Tarjima mashaqqati va u to’g’risidagi qiziqarli ma’lumotlar
Tarjima mashaqqati va u to’g’risidagi qiziqarli ma’lumotlar
Tarjimonlik bu juda ham oddiy kasb emas. Til bilishdan tashqari tajribaga ega bo’lish, tarjimaning nozik jihatlaridan boxabar bo’lish uchun ikkala tilda ham adabiyotni bemalol o’qiy olish juda zarur. Ammo yuridik nuqtai nazardan tarjimaning nozik jihatlari-yu aniqligiga gapning ko’p butlovchi qismlari ham bog’liq. Quyida turli tillarga tarjima qilishning o’ta nozik jihatlari to’g’risida ma’lumotlar yig’ilgan.

1. MashhurAmerican Airlines aviakompaniyasi o’z samolyotlarining salonlarida yangi charmli o’rindiqlarni o’rnatgandan so’ng meksikalik mijozlariga “Fly in Leather!”, ya’ni tarjima qilinganida “Charmda uching!” shiori bilan xabar bergan. Hammasi juda a’lo darajada bo’lishi mumkin edi, ammo bu shior ispan tiliga tarjima qilinganida “Kiyimsiz holda uching!” ma’nosini anglatgan. Natijada American Airlines juda qaltis holatga duch kelib qolgan.

2. 1928 yilda dunyoga mashhur Coca-Cola kompaniyasi ham Xitoyda ilk o’tkazayotgan reklama aksiyasi paytida tarjimaning qiyinchiliklariga duch kelib qolgan. Gap shundaki “Koka kola” so’z iborasi Xitoy tilida “Itbaliqni tishla!” ma’nosini anglatar edi.Coca-Cola marketologlari tahminan 200 ta turli ierogliflarni ko’rib chiqqan, lekin hech bir chiroyli iborani topa olmagan. Natijada ular bir ovozdan “Koka kola” talffuzini sal o’zgartirib “Ko-ku Ko-le” deb atashga qaror qildilar. Xitoytilidan tarjima qilinganida bu “Og’iz to’la baht” ma’nosini bildiradi.

 

3. Coors pivo ishlab chiqaruvchi kompaniyasi AQSHda o’zining reklamasi uchun “Turn It Loose!”(Bas, ozod bo’l!) shioridan foydalangan. Ammo Lotin Amerikasida bu shior ispan tiliga aniq tarjima qilinganida “Iching ketib badtar bo’l!” ma’nosini anglatgan.

4. General Motors kompaniyasi Chevrolet Nova rusumidagi avtomobilni Lotin Amerikasida sotilishida muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bunga sabab shu bo’ldiki, mashinaning “Nova” nomi ispan tilida “Xarakatlana olmaydi” ma’nosiga ega.

5. Dunyodagi eng ko’p tarjima qilinadigan kitob deb Bibliya hisoblanadi: Tavrot bilan Injil 500dan ortiqroq tilga o’girilgan. Bu qatordagi ikkinchi o’rinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Umumiy Inson huquqlari bayonoti turadi – 400 tilga tarjima qilingan. “Pinokkio” bilan “Kichik shahzoda” 250 tilda, “Garri Potter”ni esa 70 tilda o’qiladi.

6. Ingliz, fransuz, nemis, italyan va rus tillariga boshqa tillardan eng ko’p tarjima qilinadi. Mutaxassislarning fikrlaricha eng oson boshqa tilga o’giriladigani  - ispan tili.

7. “Urush va tinchlik” romanining originalida tahminan 460 000 ga yaqin so’z bor, ingliz tiliga tarjima qilinganidan keyin esa ular 100 000 taga oshib ketgan.

8. YUNESKOda dunyoda har qachonlar tarjima qilingan kitoblarning onlayn-bazasi saqlanadi. U Index Translationum deb nomlangan. Ularning ma’lumotlariga ko’ra eng ommabop mualliflar bu Agata Kristi (7233 tarjima), Jyul Vern (4751 tarjima) va Uilyam Shekspir (4293 tarjima). 

 

9. Dunyoda 330000 dan ortiqroq professional tarjimonlar bor. Bu yer aholisining tahminan 0,0045 foiziga teng.

 

10. Mutaxassisbir soatda 250 taga yaqin so’zlarni tarjima qilish qobiliyatiga ega. To’liq kunishlaydigan tarjimon bir yilda 520 000 ta so’zni tarjima qila olish qobiliyatini o’zlashtirgan.

11. Dunyodagi eng qiyin tarjima qilinadigan so’zlardan biri Chilida foydalanilgan yagan tilidagi “mamihlapinatapai” so’zi. Uning tahminiy ma’nosi “buni qilishga moyil bo’lmagan ikkala tomon istayotgan narsani amalga oshirishni ikki tomondan biritaklif etadi degan ilinj bilan bir biriga qarab turish”dir. 

12. 2000 yildan 2010 yilga qadar kitoblarning 75 foizi fransuz yoki nemis tiliga va faqatgina 5 foizi xitoy tiliga tarjima qilingan.

 

13. Deyarli harbir xorijiy til o’zining Brayl shriftiga ega. Unga xatto matematika, informatika va musiqa sohasidagi kitoblarni tarjima qilinadi.

Ваша реакция?

Сообщения из Facebook