Tovadagi mini pitsalar: bir kiprik qoqishda tayyor bo’ladi!
Tovadagi mini pitsalar: bir kiprik qoqishda tayyor bo’ladi!
Pitsani xush ko’rib iste’mol qilmaydigan taom shinavandalari oramizda bo’lmasa kerak. Yangi ko’katlar, pomidor, kolbasa, eruvchan pishloq uning mazasini yanada oshirib beradi. Ushbu mazali yegulikni nafaqat restoranlarda, balki uy sharoitida ham tayyorlash mumkin. U nonushta dasturxoni uchun ayni muddao bo’ladi!

Xamir uchun kerak bo’ladigan mahsulotlar:

•         2 stakan un

•         1 stakan qatiq

•         0,5 choyqoshiq soda

•         2 dona tuxum

•         150 gr pishloq

•         300 gr kolbasa

•         200 gr pomidor

•         bir chimdim tuz va murch 

Pitsalar uchun odatiy usulda qatiqli hamir tayyorlab olinadi. Buning uchun yuqorida keltirilgan barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtirasiz. Nachinka masalliqlarini esa qirg’ichdan o’tkazasiz yoki to’rtburchak shaklda to’g’rab olasiz.

Sovutgich ichidan bulg’or qalampiri, ko’katlar topilsa, ularni ham ayamasdan qo’shavering. So’ng barcha masalliqlarni xamirga aralashtirib, qizdirilgan o’simlik yog’ida qizarguniga qadar qovurib chiqasiz. 

Yoqimli ishtaha! 

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook