda yolg’iz” filmi ekranlarda ilk bor 1990 yilda paydo bo’lgan. O’shandan beri bu film Yangi Yil ramziga aylandi hamda katta-yu kichik tomonidan birdek sevib tomosha qilinadi.

Filmda bosh qahramon rolini Makoley Kalkin ijro etgan. “Uyda yolg’iz” filmi ijodkorlari uni boshqa kartinada o’ynaganida ko’rib, yangi ishlariga aynan uni mo’ljallashadi. Biroq har ehtimolga qarshi yana ko’pgina aktyorlarni ham sinovdan o’tkazadilar va oxir-oqibat Kalkindan yaxshirog’i yo’q,degan xulosaga keladilar. 

Ha, Makaley haqiqatdan ham iqtidorli edi. Hammomda u o’zini yuziga urib, baqirgan sahnasi esingizdami? Bu joy ssenariyda aslida bo’lmagan, buni aktyorning o’zi o’ylab topgan va u syujetga yaxshi tushgan.

Filmda yana bir Kalkin o’ynagan. Kevinning amakivachchasi Fuller esingizdami? Uni Makaleyning ukasi – Kiran o’ynagan

Kevinning bosqinchilardan qochishiga yordam bergan tarantul – haqiqiy o’rgimchak. Bola Marvinning yuziga shu o’rgimchakni qo’yib yuboradi. Aktyor tarantulni qo’rqitib yubormaslik uchun baqirayotgan sahnada shunchaki og’zini ochib turadi, baqirayotgan ovoz esa keyin montaj orqali beriladi. Bu sahna bitta dublda olingan, qayta olishlarga aktyor rozi bo’lmagan.  

Filmda Kevin gangsterlar haqida kino ko’radi. Bu kino aslida yo’q, uning shu epizodlari ataylab “Uyda yolg’iz” filmi uchun olingan.

O’g’rilikka tushgan bosqinchilar son-sanoqsiz jarohatlar oladilar. Tepaliklardan qulashlar, yiqilishlar, bo’yoq idishlarning urilishi, kuyishlar, tok urishi, shishalarning oyoqqa kirishi – tibbiyot xodimlarining ta’kidlashlaricha, bunday holatlar real hayotda o’limga olib kelar edi. 

Tabiiyki, suratga olish ishlarida aktyorlarning jarohatlanmasliklari maqsadida mulyajlardan foydalanildi. Marvinning oyog’iga kirgan archa o’yinchoqlar, shisha idish, oynalarning siniqlari – bularning hammasi qotgan shakar qiyomidan tayyorlangan. Lekin shunga qaramay aktyor oyog’iga rezinadan tayyorlangan himoya vositasini kiyib rol o’ynagan.

Kevinning akasi Bazz esingizdami? Uning yaxshi ko’rgan qizining suratichi? Aslida bu suratda rejissyorning o’g’li tasvirlangan. Sababi rejissyor biror qizning rasmini qo’ysa, u kulguga qolib ketmasligi uchun shunday qilgan.

Makkalisterlar yashagan uy haqiqiy. U Illinoys shtatida, Linkoln Avenyu, 671 manzili bo’yicha joylashgan. Suratga olish jarayonida uyning birinchi qavati, xoll va oshxonasi tushgan. Qolgan joylar dekoratsiya qilingan. Hozirda bu uy turistlar uchun diqqatga sazovor joyga aylangan.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook